Slayd 14
Undoshlarning hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasnifi
Portlovchilar
|
Sirg‘aluvchilar
|
Portlovchi-sirg‘aluvchilar
|
Sof portlovchilar
|
Qorishiq portlovchilar
|
b, g, d, k, p, t, q
|
ch(tch), j(dj)
|
v,f, j, z, y, s, x, sh, g‘, h
|
m, n, ng,l,r
|
Slayd 15
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikkiga bo‘linadi:
1) sonorlar;
2) shovqinlilar.
O‘zbek tilida sonorlar beshta bo‘lib m, n, ng, l, r kabi undoshlarni o‘z ichiga oladi. Sonor (lotincha so‘z bo‘lib, "ovozdor" demakdir) undoshlarni talaffuz qilganimizda, un paychalari faol ishtirok etadi, ya’ni un paychalari titrab ovoz hosil qiladi. Shuning uchun ham sonorlarda ovoz miqdori shovqinli undoshlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Ana shu jihatiga ko‘ra sonorlar unli tovushlarga bir qadar taqin turadi, lekin ularni talaffuz qilishda ovoz og‘iz bo‘shlig‘ida qisman shovqin bilan aralashadi. Shu sababli sonorlar undosh tovushlar qatoriga qo‘shiladi. Qolgan undoshlarning barchasi shovqinlilardir.
Slayd 16
Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikkiga bo‘linadi:
1) jaranglilar: b, v, z, d, j, ch, g, g‘, y, m, r, l, ng;
2) jarangsizlar: p, f, s, t, sh, ch, k, x, k, h.
Undoshlarni jarangli va jarangsizlarga ajratishning sababi shundaki, jarangli undoshlarni talaffuz etishda un paychalari tarang tortilgan holda faol ishtirok etadi. Shu bois jaranglilar tarkibida shovqin bilan bir qatorda ovoz ham qatnashadi. Jarangsiz undoshlarni talaffuz qilganda esa, un paychalari ishtirok etmaydi. Shuning uchun jarangsizlar faqat shovqindan iborat bo‘ladi. Jarangli va jarangsiz undoshlardan quyidagilar hosil bo‘lishi o‘rniga ko‘ra juftlik tashkil qiladi: b, v, z, d, j, ch, g, g‘, p, f, s, t, sh, ch, k, x.
Slayd 17
O‘zbek tilidagi y, m, n, r, l, ng undoshlari jarangsiz juftga, q, h kabi jarangsiz undoshlar esa jarangli juftga ega emas.
Undoshlarning ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra tasnifi
Sonorlar
|
Shovqinlilar
|
Jaranglilar
|
Jarangsizlar
|
m,n,ng,l,r
|
b, v, z, d, j, j(dj), g, g‘, y,l, m, n, ng, r
|
p, f, s, t, sh, ch, k, x, k, h.
|
Slayd 18
Hamid Olimjon
avalludi
|
1909-yil 12-dekabr
Jizzax shahri
|
Vafoti
|
1944-yil 3-iyul
Toshkent, O‘zbekiston SSR
|
Fuqaroligi
|
SSSR
|
Millati
|
o‘zbek
|
Sohasi
|
shoir, publitsist, adabiyotshunos
|
Mashhur ishlari
|
„Koʻklam“, „Tong shabadasi“, „Zaynab va Omon“,„Oygul bilan Baxtiyor“,„Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“, „Muqanna“, „Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“
|
Dini
|
Islom
|
Slayd 19
Asarlari
Hamid Olimjonning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari – „Koʻklam“ (sheʼrlar, 1929), „Tong shabadasi“ (hikoyalar, 1930). „Olov sochlar“ (1931), „Poyga“, „Oʻlim yovga“ (1932), „Daryo kechasi“ (1936), „Sheʼrlar“ (1937), „Oʻlka“, „Oygul va Baxtiyor“ (1939), „Baxt“ (1940), „Qoʻlingga qurol ol!“, „Ona va oʻgʻil“ (1942), „Ishonch“ (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi.
Slayd 20
Mashxur asarlari
„Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“, „Ishim bordir oʻshal ohuda“ singari goʻzal sheʼrlari mashhur. „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod“ (1939), „Zaynab va Omon“ (1938) kabi dostonlar va „Muqanna“ (1942), „Jinoyat“ (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Slayd 21
vafoti
Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent shahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal oʻrnatilgan (1990).
Do'stlaringiz bilan baham: |