Xorazmiy «Muhabbatnoma»ni Alloh hamdi bilan boshlarkan, Sharq
mumtoz adabiyoti an’analariga sadoqat saqlaydi va Parvardigoming
yaratuvchanlik bilan aloqador fazilatlarini ko'rkam badiiy libosda beradi.
Shu bilan bir qatorda, buyuk Bunyodkor mo‘jizaisi bilan vujudga
keltirilib, ilohiy ruhdan jon baxsh etilgan inson go‘zalligini ulug‘lash
ham muallif diqqat markazida turadi. Asaming hamd qismida xuddi
shunday uslubiy fazilatni kuzatish mumkin:
Ulug‘ tangrining otin yod qildim,
«Muhabbatnoma »ni bunyod qildim.
Iki yoqtu guhar olamga bergan,
Muhabbat ganjini odamga bergan,
Falakning daftarindin tunnl bo‘yg‘an,
Jahon bunyodini so‘z uzra qo‘yg‘an.
Yeti qad zarnigor ayvoni volo,
Do'stlaringiz bilan baham: |