B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari


IV BOB. Konservalash korxonalarida qo„llaniladigan taralar



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

IV BOB. Konservalash korxonalarida qo„llaniladigan taralar 
Taralarga bo„lgan standart talablar 
Konserva idishlari mahsulotni sifatini buzuvchi qor-yomg‗irdan, xidining 
yo‗qolishi, urilib shikaslanishidan, qurish, uvalanish, oqish - to‗kishdan, yoqimsiz 
xid, ombor zararkunandalaridan va boshqalardan saqlaydi. Idish tayyorlanadigan 
materiallarning ahamiyati katta. U arzon, yengil, chidamli, nam tortmaydigan, 
xidsiz bo‗lishi, mahsulotga kimyoviy ta‘sir etmasligi, mahsulot namligini o‗ziga 
tortmasligi lozim. 
Konserva sanoatida mahsulotlarni joylash uchun va germetik uzoq muddatga 
saqlashda turli materiallardan tayyorlangan har-xil idishlar qo‗llaniladi. Ular 
tunuka va Shisha idishlari, butil va butilkalar, alyuminiy idishlar, alyuminiy 
qopqoqli Shisha idishlar, korobkalar, yog‗och idishlar bo‗lib bir-biridan ko‗rinishi 
bilan va materiallar turi bilan farq qiladi. Idishlarning nomlanishi davlat standartida 
«Konserva uchun metall bankalar» degan termin bilan yuritiladi. Ularni solishtirib
qaraganda bir-biridan farq qiluvchi tomonlari, ya‘ni kamchiliklari va ustunliklari 
tomonlari bor. Germetik yopiladigan idishlarga solingan mahsulotlar sterilizasiya 
yoki pasterizasiya qilinadi. 
Germetik yopilmaydigan idishlarga asosan yog‗ochdan qilingan bochka va 
qutilar, fanerdan qilingan quti va barabanlar, karton korobkalari, qog‗oz haltalari, 
plastmassadan qilingan quti va lotoklar kiradi. Yog‗ochdan qilingan bochkalar 
povidlo, djem, tuzlangan tomat pastalarini joylab saqlashda qo‗llaniladi. Yog‗och 
yashiq, quti, bochkalarni bargli va tilyog‗och daraxtlaridan yasaydilar.
Yog‗ochdan yasaydigan idishdagi namlik 16-18 % dan oshmasligi kerak. 
Karton idishlarga - kartonlardan yasalgan yashiq, quti, stakanlar kiradi. 
Quritilgan meva va sabzavotlar fanerdan qilingan quti va barabanlarda, 
ayrim hollarda esa qog‗oz qoplarga solinadi. 
Tayyor konserva mahsulotlarini transportirovka qilishda ularni karton 
qutilarga joylanadi. Parafinli karton korobkalari muzlatilgan meva, sabzavot va 
tayyor taomli konservalari uchun qo‗llaniladi. 


66 
Plastmassadan qilingan qutilar butil va butilka idishlarini transportirovka 
qilishga mo‗ljallangan. 
Kog‗oz idish - pishiq qog‗oz qop, paket, o‗rov qog‗ozi, yog‗ shimmaydigan 
qog‗ozlardir. Matodan tikilgan idishlarga - kanop, yarim kanop, ip-gazlama 
kabilardan tikilgan idishlar kiradi. Matodan tikilgan qoplar mahsulotni 
ifloslanishidan tejamli foydalanishga imkon beradi. 
Shisha idishga - turli sig‗imdagi butilka, banka, balonlar kiradi. Bunday 
idishlarda mahsulotlar yaxshi saqlanadi. Metall idishlarga - tunukadan 
tayyorlangan bochka, flyagalar, banka tunuka yashiqlar va alyumin folgalar kiradi. 
Polimer materiallaridan tayyorlangan idishlar butilka, banka, stakan, flyaga, 
plyonka kiradi. Bunday idishlarning barcha turi muayyan talablarga javob berishi 
lozim. Mahsulot bilan idish o‗zaro ta‘sir qilmasligi, mahsulotning rangi, xidi, 
ta‘mini buzmasligi, tarkibida kishi organizmi uchun zararli moddalar bo‗lmasligi 
shart. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish