1.
«
Etyud» deganda nitnani tushunasiz?.
2. Etyudlar aktyor tarbiyasini asosi, degati tushunchani qanday
izohlaysiz?
3. Etyudlar qcmday tayyorlanadi?
Г.Крис m. Воопнтание ак г£ря школы Слшяеяавского. М..»Исетсогво». 1968. ) 22 стр.
128
1. Etyudlar tushunchasi.
2. Amaliy jihatdan etyud tayyorlang va uni rahlil qiling.
Efyudlarda Stanislavskiy sistemasining prinsiplari
Bir kishilik etyudlar - ijrochining individual xususiyatlarini
namoyon etishga majbur qiiadigan usul bo'lib, bunda u yakka holda
obraz yaratishga harakat qiiadi. Ikki kishilik etyudlarga qaraganda
bir kishilik etyudlarni to'qish qiyinroq. Chunki ikki idshi ijrosida
qarama-qarshiliklar yaqqol namoyon etiladi. Yuqorida aytib
o'iganimizdek, bir kishilik etyudlarda qarama-qarshiliklami
«topish» qiyinroq kechadi.
«Aktyorlik mahorati» fani dasturining nazariy qismi aktyorlik
mahoratining elementlarini Stanislavskiy sistemasini o'rganish
orqali o'zlashtirishga bag'ishlangan. Stanislavskiyning hayoti va
ijodi, sistemasi, rejissura va aktyorlik mahoratiga oid manbalar shu
soha olimlari tomonidan yaratilgan bir qancha manbalarda
berilganligi uchun bu mavzularga to'xtalmoqchi emasmiz.
Stanislavskiy sistemasi yoki
Meyerxold biomexanikasining
aktyorlik mahorati va rejissuragà oid jihatlarini mashg'ulotlaming
amaliy qismida o'zlashtirilib boriladi.
Avvalo aktyorlik mahoratining elementlarini bilib olish zarur.
Ko‘pincha talabalarimizga «Stanislavskiy sistemasi prinsiplarini
aytib bering» deb savol berilsa, ular aktyorlik mahorati
elementlarini sanab ketadilar. Aktyorlik mahoratining elementlariga
quyidagilar kiradi:
1 .Ko‘rish.
ZSezish.
3.Eshitish.
4.His qilish.
5.Ta’m bilish. Bu elementlar aktyorlik mahoratining barcha
ko'rinishlarida ishtirok etadi. Masalan, sahnaga cbiqqaningizdan
so‘ng xohlaysizmi, xohlamaysizmi albatta nimanidir ko'rasiz,
sezasiz, eshitasiz va shunga munosabat bildirish uchun xatti-harakat
qila boshlaysiz.
_______________________________________________ 1 2 9 _______________________________________________
M ustaqil ish uchun mavzu va vazifalar:
B.Zaxava o‘zining, ya’ni «Aktyorlik va rejissyorlik mahorati»
(«Мастерство актёра и режиссёра») kitobida' 7 Stanisla/skiyning
ijodiy
faoliyatini
o'rganib,
uning
sistemasini
prinsiplarini
quyidagicha ifodaiaydi:
1 .Hayotiy haqiqat prinsipi.
Hayotiy haqiqat aktyorlik va rejissyorlik faoliyatda eng e ’tibor
qaratish lozim bo‘ Igan qismdir. Ayniqsa birinchi kursda etyudlarni
tuzishda bunga alohida ahamiyat berish kerak. Sahnada bo‘layotgan
har qanday voqelik va xatti-harakatlar hayotiy haqiqatga mos kelishi
kerak. Sahnada «yolg‘on» bilan tomoshabinni aldash - sehna san’ati
ichidagi eng kechirib bo‘lmas gunohdir. Shuning uchan etyudlar
ustida ish boshlaganda haqiqat tamoyillariga tayangan holda ijod
qilishga o ‘rganib borish kerak. Masalan, mushuk hech qachon
hayotda «vovullamaydi». Agar sahnada shunga o‘xshash xatti-
harakat namoyish etilsa, hayotiy haqiqat prinsipJari buzilgan
hisoblanadi. Haqiqatni o‘zini ikkita, y a’ni hayotiy (real) haqiqat va
sahnaviy haqiqat ko‘rinishlari nuqtayi nazardan olibqaralgan holda
o‘rganish maqsadga muvofíqdir. Sahnaviy haqiqat - bu aktyor
tomonidan yaratiladigan haqiqatdir. Sahna ko‘proqshartlilikni talab
qiladi. Ana shu shartlilik asosida hayotiy haqiqat ;/Otadi.Tanlangan
asar asosida etyud ishlashda, berilgan shart-sharoitar aniqlanishi va
mantiqiy uzviylik bog'lanishi analiz qilinib, hayotiy haqiqatlar bilan
taqqoslanishi kerak. Tempo-ritm, ichki tempo-rilm, tashqi tempo-
ritm va aktyorlik mahoratining boshqa elementlari o ‘z ta ’sirini va
harakat trayektoriyasini o‘zgartirganda etyud sodii boMadi. Muallif,
dramaturg tomonidan berilgan, aktyor tomonidan, o‘sha davrdagi
berilgan shart-sharoitlar asosida qurilgan voqelik uni hissiyotlarni
qamrab olib, sahnaviy xatti-harakatga olib keishi, aktyor o ‘zi
qurgan xayoliy olam ga ishonganini v a uni qanrab oigan hayot,
haqiqiy hayotdek qabul qilinayotganini bildiradi. Demak, bu aktyor
mahorat elementlarini yaxshi egallash bilan birga sehrli «Agar-
da»ni ham mukammal o‘zlashtirgan38. Darhiqiqat, «Agar-da»,
«Berilgan shart-sharoitda» aktyorga sahnada to g ‘ri harakat qilishi
uchun aniq vazifalarni beradi.
3,Б.Е .Захава. М астерство актера и режиссера. М . Искусство. 1964 г.
38 O .D adam irzayev. E tyud u stid a ishlashda scbrli «A gard-da»ning aham iyati. S an’al ta'lim i. Yilnom a,
ikkinchi jild . 2007-y, 118 bet.
130
2. Uning (Stanislavskiyning) oliy maqsad to ‘g‘risidagi ta’limoti
prinsipi.
Stanislavskiy o'zining teatr san’atiga bag'ishlab yozgan
«Aktyoming o‘z ustida ishlashi» kitobining alohida bobini oliy
maqsadni mohiyatini ochishga bag'ishlagan.39 U nafaqat ushbu
bobda, balki barcha sahnalashtirgan asarlari-yu, rejissyorlik
ishlarining deyarli hammasida oliy maqsad tushunchasiga keng
aham iyat bergan holda yondashadi. B a’zan, oliy maqsad bilan g ‘oya
tushunchalarini bir-birlaridan farqini ajrata olmay qoladigan hollar
ham uchrab turadi. Agar bu ikkita tushuncha bir xil mazmun-
m a’noni bersa nima uchun Stanislavskiy bu terminga alohida urg‘u
beradi? G‘oya tushunchasida - muallif yozgan asari orqali nima
demoqchi boMgan bo‘lsa, oliy maqsadda - rejissyor shu asam i
sahnalashtirish
orqali
nima demoqchi
ekanligi
ifodalanadi,
boshqacha qilib aytganda, muallifning fikriga u yoki bu darajada
qo'shilib yoki qo‘shimcha fikr-mulohazalar bildirgan holda
yondashadi. Masalan, «Tabiami asrang» etyudini sahnalashtirish
orqali rejissyor nima uchun shu mavzuni tanlaganini, mavzuning
dolzarbligi nimada, agar tabiatga yomon munosabatda boMsak,
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin, uni oldini olish uchun
nimalar qilish kerak, kabi savollarga javob bo‘lishi kerak.
Sahnalashtirilayotgan har bir asarda rejissyorning oliy maqsadi
sezilib turishi kerak. Shundagina u o‘z ishini to‘liq bajargan bo‘ladi.
3. Faollik va harakat prinsipi (принцип активности и
действия). Sahnada bo‘layotgan har qanday xatti-harakat faollashib
borishi kerak. Faollik prinsipining mohiyati, Stanislavskiyning so‘zi
bilan aytganda, obraz va ehtiroslarni «o‘ynash» kerak emas, balki
obraz va ehtiroslarda harakat qilishdir.40 A ktyor sahnada harakat
qilar ekan, asardagi qarama-qarshiliklar kuchayib borgan sari uning
harakatlari ham asar mazmunidan kelib chiqqan holda faollashib
borishi kerak. Aks holda tomosha yoki spektaklni tomoshabin
tomonidan qabul qilishi susayadi va natijada asar sahnada
muvaffaqiyat qozonishi qiyin bo'lib qoladi. Shuning uchun
etyudlardagi qarama-qarshiliklarni kuchaytirib, qahramonlaming
harakatlarini faollashib borishiga erishish lozim.
i9
К .С.С таниславский. Р а б о т а a ici cp н ад собой. М. Искусство. 1985. гл. X V . 380 отр.
40 K.S. Stanislavskiy. Tanlnngan as arlar. М. I. 3 tom , 1985 y. 349 b.
4. Áktyor ijodining tabiiylik (organiklik) prinsipi.
Aktyor i jodida sun’iy va mexanik harakatlar boMmasligi kerak,
barcha xatti-harakatlar organiklik (tabiiylik) talablariga bo‘ysin-
,m og‘i lozim. Etyudlarda aktyorlik ijrosining so f tabiiy va
harakatlaming aniq tizimiga erishishni maqsad qilib qo‘yish kerak.
«Men sbu rolni bajaryapman, meni atrofdagilar qanday qabul
qilishyapti ekan», degan fíkrning kelishining o‘zi noto‘g‘ridir.
Ba’zan talabadan «qani sen sahnada oddiy ynrishingní ko'rsat», deb
vazifani bersak, aktyorlik mahorati elemenlarini yaxshi egallashni
boshlaganlar sahnada erkin, bemalol harakatlanadil^r. Ammo
ba’zilar, meni hamma kuzatib turibdi, shuning uchun yaxshiroq
yurishim kerak, deb o‘ylab boshqacharoq harakat qila boshlaydilar.
Natijada harakatlardagi tabiiylik yo‘qoladi. Bu nafaqat etyudlarda,
umuman, sahna san’atining barchasida qoMlaniladigan prinsip-
laridan biri hisoblanadi.
5. Aktyoming obrazda «yashash» prinsipi». Bu yerda «пере
воплощение» tushunchasi keng ma’noda qo'llanib, o ‘zbekcha
tarjimasida obrazda yashash, obrazga singib ketish kabi ma’nolarni
ham beradi. Bunda aktyoming rolda «yashashi» deb uni ijro talqini
nazarda tutilgan. Etyudlarda ham bu prinsiplarga katta e ’tibor
qaratish lozim. Masalan, xo‘roz obrazini yaratayotgan aktyor -
xo‘rozga xos bo'lgan xususiyatlarni o‘rganib, uning harakatlarini
o.‘zlashtirib, xarakterli xususiyatlarini o‘z ijodiga singdirgan holda
sahnaga chiqishi kerak. Obrazda «yashash» prinsipi Stanislavskiy
sistemasi kechinma san’atining mohiyatini anglatuvchi tushun-
chalardan biri hisoblanib, aktyoming roiga kirishish, unda yashash,
obrazni talqin qilishda vazifalami aniq belgilab olishiga yordam
beradi.
Stanislavskiy sistemasini o'zlashtirishda kechinma san’ati
asosiga qurilgan materiailarni tanlash ham bo‘lajak rejissyorlardan
o‘ziga xos mahorat talab etadi.
Barcha etyudlar ilk sahnaga chiqayotgan talaba-aktyorda
sahnaviy mardlik (сценический смелость)т shakllantirishda katta
maktab vazifasini o'taydi. Etyudlar ustida ishlash bosqichida
Do'stlaringiz bilan baham: |