B. S. Sayfullayev, V. K. Rustamov madaniy tadbirlarni tashkil etish


partnyorga, sahnadagi dekoratsiyalarga va voqelikka nisbatan xatti-



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/134
Sana04.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#636042
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134
Bog'liq
Madaniy-tadbirlarni-tashkil-etish-mahorati.Сайфуллаев-Б (1)


partnyorga, sahnadagi dekoratsiyalarga va voqelikka nisbatan xatti- 
harakatlari mobaynida o‘ylab topiladi. U asar ustida ish olib 
borilayotganda yoki rejissyor tomonidan oldindan o‘ylanib topilishi 
ham mumkin. Mizanssenalar ustida ish olib borish jarayoni nafaqat 
ety udlar ustida ishlaganda, balki spektakllarni sahnalashtirish, katta- 
katta bayram yoki tomoshalarni sahnalashtirishda ham muhim 
jarayon hisoblangani uchun etyudlar ustida ishlayotganda uning 
prinsiplari, amal qilish qoidalari, uni qurish yo‘llarini yaxshilab 
o‘rganib olish zarur.
Nima uchun etyudlar ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi, 
degan o'rinli savol tug'ilishi tabiiydir.
Buning 
boisi shundaki, birinchidan, etyudlarni o'ylab 
topishning o‘zi katta mahorat talab etiladigan vazifadir.
Ikkinchidan, aktyoming vazifasi sahnada bo'layotgan voqelik 
yoki boshqacha qilib aytganda, dramaturg tomonidan berilgan 
matnni tomoshabinga yetkazishdan iborat bo'lib qolmasligi kerak. U 
sahnadan turib so‘zni quruq emas, ma’no va mazmun jihatdan turli 
xatti-harakatlar orqali voqelikni ifodalamog‘i lozim. Aynan «turli 
xatti-harakatlar»ni topish etyudlar ustida ishlash jarayonida 
o‘zlashtirilib, mustahkamlanib boradi.
Uchinchidan, aktyorlik mahoratini o'zlashtirishning eng zo‘r 
usuli etyudlar ustida ishlashdir.
Agar madaniy tadbirlarni tashkil etish nuqtayi nazaridan olib 
qaraladigan boisa, sahnada so‘z o‘rnida uning ekvivalenti turli 
plastik «harakatlar»ni topish juda muhimdir. Chunki keng 
maydonlarda minglab tomoshabinlar qatnashayotganida quruq so‘z 
ularni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun «harakat topish» 
aynan etyudlar ustida ishlash jarayonida izlanishga majbur qiladi.
Etyudlar ustida ishlashda talaba o‘zi xohlagan mavzu bo‘yicha 
etyud topishi mumkin. Ba’zan o‘ qituvchi o‘zi mavzu berib, shu


mavzuga mos etyud tuzish, to‘qish vazifasini beradi. Masalan, 
«Tabiatni asrang» mavzusi bo'yicha etyud tuzish vazifasi berilgandg 
talabalar bir xil mavzuga turli xil yondashib, o‘z qarashlarini 
namoyon etadilar va bu orqali o'zlarining fantaziyalarini «charxlab» 
boradilar. Bunday usul talabani o‘z ustida va roli ustida ishlashga 
majbur qiladi, eng asosiysi rejissyorlik faoliyat uchun muhini 
xususiyat fikrlash qobiliyatini rivojlantirib boradi.
Etyudlar ustida ishlash jarayoni qotib qolgan bir xil shtamp 
emas, uni turli rejissyor turlicha hal qilishi yoki o‘rgatishi mumkin. 
Masalan, iste’dodli rejissyor-pedagog A.MGrinberg «Etyudlar 
ustida ishlaganda turli hayvonlar yoki predmetlami jonlantirish shart 
emas, ularga, asosan, «Agarda» va «Berilgan shart-sharoitda» degan 
savolga javob beruvchi etyudlarni berishimiz kerak, deb aytardi. Bir 
tomondan olib qaralganda, bunday yondashish to‘g‘riday tuyuladi. 
Ammo ikkinchi tomonidan olib qaraladigan bo‘lsa, bu yondashish 
bir tomonlama boiib qoladi. Shuning uchun ham mashqlar va 
etyudlar uchun o‘z ichiga aktyorlik mahoratining kompleks 
vazifalarni olgan materiallarga tayanish katta samarani beradi. 
Hayvonot olamini o'rganish talabalami aktyorlik mahoratini 
shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Chunki, unda rejissyorlik 
uchun eng muhim xususiyatlardan biri boMgan — kuzatuvchanlik 
qobiliyatini rivojlantirib boradi. Masalan, biron-bir hayvon 
ishtirokidagi etyudni ishlash uchun uning hayotiga oid, xarakterli 
xususiyatlariga oid, uning o‘ziga xos boshqa hayvonlarga o‘xshab 
qolmaydigan jihatlarini o'rganilib, aynan shu hayvonning barcba 
xususiyatlarini kuzatib boradi va etyud harakatlariga kiritadi. 
Shuning uchun o'qituvchilar etyudlar bilan ishlash jarayonida 
talabalami sirk, hayvonot bog‘lariga borishlariga majbur qiladilar va 
u yerdan o‘rganib kelgan hayvon larning xatti-harakatlarini analiz 
qilib, etyudlar topib kelishlari uchun vazifalarni muntazam ravishda 
berib boradi.
Har qanday sharoitda ham etyudlar ustida ishlaganda 
aktyorlikning eng serharakat jihatlarini, faol harakatni, voqea rivoji 
davomida tomoshabinni tutib turadigan jihatlari haqida o‘ylash 
kerak.
Har qanday faoliyatning asosida tarbiya yotmog‘i lozim. 
Ayniqsa, sahna san'atida asaming tarbiyaviy ahamiyatiga jiddiy


• ’tibor berish zarur. Yurtboshimizning «Sahna san’ati odam larga 
nafaqat zavq-shavq baxsh etishi, ayni vaqtda milliy g'urur, milliy 
ll'lixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo‘la olishi — bu isbot 
inlnb qilmaydigan haqiqaídir»,35 - deb aytgan so'zlari aynan shu 
mnvzuga qaratilgan. Sahnada turib aytilgan har qanday so‘z yoki 
xatti-harakat tomoshabin uchun qonunday bo'lib qoladi va u 
qahramonning so'zlari va xatti-harakatlariga o'z munosabatini 
bildiradi. Shuning uchun o'ylab topiigan etyudlarda tomoshabin 
to'g'ri xulosa chiqarishi uchun xatti-harakatlar tizimi aniq 
ifodalanishi va uning uchun tushunarii bo'lishi kerak.
Etyudiar mashqlardan ko'ra tuga 1 langan bo'ladi. Kompleks 
mashqlar aktyorlik mahoratining barcha elemenlarini o 'z ichiga 
oigan xatti-harakatlardan iborat bo'ladi. Etyudiar esa tugallangan 
voqelikni xatti-harakatlar bilan amalga oshiradigan jarayondir. 
Etyudlarda qarama-qarshiliklar yaqqol ko'rinishi kerak. Ichki va 
tashqi qarama-qarshiliklar etyudlaming asosiy harakatga tushuruv- 
chi mexanizmi sifatida namoyon bo'lmog'i lozim.
Etyudiar ustida ishlashda talabalarga quyidagi talablar qo'yiladi:
1. Tanlangan etyud qahramonlarining obrazlarini yaratishda 
ulaming xarakterli xususiyatlarini o'zlashtirish.
2. Etyudni sahnalashtirishda kompozitsion tuzilishini to'g'ri 
belgilash.
3. Etyud aktyorning mahorat jihatdan tarbiyasiga ta’sir 
ko‘rsatishi kerak.
4. Ko‘ rsatilayotgan etyud tomoshabinga estetik zavq va 
ma’naviy ozuqa berishi kerak va h.k.
Talabalari bilan etyudiar ustida ishlash quyidagi yo'natishlarda 
o'zlashtirib boriladi:
1.Bir kishilik 
(
o h h h o h h h h
) ;
2. Ikki kishilik (napHbiñ);
3.0mmaviy (MaccoBHñ) etyudiar;
Bir kishilik etyudlarda o‘z nomi bilan ma’lum bo'lib turibdiki, 
bitta aktyor qatnashadi. U sahnada narsa yoki buyumlarga, shovqin- 
larga, turli qarshiliklarga nisbatan munosabat bildirib, uni yengish 
choralarini izlaydi. Bir kishilik etyudlami to'qish (topish) shuning
35 «Isiiqlol 
v a m iU iv Icatr». 
Fjumonlar. 
qororlor, nulqlar to 'p la m i; T , «Y angí 
aa r
avlodi», 2 0 0 2 y, 
ISbet.
127


uchun ham murakkabki, unda ijrochining bir o‘zi vazifalami 
bajaradi. Konfliktlami topish, voqealarni o'ylab bir sujet liniyasiga 
qo'yishda partnyorsiz «qiynaiadi».
Ikki kishiiik etyudlarda qahramonlar o‘z partnyorlariga nisbatan 
munosabat bildirib, xatti-harakatlar qiladilar. Bunda partnyorni 
sezish, his qilish orqali ikkala tomondagi qahramonlar qarama- 
qarshiliklarni yengib o‘tish uchun kurash olib boradilar. Partnyorlar 
doim bir-birlarini ijodiy ilhomlantirib, qo‘llab-quwatlashlari kerak. 
Ba’zi hoi larda birinchi aktyor berilgan vazifani sidqidildan, 
ikkinchisi esa yuzaki bajarib o‘z partnyorini siqib qo'yish mumkin. 
Etyudlarda kurashlaming jismoniy (tashqi) va psixologik (ichki) 
ko'rinishlari mavjud bo‘lib, ikkalasi ham voqea rivojiga katta ta’sir 
ko'rsatadi.
Ammo etyudlar ustida ishlashda ko‘pincha uning soni ko‘pay- 
tirishga qiziqib ketiladi. Etyudlar ustida ishlashda uning soniga 
emas, sifat darajasiga e’tibor berishimiz maqsadga muvofiqdir. 
K.S.Stanislavskiy bu haqda shunday deydi: «Ba’zi o‘qituvchilar 
haddan tashqari etyudlami sifatiga emas, sonini ko'paytirishga 
urinadilar. Ammo ular bilib qo‘ysinlarki, ishning sifat darajasi 
muhimdir. Mayli bitta etyud bo‘lsin, ammo oxirigacha yetkazilgan, 
tugallangan, puxta o'ylangan bo-lsm. ToMiq, astoydil ishlangan 
etyud haqiqiy ijodga, son va tashqi jihatdan ishlangani esa xaltura, 
«hunarmandchilik»ka olib keladi».30
Xulosa qilib aytganda, etyudlar ustida ishlash aktyorlik 
mahoratini o‘zlashtirishning eng zaruriy usulidir.
Takrorlash uchun savollai':

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish