B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Literature: 
1.
Ганеев К. К вопросу о геометрической пропедевтике: полосы и узоры из полос/ // 
журн. «Начальная школа», 1969, №11. –С. 27. 
2.
Bikbaeva N.U. va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish: O‘rta va oliy ped. o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. /Bikbaeva N.U., 
Ibrohimova Z., Qosimov X. –T.: O‘qituvchi, 1995. - 183 b. 
3.
Мусейибова Т.А. Развитие понимания пространственных отношений и отражение 
их в речи старших дошкольников. В кн. «Проблемы восприятия пространства и 
пространственных представлений». – М.: Просвещение, 1961. с 57-69. 
4.
Жумаев М.Э. (2016). Historical context of teaching student’s mathematical terms. 
Журнал Вестник психологии и педагогики. АлтГУ. г.Алтай. 2016. №3. 49-55 ст. 
5.
Уразова 
З.М. 
Монография.
 
Дидактические 
условия 
формирования 
пространственного мышления младших школьников. –Т.: ТГПУ, 2017. –С. 166.
 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SAHNA VOSITASIDA TARBIYALASH 
O‘tamurodova Sh.M. 
 Navoiy davlat pedagogika instituti, o‘qituvchi 
 
Yosh avlodni tarbiyalash har doim ham dolzarb bo‘lgan. Shuning uchun ham sharqda bola 
tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashadi. Maktabgacha davr yoshidagi bolalar o‘rganishga, 
bilishga, tushunchalarni anglashga bo‘lgan intilishi-ishtiyoqi kuchli bo‘lgan yosh davri 


340 
hisoblanadi. Maktabgacha davr yoshidagi bolaning savollari shunchalik ko‘pki, ularning 
savollariga javob topish mushkul bo‘lib qoladi. Ba’zida ularning savollariga qanday javob bersam, 
to‘g‘ri bo‘larkan deb o‘ylab qolasan kishi. Bola albatta, o‘z savollariga javob olishi zarur. Olganda 
ham eng chiroyli, mukammal, to‘g‘ri javob olishi zarur. Ular savollariga javob olishmaguncha 
tinchishmaydi. Baribir, shu bir savolini beraveradi. Shu vaqti bolani urushib, jerkib sindirmasdan, 
tushuntirish ishlarini sinchkovlik bilan olib borilishi tarbiyaning ijobiy davom ettirilishi bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda sahna faoliyatining o‘rni katta. Bolaning 
tarbiyasiga sahna faoliyati bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu vosita yordamida bolalarga axloq-
odob, yaxshilik, to‘g‘rilik, do‘stlik, saxiylik, odamiylik kabi tushunchalardan xabardor qilinadi va 
shu tushunchalar singdiriladi. Yaxshi kishi bilan yomon kishilarni farqlashni o‘rganadi. Yaxshi 
inson bo‘lishning mukofoti, yomon odamga jazo muqarrar ekanligini anglab yetadi. Sahna 
tomoshalari yomon odatlarni emas, yaxshilikni o‘rganishga dav’at etadi. Shu o‘rinda buyuk 
sahnashunoslardan biri 1915 yil “Oyna gazetasi”da “Umumiy odatlarni naf va zararidin paydo 
bo‘laturg‘on natijalarni teatrxonada iyonan ko‘rsaturlarki, har kim mundin ta’sirlanib, yomon 
odatlarni tark etib yazshilikni ziyoda qilmoqg‘a sabab bo‘lur.” - degan fikrlarni aytgan ekan [1. 
129-b.].
Shuning bois, sahna faoliyatida tomoshalar mazmunini ibratli, saboq beruvchi asarlar bilan 
boyitish asosiy vazifadir. Maktabgacha ta’limda bayram tomoshalari, sahna o‘yinlari, qo‘g‘irchoq 
teatrlari vositasida bolalarni tarbiyalash muhim mashg‘ulot turi. Sahna asarini tayyorlashda, uning 
ta’sirchanligini rol ijrochilari-aktyorlar birinchi navbatda ochib beradi. Sahna dekaratsiyasi, 
liboslar, grim ikkinchi o‘rinda egallaydi. Obrazlarni gavdalantiradigan rol ijrochilarini to‘g‘ri 
tanlash, shu personajga mos, loyiq bo‘ladigan ijodkor ijrochini topish teatr mazmunini ochib 
berishda asosiy mezonni belgilaydi. Sahnashunoslar aktyorlarni “sahna san’atining shohi” deb 
atashadi. Sahnada rol ijrochisini tanlashda uning so‘ziga-nutqiga katta talab qo‘yiladi. Teatr san’ati 
namoyondalaridan biri Nemirovich Donchenko “Agar aktyor teatr san’atining shohi bo‘lsa, uning 
boshidagi toji so‘z san’atidir. So‘z – aktyor ijodining zamirida yotgan barcha xatti-harakatlar 
tojidir.” – degan ekan [2. 365-b.]. “Nutq-qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi”- 
degan R.Emirson [2. 364-b.]. Albatta, nutq orqali barcha ichki kechinmalarni to‘liqligicha 
ifodalash imkoniyati berilgan. So‘zni to‘g‘ri qo‘llay olishda katta hikmat bor. Kaykovus 
“Qobusnoma” asarida “Suxandon kishilar bila ham suhbatda bo‘lg‘il va qanday qilib so‘zlash 
kerakligi shartlarin ham bilg‘il.”-deya nasihat qiladi [3. 48-b.]. Nutqda so‘zning qudratini bolalar 
ham juda yoshligidan anglamog‘i kerak. So‘z qudratini idrok etishiga yordam berish, nutqni 
o‘stirish, shakllantirish, rivojlantirish sahna faoliyatining ko‘p jihatdan yaxshi tashkil etilishiga 
bog‘liq. Avvalbor, yaxshi mazmunli asar tanlash, asar qahramonlariga mos keladigan aktyorlar-
bolalarni tanlash, yaxshi sahna dekaratsiya yaratish, chiroyli me’yorida grim qilish, yetarlicha 
repetitsiya-mashq qilish sahna asarining sifatli chiqishiga olib keladi. Bolalar bilan birgalikda 
sahna tomoshasini tashkil qilish va sahna asarini birgalikda tahlil qilish tafakkurni o‘stiradi. 
Bundan tashqari ijodiy qobiliyatlar namoyon bo‘ladi. Bitta asarni sahnalashtirib bolalarga bir 
qancha tushunchalarni singdirish mumkin. Agarda bir ibratli, ta’lim-tarbiya beruvchi asarni o‘qib 
bersak, yaxshi natija. U asarni hikoya qilish yoki bolalarga hikoya qildirish, yana yaxshi natija. 
Tanlangan asarni sahnalashtirsak, yanada yaxshi natijaga erishiladi. Bu jarayon tajribada sinalgan. 
Tanlangan ertak, masal, hikoyalarni o‘qib berish doim ham yaxshi natija beravermaydi. Ularni har 
xillik, rang-baranglik qiziqtiradi. Shu bois, sahnalashtirish bolalarning mayda motorika, yirik 
motorika, sensormotrikasini rivojlantiradi. Avvaliga sahna faoliyatiga qiziqishi, qobiliyati bor 
bolalar bilan ishlanadi. Keyin tomoshabin bo‘lib o‘tirgan bolalarda ham rol ijro etish tushunchasi 
paydo bo‘ladi va sahnada rol ijro etgan bolalardan aktyorlikni o‘rganadi. Ular ham sahna ishiga 
yo‘naltiriladi. Shu tariqa sekinlik bilan barcha bolalar sahna faoliyatiga jalb qilinadi. Sahna o‘yin 
kabi bolalarni o‘ziga tortadi. Ular sahnada so‘zlaydi, chuldiraydi, o‘yraydi, quvnaydi, harakat 
qiladi. Sahna bolalarga axloqiy, jismoniy, estetik va boshqa tarbiyani bir vaqtda beraoladi.
Miloddan avvalgi VI asrda yashagan Ezop masallari g‘oyaviy jihatdan adabiy bo‘lib, 
voqealar ixcham, sodda tilda izchil bayon qilingan. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul 


341 
bo‘lgan, keyinchalik qullikdan ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan. Delfada 
o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan masallarning deyarli barchasi Ezopniki bo‘lgan. Ezop 
masallari syujeti barcha Yevropa masalchiligi syujetiga asos bo‘lgan. Uning masallari personajlari 
odamlar va asosan, o‘ta shartli ravishda hayvonlar tashkil etgan. Masal (arab.-namuna, misol) - 
didaktik adabiyot janri. Ta’limiy xarakterdagi, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy shakldagi 
asar [4.]. Asar mazmuni majoziy, ramzli obrazlar asosida quriladi. Ijtimoiy hayotdagi 
munosabatlar ko‘pincha qushlar, qurt-qumursqalar, hayvonlar vositasida tanqid motivlari ostiga 
olinib maqol, hikmatli so‘zlar va iboralar tarzida xotima, ta’limiy xulosa yasaydi.
Misol tariqasida qadimgi yunon masalchisi Ezopning “Chumoli va Kaptar” masalini 
sahnalashtirilganda: 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish