337
ko‘nikma, malakalar (BKM) bo‘lgan eski ta’lim paradigmasidan ajratishni, bunda BKMlarni
ta’lim jarayonining zarur elementlaridan biri sifatida saqlash bilan ta’minlaydi.
Birinchi nuqtai nazar uchun quyidagicha fikr xos: kompetensiya shaxssiz, bu me’yor,
talablar, sifatlar to‘plami, mutaxassisning o‘ziga xos malakaviy tavsifi. Uning vazifasi inson,
mutaxassis, o‘quvchi ma’lum sharoitlarda va ma’lum joyda nima qilishni bilishi kerakligini
aniqlashtirishdan iborat. Unga yechiladigan muammolarning yoki bajariladigan
ish turlarining
murakkabligini ifodalovchi mos darajalar, toifalar tayinlanishi mumkin. Kompetentlik mazkur
holatda o‘rganilayotgan kompetensiyaga ega bo‘lgan insonning mavjud sifati tariqasida u xususiy,
mahalliy xarakterga ega bo‘ladi.
Agar, masalan, biror-bir kasbiy faoliyat uchun bir necha kompetensiyalarni egallash
to‘g‘risida gap borsa, unda kompetentlik integrativ sifat kabi xizmat qiladi va kasbiy kompetentlik
deb ataladi.
Ikkinchi nuqtai nazar «kompetensiya» tushunchasini kengaytiradi va uning doirasiga
insonning o‘zlashtirgan funksiyalariga yakuniy talablarni, balki
unda shakllanadigan psixik,
fiziologik, aksiologik, ijtimoiy, faoliyatli tuzilmalarni ham qamrab oladi. Faqat shundan keyingina
kompetensiyalar kompetentlik mavqeiga ega bo‘ladi, chunki ularning ob’ektiv mazmuni shaxsiy
sifatlarning sub’ektiv obraziga aylanadi. Ikkinchi nuqtai nazarning birinchisidan farqi
«kompetentlik» tushunchasini kengroq talqin etishdangina iborat.
Uchinchi nuqtai nazarga ko‘ra, kompetensiyalar to‘g‘risida faqatgina ularni xususiy
masalalar va vazifalarni yechishga tayyorlik va qobiliyatlilik bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aytish
mumkin, kompetentlik esa insonning muayyan sohadagi qator kompetensiyalarni egallaganligi
to‘g‘risida guvohlik beruvchi kompleks tavsif sifatida qaraladi. Xususiy va mahalliy
kompetentliklar tushunchasi mazkur holatda ma’nosini yo‘qotadi.
Keyingi o‘rganishlarda ikkinchi nuqtai nazarga tayanamiz. Unga ko‘ra «o‘quvchilarning
kompetensiyalarini rivojlantirish» so‘z birikmasi nafaqat o‘rinli, balki maktab ta’limiy
faoliyatining mazmunini ham tashkil etadi.
Tanlangan nuqtai nazar taniqli pedagog A.V.Xutorskiyning fikri bilan aloqador bo‘lib, u
kompetentlikni insonning mos kompetensiyaga egaligi, maktab ta’limining maqsadi esa ierarxik
tuzilishga ega bo‘lgan kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanishi deb hisoblaydi [2].
«Kompetensiya» atamasiga aniq ma’noli mazmun berishga ko‘pgina urinishlar mavjud. Bu
boradagi muvaffaqiyatli va kamroq muvaffaqiyatli fikrlar tahlili bizni bahslarning davom etishi
zaruratiga ishonch hosil qilishimizga va o‘z variantimizni taklif etishimizga undadi.
Kompetensiyani muayyan sinf muhiti ob’ektlari va jarayonlarida ma’lum mahsulotni olish
bilan sub’ektning xabardorligi, ko‘nikmalari, mazmunli yo‘nalganlik, moslashuv imkoniyatlari,
faoliyat tajribasi va usullarining tizimli majmui sifatida ta’riflaymiz. Kompetensiya umumiy
holatda jarayon sifati va uning natijalariga muayyan faoliyatli
bosqichning mazmunli qismi
doirasidagi ma’lum me’yor, talablar majmui sifatida tushuniladi. U shaxssiz va ko‘p omilli. Bir
tomondan, u bajarilgan ishning sifati, belgilanadigan omillarning muayyan majmuini ifodalaydi,
boshqa tomondan esa – har bir omil uchun miqdoriy shkalani belgilashi mumkin.
Kompetentlik, ma’lum insonning ma’lum kompetensiyani egallashi darajasini ifodalaydi.
Kompetentlik ostida mos kompetensiyalarning mavjudligi va faol holatini tushunamiz, ularga
ko‘ra, inson ma’lum muammolarni amaliy hal etadi va buni kelajakda amalga oshira oladi.
Kompetensiyalar va kompetentlik ta’limiy ifodalarini ta’riflash bir qancha murakkabroqdir.
Ayrim mualliflardan farqli ravishda, biz mazkur tavsiflarni faqatgina insonning ta’lim
muassasasidagi davriga bog‘lamagan bo‘lar edik. Uzluksiz ta’lim g‘oyasi madaniy me’yor
shakliga ega bo‘lgan va yangi ta’lim paradigmasining asosini tashkil etgan sharoitlarda, o‘quv
jarayoni muayyan muassasalar, qat’iy muddatli chegaralar va aniq ajratilgan o‘quv
davrlari
doirasidan tashqariga chiqadi. Ochiq ta’lim modeli umumta’lim o‘quv muassasalariga kirib
kelmoqda, uning birinchi belgisi mazkur ta’lim bosqichidagi qonuniy eksternat hisoblanadi.
Keltirilgan fikrlarning oqibati sifatida ta’limiy kompetensiya yuqorida umumilmiy
338
«kompetensiya» tushunchasiga ayrim umumiy tushunchalarni ochib berishda, berilgan ifodasi
bilan belgilanadi.
Natijada quyidagi ta’rifga ega bo‘lamiz: ta’limiy kompetensiya – o‘quvchining ta’lim
sohalari va o‘quv fanlari tarkibiga kiritilgan namunaviy ob’ektlar va jarayonlar muhitida ma’lum
mahsulotni olish bilan V.P.Bespalko shaxsiy asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritgan:
ijtimoiy, ekzistensial (tajriba), psixik (intellektual), biologik (irsiy) [3]. Minimallik talabi ixtiyoriy
maktab va ixtiyoriy o‘quvchi uchun ta’lim jarayonini amalga oshira olishni ta’minlaydi. Shu bilan
birga, mazkur talab sharoitlar mavjud bo‘lgan joyda (qobiliyatli o‘quvchilar va mahoratli
o‘qituvchilar) ixtiyoriy yuqori yutuqlarga yo‘lni to‘sib qo‘ymaydi. V.P.Bespalko shaxsning asosiy
xususiyatlariga qisqa (annotatsiyali) ta’rifni va ularni shaxs sifatlari tushunchasi orqali talqinini
keltiradi. Shaxsning ijtimoiy xususiyatlari strukturasiga insonning dunyoqarashi, axloqi, estetik va
mehnat sifatlari kabi sifatlar kiradi. Aynan shaxsning ijtimoiy xususiyatlari
bilan insonning
insonlar orasidagi, tabiatdagi eng umumiy xulqi, uning u yerdagi sodir bo‘layotgan jarayonlarga
munosabati va ulardagi ishtiroki darajasi belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy kompetensiyalarning ko‘rib chiqilgan oltita majmui bir jihati
bilan bir-birini eslatadi, boshqasi bilan esa ular farqlanadi. Pedagogika sohasidagi mahalliy va
xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan asosiy kompetensiyalar majmui tahlili, maktab ta’limiga
zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy talablar mazmunida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy
kompetensiyalari mualliflik to‘plamini ishlab chiqishga undadi. Asosiy kompetensiyalarni
tanlashning nazariy asosi bo‘lib, pedagog olimlar va psixolog olimlarning inson tabiati,
uning
sub’ektli vazifasi va mohiyatli xususiyatlari masalalaridagi tadqiqotlari, shuningdek, ta’limda
kompetentli yondashuvning konseptual qoidalari xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: