Metakognitiv strategiyalar
– fikrlash strategiyalarini yo‘naltiruvchi, dialektik aqliy
harakatlarni boshqaruvchi, muayyan tafakkur tuzilmasi. Metakognitiv strategiyalar bilish
jarayonlarini muvofiqlashtirib, ularni quyidagi aqliy xatti-harakatlarni bajarishga undaydi:
1) amaldagi aqliy strategiyaning asossiz ekanligini va uni yangicha tuzilmasini ishlab chiqish
zaruratiga ehtiyoj mavjudligini anglash, alternativ, muqobil strategiya ishlab chiqish dialektikasi;
2) amaldagi strategiyaning transformatsiyasi, ya’ni:
a) oldingi eskirgan strategiyaning o‘rniga yangi mohiyatdagisini ishlab chiqish orqali;
b) aqliy umumlashmalar orqali ikki va undan ortiq strategiyalarni jamlash va h.k.
Metabilish
intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq holda
qaraladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli,
ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha
bo‘lgan jarayonlar o‘sayotgan organizmning taraqqiy etishida ahamiyatlidir. Aqliy rivojlanish fikrning
kengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish
qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat
jarayonida, dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o‘quv,
mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish -
yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun
ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Maktabgacha ta’lim jarayonida bola buyumlar hamda hodisalar bilan tanishadi, nimanidir bilib
oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, tortib ko‘radi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa, uning dunyoqarashi
shakllanadi. Tevarak-atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga ta’sir etadi
va senzitiv sezgisi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq,
g‘adirbudur, silliq-yaltiroq, xushbo‘y va h.k.ni bilib olishga yordam beradi.
“Hayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi.
Bolaning hayoli u syujetli o‘yinlar o‘ynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida,
o‘sha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bo‘ladi. Ammo boladagi hayol ko‘proq aniq
vaziyatga bog‘liq bo‘ladi (masalan, qo‘g‘irchoq ko‘rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bo‘lsa, biror
narsani tashiydi va h.k.). 6-7 yoshli bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning
natijasida bola hayolida sezilarli o‘zgarish yuz beradi”. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi yosh avlodni
aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish
mohiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi. Metakognitiv metodlar asosida bolalarni maktabga
tayyorlashdagi asosiy vazifalar: bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish; aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning
xilma-xil usullarini rivojlantirish; mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish, aqliy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil uchun
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –T., 2020 yil,
25 yanvar.
Do'stlaringiz bilan baham: |