222
tushuntirishlari lozim bo‘ladi. Fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida predmetli muhitni
tashkil etishga e’tibor qaratish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Agar, o‘quv dasturga mos ravishda
predmetli muhitni yaratsak bolalarimizda ijodkorlik sifatlari rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Ilmiy tadqiqotlar (L.S.Vigotskiy, S.L.Novoselova)dan ma’lumki, kattalar tomonidan
beriladigan har qanday ta’limiy ta’sir bolaning o‘zining real ishtirokisiz samara bermaydi. Shu
maqsadda bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida predmetli muhit yaratish muhim, chunki bu
joyda bola doimiy yashaydi, ijod qiladi va harakatda bo‘ladi. Buning uchun predmetli
rivojlantiruvchi muhit qanday talablarga javob berishi lozimligi haqida bilishimiz zarur. Ta’lim
tashkilotining mulkchilik shaklidan qat’iy nazar predmetli rivojlantiruvchi muhit yaratishning
umumiy talablariga mos bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yetakchi psixolog, professor
S.L.Novosyolovaning tadqiqotlariga ko‘ra asosiy talablar sifatida quyidagilar keltirib o‘tilgan:
tizimli, ta’lim va o‘qitish maqsadlariga hamda dizayn madaniyatiga mos bo‘lishi;
predmetli muhit orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, bola faoliyatida muayyan
maqsad va yutuqlarga erishish usullari topshiriq bo‘la olishi;
bola rivojlanishi yosh xususiyatlari va har bir yosh davrdagi yetakchi faoliyat (muloqot,
predmetli faoliyat, o‘yin)ning o‘ziga xosligini inobatga olish, ya’ni bir yosh rivojlanish
bosqichidan ikkinchi rivojlanish bosqichga o‘tishida predmetli muhitni “rivojlanishning yaqin
zonasi” (L.S.Vigotskiy) sifatida tashkil etish;
bolalarga bir-birlari va kattalar bilan muloqot va munosabatda bo‘lish imkoniyatini
yaratish orqali ularda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllantirish;
predmetli muhit qismlari tez-tez o‘zgarib turadigan, bola ular bilan yangi muhit yarata
oladigan, ba’zan bu detallar bilan munosabatda qiyinchilik tug‘diradigan bo‘lishini ta’minlash va
buni amaliy tajriba orqali o‘rganishga rag‘batlantirish;
bolalar bu muhit qismlaridan yangi ma’no kasb etadigan, avval amalda bajarmagan
o‘yin maydonini yaratishiga e’tibor qaratish va bolada yangi g‘oyalar, obrazlar orqali o‘yin,
qurish-yasash faoliyatlarini boyitish bilan birga uning bu muhitda rivojlanishini ta’minlashi
kabilar.
Demak, bugun maktabgacha ta’lim maskanlarida predmetli rivojlantiruvchi muhitni talab
darajasida tashkil etish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqillik, ijodkorlik va
tashabbuskorlik qobiliyatini shakllantirish hamda tarbiyalash mumkin bo‘ladi. Albatta, hozir
bolalarni ko‘zini quvnatadigan turli o‘yinchoqlar, aqliy kamolot uchun xizmat qiladigan stol-
bosma didaktik vositalar bisyor. Ammo, turli geometrik shakldagi va quvnoq rangli, katta
hajmli(krupnogabarit) modullar bolalar uchun amaliy tajriba maydoni bo‘la olishligi bilan
ahamiyatli va foydalidir.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va
ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi muammosining yechimlaridan biri sifatida zamonaviy
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida predmetli rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish maqsadga
muvofiq deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: