B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KOMMUNIKATIV 
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM MASALALARI 
 
Nishanova M.X. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi 
 
Bolaning ichki dunyosi, ma’naviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi, 
madaniyati uning tili orqali namoyon bo‘ladi. Chunki har qanday kishining madaniyatliligi, odobi, 
bilim darajasi, faxm-farosati, fikrlash doirasining kengligi yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki 
tayyor emasligi nutqida o‘z aksini topadi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 
ishlab chiqilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida ham bolalarning aynan nutq va muloqot 
sohasidagi kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda “Nutq, 
muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan 
so‘ng 6-7 yoshli bola:

nutqni eshitishi va tushunishi;

o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap 
konstruksiyalaridan foydalanishi;

ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qilishi;

ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatishi;

badiiy adabiyot asarlariga qiziqishni namoyon qilishi;

so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni bilishi;

yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni bilishi kerakligi ta’kidlab 
o‘tilgan.
Bugungi kunda hayotimizni texnologiyalashtirish sababli bolalarda aynan kommunikativ 
qobiliyatni yaxshi rivojlanmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bolalarni yosh davridanoq 
televizor, kompyuter o‘yinlari, telefon bilan band qilib qo‘yilishi oqibatida, ularda muloqatga 
kirishishda tortinchoqliq, tengdoshini tushunmaslik, fikrini yetkazib bera olmaslik va buni 
oqibatida muammoli vaziyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Aynan yuqoridagi davlat 
dasturini amalga oshirish orqali biz mana shu salbiy oqibatlarni oldini olishimiz mumkin.
Kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdan maqsad bolalarda kommunikativ 
kompetentlikni tarkib toptirishdir, kommunikativ kompetentlik bolani tengdoshiga e’tibor 


218 
qaratish, tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish, muloqot orqali o‘z hayotiy 
tajribasini kengaytirish va boyitib borishga o‘rgatadi. 
Kommunikativ ko‘nikmalar – o‘rganilayotgan til vositalari yordamida muayyan faoliyat 
sohasi doirasidagi muloqot maqsadlari va vaziyatiga mos ravishda nutqiy faoliyatni amalga oshira 
olish layoqati.
Kommunikativ qobiliyat esa – muloqot jarayonida kishilar o‘rtasidagi samarali o‘zaro 
aloqani ta’minlovchi individual psixologik xususiyat bo‘lib, uni aniq metodika, qat’iyat va 
amaliyotda qo‘llash orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada L.Cherneskaning fikricha, bolada 
kommunikativ kompetentlikni tarkib toptirish uchun, eng avvalo, unda quyidagi uchta malakani 
shakllantirish kerak: 
Birinchisi – bu bolani qiziqishlari sohasini aniqlash, unda aynan bolani muloqotga kirishishi 
uchun u qiziqadigan va gaplashishni xohlaydigan mavzular aniqlab olinishi kerak. Bu bosqichni 
to‘liq amalga oshirmasdan hech qanday natijalarga erishib bo‘lmaydi, chunki katta yoshdagi inson 
o‘z-o‘ziga birorta ishni qilishga motivatsiya bera olishi mumkin, lekin yosh bolalar buni amalga 
oshira olmaydi.
Ikkinchi bosqich bilimlar sohasini aniqlash hisoblanadi. Bunda boladagi muvaffaqiyatli 
muloqotga kirisha olish borasidagi bilimlari bor yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar bunday bilimlar 
mavjud bo‘lmasa unda bu kabi axloq qoidalarini bolaga o‘rgatish lozim bo‘ladi. Bu borada eng 
katta mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi, ota-ona bolaga suhbatga kirisha olish qonun-
qoidalari va muammoli vaziyatlardan chiqib keta olish usullarini o‘rgata olishi kerak. 
Uchinchi bosqich bu muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi hisoblanadi 
va u bir nechta komponentlarni o‘z ichiga oladi. 
-
xabarlarni birorta odamga tegishliligini asoslay olish; 
-
suhbatdoshining e’tiborini o‘ziga qarata olish; 
-
gaplarini asoslab bera olish; 
-
tolerant bo‘lish; 
-
suhbatdosh nima haqida gapirayotganini tushina olish; 
-
suhbatdoshini qiziqtira olish; 
-
suhbatdoshini e’tibor bilan eshitish; 
-
suhbatdoshiga nisbatan empatiyani mavjudligi; 
-
muammoli vaziyatlarni hal eta olishdan iborat.
Shu uchta bosqichni to‘g‘ri amalga oshirish orqali bolada kommunikativ ko‘nikmalarni 
shakllantrish mumkin.
Bolada kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning eng samarali usuli bu o‘yin 
hisoblanadi. O‘yin orqali bolalarning ijtimoiylashuvi, liderlik qobiliyati, ijodiy fikrlashi, jamoada 
ishlash kabi ko‘nikmalari shakllanib boradi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan o‘yinlarning aksariyati aynan bolaning 
kommunikativ ko‘nikmasini shakllantirishga karatilgan bo‘lib, bularga didaktik, syujetli-rolli, 
“hikoyani qayta hikoya qilish”, so‘z-mantiqiy tafakkurning rivojlanganligini aniqlash uchun keng 
tarqalgan “mazmunan bir syujetli rasmlar asosida hikoya tuzish” metodikasini, N.I.Gutkinaning 
“Uycha” rasmi metodikasi, A.L.Venger va D.B.Elkoninning “Grafik diktant” metodikalarini misol 
qilib olishimiz mumkin. 
Ye.O.Smirnovaning fikricha, bolalarga o‘zlari tanlagan o‘yinlarni o‘ynatish maqsadga 
muvofiq deb hisoblaydi, chunki bolalar ko‘pincha tanish bo‘lgan, qoidalarini biladigan, bir so‘z 
bilan aytganda aynan aqli yetadigan o‘yinlarni tanlashadi. Bu tarbiyachiga bolani fikrlash va 
nutqining rivojlanganlik darajasini aniqlab olishga yordam beradi. O‘yinlarni bolani ehtiyoji va 
aqliy qobiliyatini hisobga olgan holda to‘g‘ri tashkil qilish, bolani kommunikativ kompetentligini 
shakllantirib borishga xizmat qiladi.
Bu masalaga jiddiy va pedagogik-psixologik jihatdan mukammal bilimlarga ega bo‘lgan 
xolda yondashish zarur, chunki bolani kommunikativ savodxonligi uning kelajakda barkamol 
bo‘lib yetishishini aniqlab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. 


219 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish