163
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish
bo‘yicha O‘zbekiston va yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, umumlashtirish;
“Aqlli bog‘cha” innovatsion modeliga asoslangan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
maxsus kasb xonalarida bolalarni kasbga yo‘naltirish faoliyatini tashkil etish metodikasini ishlab
chiqish;
katta maktabgacha yoshdagi bolalarning kasbiy qiziqishlarni yosh va individual-
psixologik hamda kognitiv darajalarda o‘zgarib borishi monitoringini yo‘lga qo‘yishning dasturiy
platformasini ishlab chiqish;
bolalarni kasbiy qiziqishlarini rivojlanish kartasini yaratish;
tipologik innovatsion bog‘cha loyihasini mamlakatimizning turli hududlariga targ‘ib
qilish;
maktabgacha ta’lim muassasalari hududiga mos kichik me’moriy shakllarni to‘g‘ri
tanlash;
ota-onalar uchun farzandining istiqbolini belgilash, kasbga yo‘naltirish, jamiyatning eng
muhim strategik vazifasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning poydevori bo‘lgan intellektual va har
tomonlama uyg‘un rivojlangan shaxslarni tarbiyalash;
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning innovatsion faoliyatida yaxlit tizimni
yaratishning tashkiliy metodik tizimini takomillashtirish, o‘quv dasturlarni ishlab chiqish, ularni
didaktik pedagogik ta’minotini takomillashtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni “Aqlli bog‘cha” innovatsion modeli asosida kasbga
yo‘naltirishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
kasb xonalardagi bolalar e’tiborini tortuvchi muhitda ularni yoshlariga ko‘ra anglash,
tasavvur qilish va qiziqishlarini kompyuterdagi ma’lumotlar asosida ta’lim, tarbiya va psixologik
o‘zgarishni ilmiy-amaliy asoslarini yaratish;
bolalarni kasbga qiziqishiga oid muhitni oilada joriy etishni amalda tadqiq etish va ular
ongini shakllantirish samaradorligini ilmiy tomondan asoslash;
bolalar yoshidagi tafovutni inobatga olgan holda, ilg‘or fikrlovchi, yoshi katta bolalar
bilan birga bo‘lishi va istalgan xonalarida birgalikda tahsil olishning samaradorligini taqiqot etish;
maktabgacha 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni to‘rt yilda tanlagan kasb yo‘nalishidan
tashqari ikkinchi kasbga qiziqishida bola ongining shakllanish samaradorligini tahlil qilish;
bola ongini shakllanish jarayonini ilmiy-amaliy ishlar asosida tahlil qilinib, olingan
xulosalar asosida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi maxsus dasturlar ishlab, 3 yoshdan 7
yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun mobil telefon ilovalarini yaratishga doir dastur yaratish.
“Aqlli bog‘cha” loyihasidagi bolalarni kasb tanlashini amaldagi ijrosini ta’minlaydigan
ixtisoslashgan tarbiyachi va murrabiylar uchun, pedogogika kollejlari, oliy o‘quv yurt talabalariga
mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatmaning ilmiy-amaliy asosini yaratish.
“Aqlli bog‘cha” innovatsion modelini yaratishda asosan xorij tajribasini o‘rganish, mavjud
zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini solishtirilishi sababli taqqoslash metodidan, ularni
tahlil etish uchun tahliliy metod va statistik metodidan, chet el tajribalaridan foydalangan holda
tatbiq qilish metodidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: