B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

vazifalari
: maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-
tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va 
usullarini joriy etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat, deb belgilangan. 
Davlat talablari quyidagi 
tamoyillar
asosida amaliyotga tatbiq etiladi: bolaning noyobligi; 
“Men” konsepsiyasini yaratishda bolaning roli; bolaning huquqlarini himoya qilish va 
ta’minlashning muhimligi; bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning o‘rni; bolalar rivojlanishida 
individual farqlanishlar mavjudligi sababli har bir bolaga moslashuvchan, individual variativlik 
asosida yondashish. 
Belgilangan Davlat talablarida maktabgacha ta’lim tushunchasiga: “maktabgacha yoshdagi 
bolalar qiziqishi, iqtidori, individual, ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini 
inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy 
tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon”, 
tarzida ta’rif berilgan.
Davlat talablarida bolalar rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilangan 13-band “
Ijodiy 
rivojlanish
” sohasi:
1. “
Dunyoni badiiy tasavvur etish”
.
2. “
Badiiy-ijodiy qobiliyatlar”
nomli kichik sohalarga ajratiladi. 

Dunyoni badiiy tasavvur etish”
nomli bandida: “Bola turli xil san’at vositalaridan foydalanib, 
dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi” talabi qo‘yilgan va kutilayotgan natija bolalarning 
yoshi misolida quyidagicha belgilab berilgan:

3-4 yosh – illyustratsiya, o‘yinchoq, xalq amaliy san’ati asarlarini o‘rganishda emotsional 
ta’sirlanadi; tabiat ob’ektlarida, o‘yinchoq, bolalarning o‘z kiyimlaridagi ranglar jilosini anglaydi; 
tanish qo‘shiqlarni biladi; diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi; tasviriy san’at elementlaridan 
foydalanadi;

4-5 yosh – o‘zbek xalq amaliy san’ati haqida ilk tushunchaga ega (so‘zana, keramika); 
san’atga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga ega (rassom, bastakor, aktyor); ayrim san’at 
turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik); 
ayrim arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi); qo‘shiq va 
navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi; ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi 
(pianino, dutor, doira); musiqaga monand raqsga tushishi mumkin;

5-6 yosh – musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi; musiqaga monand harakatlarni o‘ylab 
topishi mumkin; badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin; amaliy san’at turlari haqida 
birlamchi tushunchaga ega; shaxsiy loyihalar yaratishda g‘oyalar bildiradi; musiqada uslublarni 
farqlaydi; kichik ssenariylar tuzib, sahna ko‘rinishlari tashkillashtira oladi; tabiiy materiallardan qo‘l 
ishlari yasaydi; kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin;

6-7 yosh – she’rni ifodali o‘qib bera oladi; tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi; ularni 
sahnalashtirishda ishtirok etadi; she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi; musiqiy 
asarning harakterini aniqlashga qodir; bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning 
asarlarini biladi; tasviriy san’at turlarini farqlaydi. 

Badiiy-ijodiy qobiliyatlar”
deya nomlangan ikkinchi kichik sohasida: “Bola atrofdagi borliqni 
ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega” talabi qo‘yilgan va undan kutilayotgan natijalar quyidagicha 
belgilab berilgan:

3-4 yosh – tasviriy materiallar nomini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi; sodda kompozitsiyalar, 
alohida buyumlarni chizadi; tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi; bolalar 
musiqiy asboblarida (buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi; bolalar guruhi bilan qo‘shiq aytadi; 
raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand 
harakatlanadi); plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi; tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, 
turli shakldagi qog‘ozlarni yasatadi; qumdan turli shakl va piramidalar quradi; 


158 

4-5 yosh – predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan holda qismlarga boy tasvirlar chizadi; 
syujetli rasm, predmet va personajlar chizadi; shakllarni turli texnika asosida bo‘yaydi; loy, xamir va 
plastilindan shakllarni yasaydi; faoliyati boshida ko‘z oldiga keltirib tasavvur qiladi; xorda va 
yakkaxon qo‘shiq aytadi; raqs harakatlarini, hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida 
qabul qiladi; musiqiy asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, uchburchak); kattalar 
yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi;

5-6 yosh – murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi 
(choynak, gilam, ro‘mol, lagan); xotira yoki tasavvuriga ko‘ra syujet yaratadi; qog‘ozdan va tabiiy 
materiallardan applikatsiya – hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari); 
muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi; qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarni harakati 
va proporsiyalarini yoritgan holda kichik syujetli kompozitsiyalar yaratadi; tengdoshlari bilan ijodiy 
o‘yinlar yaratishi mumkin; shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llaydi; jamoaviy loyihalarda 
g‘oyalar taklif etadi;

6-7 yosh – turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi; individual va jamoada qo‘shiq ayta 
oladi; raqsda harakatlariga jilo bergan holda shaxsiy namuna yaratishi mumkin; musiqiy asboblarda 
yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin; g‘oya yaratadi va tatbiq etadi; maqsadga 
erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi; turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi; 
olamni 
o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi; muloqot davomida o‘z 
fikrini, hissiyotlarini va taassurotlarini namoyon etadi; buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar 
taklif etishi mumkin [3]. 
Olib borilgan tahlil jarayonidan ko‘rinadiki, mazkur davlat talablarida maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida tarbiyalanib, ta’lim olayotgan bolalarning tasviriy faoliyatini rivojlantirish masalasiga 
alohida e’tibor karatiladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish