(1); (22)=(6)-(5). Bu masofalar farqi hisoblanadi (23)=(21)– (22). II klass nivelirlashda stansiyada masofalar farqi 1 m gacha yo‘l qo‘yiladi, ularni seksiyadagi yig‘indisi to‘rlanishi 2 m gacha ruxsat etiladi.
Nazorat nisbiy balandlik o‘rtachasi, dalnomer iplari bo‘yicha hisoblangan nisbiy balandliklardan topildi: (24)={[(1)-(5)]+[(2)-(6)]}:2.
Stansiyadagi nisbiy balandlikni hisoblash uchun avval orqada gi va oldingi reykalarning asosiy shkalalari bo‘yicha sanoqlar ayirmasi topiladi: (13)=(3)–(7) va baraban bo‘yicha sanoqlar ayirmasi (14)=(4)–(8). Keyin reykalarni qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha stansiyadagi nisbiy balandlik topiladi: (16)=(11)=(9) va baraban bo‘yicha: (17)=(21)–(10). Nisbiy balandlikning to‘la qi ymati baraban sanoqlari ayirmalarini reyka bo‘yicha sanoqlar ayirmasiga ishoralarini hisobga olib qo‘shib yozish bilan topi ladi: (15)=(13) va (14); (18)=(16) va (17). Stansiyada reykalarni asosiy va qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha olingan nisbiy baland liklar ikkala qiymatlari orasidagi farq kuzatishlar va hisoblash lar nazorati bo‘lib xizmat qiladi: (19)=(15)–(18). Bu farq 0,7
(sanoq barabanning 14 ta bo‘lagi)dan oshmasligi kerak. Nis biy balandliklar farqining yig‘indisi «nazorat» grafasiga yoziladi. Xuddi shu grafaga reykalarning asosiy va qo‘shimcha shkalalari tovonlarining farqi yoziladi. Masalan, 59,256 = 73,499 – 14,243 va 59,255 = 88,486 – 29,231. Ular orasidagi farq reykalarning asosiy va qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha olingan nisbiy balandliklar far
qiga to‘g‘ri kelishi kerak. Bundan tashqari stansiyada hisoblan gan nollar balandligining farqi bilan reykani sinashda aniqlangan farqlar bir-biriga teng yoki 0,7 mm dan oshmasligi kerak.
Dala jurnalida nazorat hisoblash o‘ntalik stansiyalar bo‘yicha bajariladi va u quyidagidan iborat: jurnal chap qismida reyka largacha bo‘lgan dalnomer masofalari yig‘indisi topiladi: Σ(21) va Σ(22) va ulardan seksiya uzunligi hisoblanadi; o‘ng qismida orqadagi va oldingi reykalarning asosiy va qo‘shimcha shkalalari bo‘yicha sanoqlar yig‘indisi, bu sanoqlar ayirmalarining yig‘indisi va hamma nisbiy balandliklar yig‘indisi olinadi: Σ(3), Σ(4), Σ(11), Σ(12), Σ(7). Σ(8), Σ(9), Σ(10), Σ(13), Σ(14), Σ(16), Σ(17), Σ(15) va Σ(18). Bu yig‘indilar bo‘yicha o‘rtacha nisbiy balandlikni hisob lash nazorat qilinadi. Reykalarning asosiy va qo‘shimcha shka lalari bo‘yicha topilgan seksiyadagi nisbiy balandlikning to‘la qiymati quyidagicha topiladi: o‘ntalik stansiyalar bo‘yicha baja
rilgan hisoblashlar yig‘indisi chiqariladi va o‘lchangan umumiy nisbiy balandlik qiymati 1/2 dm da hisoblanadi, so‘ngra mm ga
o‘tkaziladi va reykalar jufti o‘rtacha metri uchun tuzatma kiritila di va tuzatilgan umumiy nisbiy balandlik h olinadi. Seksiya uzun ligi L (km) va shtativlar soni n hisoblanadi.
VI BO‘LIM. TEKISLIKDA GEODEZIK
Do'stlaringiz bilan baham: |