4.6-§. Alidada va limb ekssentrisitetini aniqlash
Teodolitning geometrik chizmasiga asosan alidada aylanish o‘qining limb tekisligiga proyeksiyasi O, gorizontal doira 1 ayla nish markazi O1 va limb 2 bo‘laklari halqasining markazi K (4.8-rasm) ustma-ust tushishi kerak. Teodolitni markazlashda xato lik ro‘y berishi tabiiy, lekin uning qiymati belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. Alidada ekssentrisiteti deganda alidadaning ay lanish markazi O ni limb bo‘laklari halqasining markazi K bilan ustma-ust tushmasligiga, limb ekssentrisiteti deganda esa limb
aylanish markazi O1 ni uning bo‘laklari halqasi markazi K bilan ustma-ust tushmasligiga tushuniladi. Alidada ekssentrisiteti chi
ziq elementi l = OK va burchak P (4.8-rasm), limbning nol shtri xiga nisbatan chiziqli elementni oriyentirlaydigan burchak bilan
tavsiflanadi. Limb ekssentrisiteti aynan shunday elementlar: l1= OK1 va burchak P1 bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |