4.4-§. Yuqori aniqlikdagi teodolitlarni tekshirish va
tadqiq qilish
Teodolitni tekshirish va tadqiqlari vazifasiga uni konstruksiya lashda asos qilib olingan geometrik parametrlar va optik-mexa nik talablardan cheklanishni aniqlash va uni imkoni boricha to‘la bartaraf etish kiradi. Tadqiqotlar bartaraf etib bo‘lmaydigan chek lanishlarni aniqlash va ularga tegishli tuzatmalarni kiritish; teo dolitning doimiylari (sanoq olish qurilmasi bo‘lak qiymatini, okular mikrometri, adilaklar bo‘lak qiymatlari va b.q.) ni aniq lash; teodolit ayrim bog‘lanmalari to‘g‘ri ishlashini sinash; limb diametrlari xatosini aniqlash; teodolitning ayrim bog‘lanmalari va butun teodolitni ishlashga tashqi muhit ta’sirini aniqlash va boshqalarni ko‘zda tutadi.
Bajarilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha teodolitni berilgan aniqlik sinfidagi ishlarga yaroqliligi aniqlanadi.
Har bir punktda bajariladigan kuzatishlardan oldin o‘tka ziladigan majburiy tekshirishlarga quyidagilar kiradi:
1. Truba aylanish o‘qida o‘rnatilgan adilak o‘qi trubaning go rizontal aylanish o‘qi bilan bitta tekisligida joylashishi va unga parallel bo‘lishi kerak.
2. Alidadani teodolit vertikal o‘qi atrofida aylanishi tekis hech qanday tebranishsiz va ozod (tegib qolmasdan) o‘tishi kerak.
3. Trubaning gorizontal aylanish o‘qi teodolit vertikal aylanish o‘qiga perpendikular bo‘lishi kerak.
4. Teodolit trubasini trubani qaratish vinti orqali vertikal te kislikda qiyshaytirish truba o‘qini lagerlarda azimutal siljishishga olib kelmasligi kerak.
5. Sanoq qurilmasi tekshirilgan va sozlangan bo‘lishi kerak.
6. Trubaning kollimatsiya xatosi 10'' dan oshmasligi kerak.
7. Truba okulari mikrometrining iplar bissektori vertikal o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
8. Vertikal doira zenit o‘rni ZO‘ yoki nol o‘rni NO‘ qiyma ti 10'' dan oshmasligi kerak; ZO‘ yoki NO‘ quyidagi formulalar bo‘yicha topiladi:
OT-02M teodoliti uchun
ZO ' = DCH + DO ' − 180 °;
|
Z = DO '− DCH + 90 °
|
(4.1)
|
T1 teodoliti uchun
|
|
|
ZO ' = (DCH + DO ' − 360 °) / 2 ;
|
Z = DCH − ZO '+ 90 °
|
(4.2)
|
T05 teodoliti uchun
|
|
|
HO ' = (DCH + DO ' ± 180 °) / 2 ;
|
β = 90 ° − Z = DCH − HO ' (4.3)
|
9. Ko‘targich va qaratgich vintlari yumshoq lyuftsiz va ozod yurishi kerak.
Yuqori aniqlikdagi har bir teodolit zavoddan olingandan keyin yoki kapital ta’mirlashdan keyin to‘la dastur asosida tadqiq qi linadi. Yuqori aniqlikdagi burchak o‘lchash ishlariga uning ya roqliligini aniqlash uchun tadqiqotlardan adilak bo‘lak qiyma ti (truba aylanish o‘qidagi va alidadagi adilaklar); truba okular mikrometrining bo‘lak qiymati (bosh truba va tekshirish trubasi); truba fokuslash linzasining to‘g‘ri yurishi; limb shtrixlari tasvirini birlashtirish xatosi optik mikrometr reni; yassi parallel plastinka li mikrometrni foydasiz yo‘li (мертвый ход); mikrometr shka lasining bo‘laklari xatosi; limb va alidadani ekssentrisiteti; alida
da aylanishi to‘g‘riligi; limb diametrlari xatosi; teodolit gorizontal va vertikal o‘qlarining o‘zaro perpendikular emasligi aniqlana di. Laboratoriya sharoitida teodolit bilan gorizontal va vertikal burchaklarni bitta priyomda o‘lchashning o‘rta kvadratik xato si aniqlanadi.
Teodolitni tekshirish ishlari va tadqiqotlarini to‘g‘ri bajarish haqidagi batafsil ko‘rsatmalar amaldagi Standartlarda va me’yoriy hujjatlarda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |