97
O‘TILGANLARNI TAKRORLASHGA
DOIR MASALALAR
61
406.
Uchta qopda 1,97 q un bor. Birinchi va ikkinchi qopdagi un massasi teng.
Uchinchi qopda esa birinchi qopga qaraganda 0,11 q ko‘p un bor. Har qaysi
qopda qanchadan un bor?
407.
To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 14 cm bo‘lib, u bo‘yining 25
_ qismini tashkil qiladi.
To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini toping.
408.
Stansiyadan 50 km/h tezlik bilan yuk poyezdi jo‘nadi. 3 soat o‘tgach shu
stansiyadan uning orqasidan 80 km/h tezlik bilan elektropoyezd jo‘nadi.
Elektropoyezd necha soatdan keyin yuk poyezdini quvib yetadi?
409.
Oralaridagi masofa 782 km bo‘lgan ikki shahardan ikki poyezd bir-
biriga qarab turli vaqtda yo‘lga chiqdi. Birinchi poyezd 52 km/h, ikkinchisi
61 km/h tezlik bilan yurdi. Birinchi poyezd 416 km
yurganidan keyin ikkinchisi
bilan uchrashdi. Poyezdlardan biri ikkinchisidan necha soat oldin yo‘lga chiqqan?
410.
Uchburchakning bir tomoni 83,6 cm, ikkinchi tomoni birinchisidan
14,8 cm, uchinchisi ikkinchisidan esa 8,6 cm ortiq. Uchburchakning perimetrini
toping.
411.
Daryoning chuqurligi 5,78 m. Ko‘prik qurish uchun
ishlatiladigan ustun daryo
tubidagi yerga 2,1 m qoqilgan bo‘lib, u suv sathidan 5,41 m chiqib turadi.
Ustunning uzunligi qancha?
412.
Ikki maydondan kartoshka hosili yig‘ib olindi. Birinchi maydondan
195,7 t, ikkinchisidan esa birinchi maydonga qaraganda 72,8 t ko‘p kar toshka
yig‘ildi. Ikkala maydondan necha tonna kartoshka yig‘ib olingan?
413.
Bir to‘p gazlamadan birinchi kuni 13,72 m, ikkinchi kuni 24,3 m,
uchinchi kuni
esa 18,28 m sotildi. Shunda, 3,7 m gazlama sotilmay qoldi. To‘pda necha metr
gazlama bo‘lgan?
414.
Yo‘l quruvchilarning bir guruhi yo‘lni
A
qishloqdan, ikkinchi guruhi esa
B
qishloqdan bir-biriga qarab qurib kelmoqda. Birinchi guruh 7,5 km,
ikkinchisi esa
undan 1,3 km ortiq yo‘l qurgandan so‘ng yana 1,8 km yo‘l qurilmay qoldi.
A
va
B
qishloqlar orasidagi masofani toping.
415.
Sirdaryo viloyatining hududi 5,1 ming km
2
ni tashkil qiladi. Bu Navoiy
viloyatining hududidan 105,7 ming km
2
, Qoraqalpo g‘iston
Respub likasining
hududidan esa 159,8 ming km
2
ga kam. Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hududi necha ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi?
416.
1-rasmga ko‘ra harakatga doir masala tuzing va uni yeching.
1
http://eduportal.uz
98
417.
Velosipedchining tezligi 15 km/h, piyodaning tezligi undan 9,7 km/h kam.
Agar ular bir-biriga qarab kelayotgan bo‘lsa, ular bir-biriga qanday tezlik bilan
yaqinlashmoqda?
418.
Teploxodning o‘z (turg‘un suvdagi) tezligi 21,6 km/h. Oqimning tezligi 4,9 km/h.
Teploxodning oqim bo‘yicha va oqimga qarshi tezligini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: