Oylik test (Dekabr)
1. 70 kg massali havo shari 5 m/s2 tezlanish bilan ko’tarilmoqda. Uning vazni (N) qanday? 𝑔 =10 m/s2
A) 350 B) 0 C) 700 D) 1050
2. Biror nuqtadan bir jism 5 m/s tezlik bilan gorizontal otildi, ikkinchisi erkin tusha boshladi. Bu jismlar orasidagi masofa 16 s dan keyin nimaga teng bo`ladi?
A) 40 B) 50 C) 80 D) 100
3. Richagning uchlariga 2 N va 18 N kuchlar tasir qiladi. Richagning uzunligi 1 m. Agar richag muvozanatda bo‘lsa, tayanch nuqtasi kuchlardan qanday masofada (m) bo‘ladi?
A) 0,9 ; 0,2 B) 0,8 ; 0,2
C) 0,9 ; 0,1 D) 0,6 ; 0,4
4. U-simon shakldagi tutash idishlarga turli xil zichlikdagi suyuqliklar solinganida quyidagi rasmdagi kabi holatni egalladi. Suyuqliklar aralashib ketmaydi. Agar
b = 15 sm, ℎ = 30 sm, 𝐻 = 35 smbo’lsa, =?
A) 0,5 B) 0,75 C) 0,33 D) 0,8
5. Gidravlik pressning porshenlari S1:S2=3:75 nisbatda bo‘lsa, qurilma kuchdan qanday yutuq beradi?
A) 10 B) 50 C) 25 D) 30
6. Rasmdagi muvozanatda turgan richagning massasini toping (kg). Richagga 10 N kuch ta’sir qilmoqda va 0,5 kg massali yuk ham unga osilgan.
A) 4 B) 3 C) 1 D) 2
7. Ko’tarish krani 2 ta ko’char blok va 2 ta ko’chmas blokdan iborat. Uning necha marta kuchdan yutuq berishini aniqlang.
A) 16 B) 32 C) 4 D) 8
8. Yuqoriga tik otilgan jism 8 sekunddan so’ng o’zining oldingi holatiga qaytgan bo’lsa uning dastlabki 7 sekundda bosib o’tgan yo’lini (m) toping.
A) 140 B) 85 C) 125 D) 65
9. Hajmi 0,05 m3 bo’lgan qarag’ay daraxti suvda qancha massali jismni ko’tara oladi? (kg) Qarag’ayning zichligi 440 kg/m3
A) 220 B) 28 C) 500 D) 440
10. Yuqoriga 160 m/s tezlik bilan tik otilgan o’q 20 s dan keyin qanday tezlikka erishadi (m/s)?
A) 40 B) 55 C) 80 D) 62
11. Massasi 12 k𝑔 bo’lgan tinch turgan jismga 8 s davomida 6 N kuch ta’sir qilgan bo’lsa, jismning shu vaqtda erishgan tezligini toping (m/s)?
A) 0,5 B) 4 C) 16 D) 2
12. Dengiz sathidan 120 m balandlikdagi atmosfera bosimi 120 m chuqurlikdagi bosimdan qanchaga (mm.sim.ust) farqlanadi?
A) 10 B) 20 C) 101 D) 760
13. Soatning minut strelkasi uzunligi 1 sm. Yarim soat mobaynida minut strelkasi uchining yo’li va ko’chishi qanchaga teng bo’ladi?
A) 2 sm; 3,14 sm B) 6,28 sm; 2 sm
C) 3,14 sm; 2 sm D) 12,56 sm; 2 sm
14. Rasmda tasvirlangan bilyard shari K nuqtadan harakat boshlab L nuqtaga yetib kelguncha 220 sm masofani bosib o`tgan bo`lsa , uning ko`chishini toping(sm)?
A) 10 B) 22 C) 20 D) 11
15. 1 ta katakning uzunligini 1 N kuch deb hisoblab, rasmda berilgan 3 ta kuchning teng ta'sir etuvchisini toping(N)?
A) B) 1 C) D) 5
16. Zichligi 200 kg/m3, massasi 4 kg bo`lgan jism suvga solindi. Unga qancha Arximed kuchi ta’sir qiladi(N)? (suvning zichligi 1000 kg/m3)
A) 200 B) 40 C) 180 D) 80
17. Yer sirtidan 10 km/s tezlik bilan uchirilgan kosmik kemaning traektoriya shakli qanday?
A) ellips B) giperbola C) parabola D) aylana
18. Katta yo’lda bir tomonga harakat qilayotgan mototsikldan birinchisining tezligi 10 m/s, ikkinchisining tezligi 20 m/s ga va harakat boshida birinchi mototsikldan 200 m orqada. Ikkinchi mototsikl birinchi mototsiklni necha sekunddan so’ng quvib yetadi?
A) 15 B) 30 C) 20 D) 5
19. Yo’lning ¼ qismini avtomobil 60 km/h tezlik bilan harakatlandi, yo’lning qolgan qismini 20 km/h tezlik bilan o’tgan bo’lsa, uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (km/h)?
A) 12 B) 24 C) 30 D) 10
20. Ventilyator parraklarining burchak tezligi 20π rad/s bo’lsa, paraklar 10 minutda necha marta aylanadi?
A) 3000 B) 6000 C) 4000 D) 2000
21. Stol ustida yotgan 8 kg massali jismga qanday gorizontal kuch (N) tasir etganda u stol ustida tekis harkatlanishni boshlaydi, agar ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa? g =10 m/s2
A) 16 B) 24 C) 48 D) 80
22. Dastlabki tezligi 20 m/s bo’lgan avtomobil 50 m yo`l bosib to’xtadi. Agar harakat tekis sekinlanuvcha bo`lsa, bu harakat davomiyligi (s) qanday ?
A) 5 B) 6 C) 4 D) 8
23. Bikrligi 30 N/m bo`lgan sim uzunliklarining nisbati 1:3 bo`lgan ikki qismga bo`lindi. Agar shu ikki bo`lak parallel ulansa, umumiy bikrlik qanday bo`ladi?
A) 30 N/m B) 16 N/m
C) 300 N/m D) 160 N/m
24. Tinch holatidan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning 10-sekundda bosib o‘tgan yo‘lini 5- sekundda bosib o‘tgan yo‘liga nisbatini toping?
A) 19/9 B) 19/5 C) 19/7 D) 4
25. Bir–biriga simlar bilan biriktirilgan sharlarning massa markazi koordinatasi (x;y) aniqlansin. Kvadrat tomonlari 1 birlikdan.
A) 0,7 ; 0,5 B) 0,9 ; 0,3
C) 0,9 ; 0;1 D) 0,9 ; 0,7
26. Gorizontga qiyalatib otilgan jismning ko`tarilish balandligi 10 m, otilish burchagi 450. Jismning uchish uzoqligini toping. (g=10 m/s2).
A) 20 m B) 30 m C) 40 m D) 60 m
27. Jism olgan tezlanishi unga ta’sir qilayotgan kuchga teskari, o’zining massasiga esa to’g’ri proporsional”. Bu …
A) Nyutonning I qonuni B) Nyutonning II qonuni
C) Nyutonning III qonuni D) bunday qonun yo’q
28. Jism 80 m balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz erkin tashlandi. Shu balandlikni shunday 4 qismga ajratingki, har bir qismni bosib o‘tish uchun jism bir xilda vaqt sarflasin.
A) 20 m, 20 m, 20 m, 20 m B) 4 m, 16 m, 26 m, 34 m
C) 5 m, 15 m, 25 m, 35 m D) 5 m, 10 m, 25 m, 40 m
29. Vaznsiz richak rasmdagidek ipga osilgan holda muozanatda turgan bo`lsa ipning taranglik kuchini toping(N)?
A) 40 B) 30 C) 25 D) 50
30. Jismning harakat trayektoriyasi qanday shakldan iborat bo`lsa, uning ko`chish moduli bosib o`tilgan yo`ldan katta bo`ladi?
A) to`g`ri chiziq
B) egri chiziqa
C) aylana yoyi
D) ko`chish hech qachon yo`ldan katta bo`lmaydi
(Ism) _______________________________
|
1.
|
7.
|
13.
|
19.
|
25.
|
2.
|
8.
|
14.
|
20.
|
26.
|
3.
|
9.
|
15.
|
21.
|
27.
|
4.
|
10.
|
16.
|
22.
|
28.
|
5.
|
11.
|
17.
|
23.
|
29.
|
6.
|
12.
|
18.
|
24.
|
30.
|
To`g`ri javoblar soni:
O`zlashtirish ko`rsatgichi: %
O`qituvchi: Alijon Raxmonov