174
VI BOBNI
TAKRORLASHGA DOIR MASALALAR
39- §.
864.
Uchta qopda 1,97 sr un bor. Birinchi va ikkinchi qopdagi un massasi teng.
Uchinchi qopda esa birinchi qopga qaraganda 0,11 sr ko‘p un bor. Har qaysi
qopda qanchadan un bor?
865.
To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 14 sm bo‘lib, u bo‘yining
2
5
_
qismini tashkil
qiladi. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini toping.
866.
Stansiyadan 50 km/soat tezlik bilan yuk poyezdi jo‘nadi. 3 soat o‘tgach shu
stansiyadan uning ketidan 80 km/soat tezlik bilan elektropoyezd jo‘nadi.
Elektropoyezd jo‘naganidan necha soat keyin yuk poyezdini quvib yetadi?
867.
Oralaridagi masofa 782 km bo‘lgan ikki shahardan
ikki poyezd bir-biriga
qarab turli vaqtda yo‘lga chiqdi. Birinchi poyezd 52 km/soat, ikkinchisi
61 km/soat tezlik bilan yurdi. Birinchi poyezd 416 km yurganidan keyin
ikkinchisi bilan uchrashdi. Poyezdlardan biri ikkinchisidan necha soat oldin
yo‘lga chiqqan?
868.
Bir kishi bozorga tuxum olib kelib, birinchi xaridorga tuxumlarning yarmini
va yana bitta, ikkinchi xaridorga qolgan tuxumlarning yarmini va yana bitta
tuxum sotdi. Shundan so‘ng unda 14 ta tuxum qoldi.
Sotuvchi bozorga
hammasi bo‘lib necha dona tuxum olib kelgan?
869.
Uchburchakning bir tomoni 83,6 sm, ikkinchi tomoni birinchisidan
14,8 sm, uchinchisi ikkinchisidan esa 8,6 sm ortiq. Uchburchakning
perimetrini toping.
870.
Daryoning chuqurligi 5,78 m. Ko‘prik qurish uchun ishlatiladigan ustun daryo
tubidagi yerga 2,1 m qoqilgan bo‘lib, u suv sathidan 5,41 m chiqib turadi.
Ustunning uzunligi qancha?
871.
Ikki maydondan kartoshka hosili yig‘ib olindi.
Birinchi maydondan
195,7 t, ikkinchisidan esa birinchi maydonga qaraganda 72,8 t ko‘p kar-
toshka yig‘ildi. Ikkala maydondan necha tonna kartoshka yig‘ib olingan?
872.
Bir to‘p gazlamadan birinchi kuni 13,72 m, ikkinchi kuni 24,3 m, uchinchi
kuni esa 18,28 m sotildi. Shunda, 3,7 m gazlama sotilmay qoldi. To‘pda
necha metr gazlama bo‘lgan?
873.
Yo‘l quruvchilarning bir guruhi yo‘lni
A
qishloqdan, ikkinchi guruhi esa
B
qishloqdan bir-biriga qarab qurib kelmoqda. Birinchi guruh 7,5 km, ikkinchisi
esa undan 1,3 km ortiq yo‘l qurgandan so‘ng yana 1,8 km yo‘l qurilmay
qoldi.
A
va
B
qishloqlar orasidagi masofani toping.
874.
Sirdaryo viloyatining hududi 5,1
ming km
2
ni tashkil qiladi. Bu Navoiy
viloyatining hududidan 105,7 ming km
2
, Qoraqalpo g‘iston
Respub-
likasining hududidan esa 159,8 ming km
2
ga kam. Navoiy viloyati va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi necha
ming kvadrat kilometrni
tashkil qiladi?