B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov


Diqqat va uning turlari, xususiyatlari



Download 149,6 Kb.
bet11/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat - kishi faoliyati- ning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samarador- ligining muhim va zarur sharti. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo‘naltirilgan shakldaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko‘plab ta’sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi xususiyati bilan o‘zaro bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Diqqatni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g‘ayrat sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko‘ra diqqat- ning ikkita asosiy turi mavjud:

  1. ixtiyorsiz diqqat;

  2. ixtiyoriy diqqat.

Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o‘rni benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina- digan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topadi. Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke- chishini boshqarib turishdan iborat.
Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira- dan o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo‘ladi.
Diqqatni kuchli qo‘zg‘atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va bo‘yoq, kuchli hid jalb etadi.
Diqqatning taqsimlanishi ikki va undan ko‘proq faoliyat turlari- ning (bir qancha harakatlarning) bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog‘liq xususiyat. Diqqatning yuksak daraja- da taqsimlanishi - ko’pgina hozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Masalan, operatorlar, ko‘plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi.
Diqqatning ko‘chishi ma’lum obyektning bir faoliyatdan ikkinchi bir faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir harakatdan ikkinchi bir harakatga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Diqqatning ko‘chi- shi yo ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga yoki o‘zgarib ketayotgan shart-sharoitlarga muvofiq tarzda yangi faoliyatga kirishish zaruratiga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat obyektlar va jarayonlar o‘zgarib, faoliyat esa uzoq vaqt da- vomida o‘zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning barqarorligi doirasi- da uning ko‘chishi yuz beradi. Bunday ko‘chish uzoq davom etadigan ish paytida charchashning oldini oladi va shu bilan diqqatning barqarorligini oshiradi. Lekin bu tez-tez takrorlanavermasligi lozim, aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxo- tirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo‘linib turishida na- moyon bo‘lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko‘rinishi ko‘pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlik- ning sabablaridan biri hisoblanadi. Parishonxotirlikni keltirib chiqa- ruvchi sabablar nimalardan iborat? Parishonxotirlik shaxsning barqa- ror xislati sifatida ixtiyoriy diqqat sustligining ko‘rsatkichi hisoblanadi va u noto‘g‘ri tarbiya natijasida bo‘lishi mumkin. Bunday pari- shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan- tirish yo‘li bilan kurash olib borish kerak.
Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, hidlar va harorat, miqdor va ko‘plab boshqa narsalar to‘g‘risida biz sezgi organlari tufayli bilamiz. Kishi sezgi a’zolari yordamida tashqi va ichki muhitning holati haqida rang-barang axborot olib turadi.

Download 149,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish