Idrok va uning xususiyatlari. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi.
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi.
Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi- dan iborat tarzda emas, balki emotsional bilishning o‘ziga xos belgi- lari bilan sifat jihatidan yuqori bosqich sifatida tasavvur qilinadi.
Sezgilardan farqli o‘laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi.
Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar:
predmetlilik;
yaxlitlilik;
strukturalilik;
barqarorlik;
anglanilganlik.
Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan hodisa bo‘lib, tashqi dunyodan olinadigan axborotning o‘sha dunyoga mansubligini ifoda etadi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti- harakatni boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Odatda, biz narsalarni ularning ko‘rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab baholaymiz.
Idrokning yaxlitligi deyilganda, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘la- roq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog‘liqdir. Idrok ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlarning o‘ziga xos jihatlarida, ikkinchi tomondan, insonning muayyan faoliyatida gavdalanadi. I. M. Sechenov ta’kidla- ganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlar reflektor faoliyatining natijasidir.
Idrok qo‘zg‘atuvchining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida hosil bo‘lsa ham, perseptiv obrazlar hamisha muayyan ma’noli aha- miyatga ega bo‘ladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning mohiyatini tushunib yetishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Narsani ongli idrok etish - unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so‘z vositasida umumlashtirish demakdir. Hatto o‘zimizga notanish narsani ko‘rga- nimizda ham uning bizga tanish obyektlar bilan o‘xshashlik jihatlarini payqab olishga, uni qandaydir toifaga kiritishga urinamiz. Idrok shunchaki sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning oddiy yig‘indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma’lumotlarni yaxshilab talqin qilish, izohlab berish yo‘llarini jadal izlashdir. Shu nuqtai nazardan olganda goh shakl, goh fon (ikki qiyofa va vaza) navbatma- navbat idrok etiladigan (1-rasm), «ikki mazmunli» deb atalmish rasmlar diqqatga sazovordir. Bu rasmlarda idrok qilingan obyektning alohida ko‘rsatilishi uning anglab yetilishi va nomlanishi bilan bog‘liqdir.
Idrokning kishi psixik hayoti mazmuniga, uning shaxsiga xos jihatlarga bog‘liqligi appersepsiya deyiladi.
1-rasm
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha phainomenon - noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’noni anglatadi) muayyan hodi- salarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio - alahlash, bosinqirash, valdirash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illuziya (lotincha illusio - xato, adashish, yanglishish degan ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction - o‘ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha yasnovideniye - yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish) tushunchalari orqali nomlanadi.
Idrokning muhim jihatlaridan biri unga xos belgilarning turli jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o‘zlashtirgan bilimlari, to‘plagan tajribalari, shuningdek murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish, yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o‘zaro mosligini aniqlash singari bosqichma-bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarni aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko‘p qirrali, ko‘p yoqlama alomatlarni idrok qilish bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |