B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov



Download 149,6 Kb.
bet12/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Sezgi haqida tushuncha. Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek moddiy qo‘zg‘atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta’sir etgan miqdorda organizmda hosil bo‘ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. Materiya sezgi organlarimizga ta’sir etib sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan ya- gona yo‘lidir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning subyektiv obrazidir. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy qo‘zg‘atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi lozim.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning ahamiyati juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o‘zimiz to‘g‘rimizdagi bilimla- rimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak atrofdagi olam haqida ha- misha axborot olib turishi kerak.
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko‘rsatilgan turlari mavjud:

  1. ko‘rish;

  2. eshitish;

  3. hid bilish;

  4. badanning tegishi orqali sezish;

  5. ta’m bilish.

Sezgilar ma’lum bir qo‘zg‘atuvchining muayyan retseptorga ta’si- ri natijasida hosil bo‘lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning va ana shu qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga qa- rab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:

  1. tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo‘lgan ekstrotsep- tiv sezgilar;

  2. tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo‘lgan interotseptiv sezgilar;

  3. retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan propriotsep- tiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi.

Ekstrotseptivlarni ikki guruhga - aloqa bog’laydigan kontakt va distant retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog‘laydigan reseptorlar ularga ta’sir qiladigan obyektlar bilan bevosita aloqa bog‘lagan paytda qo‘zg‘aydi; badanning tegishi orqali sezish, ta’m bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant reseptorlar uzoqdagi obyektdan keladi- gan qo‘zg‘atishdan ta’sirlanadi; distant retseptorlarga ko‘rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi.
Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan qo‘zg‘atuvchining o‘ziga xos quvvatining asab jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari faqat moslashuvchan- lik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlarida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog‘langan.
Sezgi asab tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir.
Analizator uch qismdan tarkib topadi:

  1. tashqi quvvatni asab jarayoniga o‘tkazadigan maxsus trans- formator hisoblangan periferik bo‘limi (retseptor);

  2. analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) asablar;

  3. analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan asab signallari- ning qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari.

Har bir analizatorlarning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarning asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida u yoki bu miqdorda o‘rnashgan tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qismi bo‘ladi.
Analizator asab jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbai va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta’sirotni miyaga olib boruvchi asab yo‘llari va effektor- dan tarkib topgandir.
Shunday qilib, sensor (emotsional) va motor (harakat) qismlarning uyg‘unlashuvi tufayli sensor (analizator) apparat reseptor ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarning obyektiv xususiyatlarini aynan aks ettiradi va shularning xususiyatlariga o‘xshab qoladi.
Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir.
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko‘rsatish mumkin:

  • qo’zg’atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jara- yonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. Doimiy qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qilgan taqdirda, sezgi yo‘qolib qolish xu- susiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk tez- dayoq sezilmaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir;

  • adaptatsiya kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishidir. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong‘i xonadan yaxshi yoritilgan joyga chiqqanimizda, oldiniga ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biron-bir narsaning farqi- ga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz, bir muncha vaqt o‘tgandan keyin esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko‘ra boshlaymiz;

  • kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptatsiya deb ataladi.

Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a’zolarining qo‘z- g‘alishi ta’siri ostida o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. Sezgilarning o‘zaro munosabati xuddi adaptatsiya kabi ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonda: sezuvchanlikning ortishi va pasayishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda umumiy qonuniyat shundan iboratki, analizatorning o‘zaro munosabatlarida kuchsizlari analizator- larning sezuvchanligini oshiradi, kuchlilari esa susaytiradi.
Analizatorlar o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuv- chanlikning ortishi sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgi a’zolari sezuv- chanligining o‘zgarish qonuniyatlarini bilgan holda maxsus tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu retseptorni sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin. Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin.
Sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb atalmish yana bir hodisada namoyon bo‘ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo‘zg‘alishi ta’siri ostida boshqa analizatorga xos sezgining hosil bo‘lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi.

Download 149,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish