Kulolchilik buyumlari qadimda qo'lda tayyorlangan bo'lsa,
ko'p o'tm ay kulolchilik dastgohi — charx yaratilgan. Charx dastlab
er.avv. 4 minginchi yillarda Mesopotamiyada,
keyinchalik Misrda
ishlatilganligi m a'lum . Charx yaratilgach, bu san 'at turi bilan
erkaklar shug'ullana boshladilar. Kulolchilikning dastlabki ish
uslublari Osiyoning tog'li hududlarida haligacha saqlanib keladi.
O'zbek kulolchiligi ham juda qadimdan shakllangan. Qadimgi
Xorazm, Chust, Ayritom,
Zam onbobo, Jonbos qal’a, Farg'ona,
Oshqoltepa, Dalvarzin, Kaltaminor va keyinchalik K o'hna Ur-
ganch, Xorazm, Xiva, Afrosiyob, Buxoro, Q o 'q o n , Shahrisabz
kulolchiligi jahonga dong taratdi.
O 'zbek klassik kulolchiligi o'zining pishiqligi,
nozikligi, chi-
royli, go'zal kompozitsiyasi, ranglarining o ‘ziga xos uyg'unligi,
tozaligi va takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Chust
madaniyatida eramizdan avval yashagan xalqlarning kulolchilik
san’ati yuksak san’at namunalari sifatida namoyon bo'ladi. Unda
takomillashgan kulolchilik,
gulli sopollar, naqshinkor buyum-
larning nodir namunalari yaratilganligi kuzatiladi.
Feodalizm davriga oid mageriallar Afrosiyob, Buxoro, k o 'h
na Urganch, Xorazm, Xiva, Samarqand, Q o 'q o n , Shahrisabz
kabi shaharlarda kulolchilikning nodir
nam unalari yaratilgan-
ligidan dalolat beradi. Yuksak mahoratli xalq ustalarining nafis
san ’ati tufayli o'zbek klassik tasviriy san’atining kulolchilik sohasi
ham o'ziga xos yo'nalishda takomillashib bordi. O'zbek kulol-
chiligida turli xildagi o rnam ent va naqshlar, o'simlik
va daraxtlar,
qush ham da hayvonlar tasviri asosida yaratilgan bezaklar, turli
xildagi ranglar o 'z aksini topgan bo'lib, bu o'zbek san ’atining
o'ziga xos yo'nalishini belgilab beradi.
XX asrga kelib. o'zbek kulolchiligi o'zining yangi uslublari
va
s a n ’atning nozik qirralari bilan boyib,
yanada rivojlanib,
yuksalib bordi. 1930—3 2 - yillarda S a m a rq a n d va T o sh k en t
keramika zavodlari ishga tushdi, 1943- yilda Shahrisabz keramika
o'quv-ustaxonasi ishlay boshladi. So'nggi yillarda esa G 'ijduvon,
R ishton, F a rg 'o n a , N a m a n g a n shaharlarida q a to r keram ika
zavod-fabrikalari
ishga tushdiki, bular o'zbek kulolchiligining
yangi rivojlanish davrini boshlab berdi. Hozirgi kunda o'zbek
28
k ulolchilari ja h o n g a m a sh h u r, n o y o b va n o d ir b u y u m la rn i
yaratmoqdalar. U lar xalqaro ko'rgazm alarda yuqori b aholan-
moqda.
Do'stlaringiz bilan baham: