B. N. O r I p o V u o 'K 372. 874(075) квк



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/108
Sana23.03.2022
Hajmi3,25 Mb.
#506296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi.Oripov B (1)

TA SV IR IY S A N ’AT
NAZARIYASI
S a n ’at tabiat va jam iyatdagi 
v oqea-hodisalarning badiiy 
tasvirlarda ifodalanishidir. S an’at o'zida moddiy olamning umumiy 
holatini ham da rivojlanishini aks ettirish, odamlarga uni bildi- 
rishda m uhim vosita b o iis h bilan birga, insonni siyosiy, axloqiy 
va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili b o ‘lib xizmat 
qiladi. S a n ’at voqelikni ifodalash uslubi, xarakteri, mazmuniga 
ko'ra, 
tasviriy san'at, me'morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, teatr,
L
kino, radio-televideniya
kabi turlarga boMinadi. 
|
S a n ’atn in g ijobiy va eng m u h im xususiyati sh u n d ak i, u 
fandan farqli o ia r o q , voqea-hodisalarni tushunchalarda emas, 
balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik badiiy 
obrazlarda ifodalaydi.
M a ’lumki, liar bir jamiyat o'zining m a ’lum iqtisodiy-siyosiy 
i
holatidan kelib chiqib, san ’at rivojiga muayyan darajada sharoit 
"
yaratadi. Shu boisdan har bir jamiyat san'ati o ‘z davri uchun 
xizmat qiladi.
H ar bir jamiyatdagi s a n ’at erkinlik asosida vujudga kelsa, 
|
bu san ’at o'zida insonparvarlik, vatanparvarlik va milliylik kabi 
ilg'or g'oyalarni ilgari suradi. S an ’at xalqning maqsadi, 
orzu- 
J
umidlarini aks ettiradi.
S an'at insoniyatning ezgu niyatlarini, ularning orzu -u m id - 
larini to'la ifoda etadi. Shu boisdan xalqimiz o'z san’atini qanchalik 
t
ardoqlab, unga hurmat va ehtirom bildirsa, jahon xalqlari ham 
bugungi o ‘zbek san ’atiga ana shunday ixlos va ehtirom bilan 
qaraydilar.
0 ‘zbek rassomlari o ‘z asarlarida ana shu talab va prinsiplardan 
kelib chiqqan holda o'zlarini qiziqtirgan, hayajonga solgan narsa- 
lar, voqealami milliylik asosida aks ettirmoqdalar.
Mustaqil 0 ‘zbekiston tasviriy san ’atining milliyligi undan, 
avvalo, realistik pozitsiyada turishni, moddiy olamning obyektiv 
qonuniyatlarini e ’tirofetgan holda tasvirlashni talab qiladi. Bu esa 
rassomdan narsa va voqealarni aniq, o ‘ziga o'xshatib, real holda
6


ifodalashni va jamiyatning muhim jihatlarini aniq maqsad sari 
yo'naltirilgan, badiiy jihatdan yuksak talablarga javob beradigan 
san’at asarlari yaratishni talab qiladi.
Jahon realistik tasviriy san'ati — ja h o n xalqlarining o'tmishi, 
hozirgi kuni va kelajakdagi hayotini ifoda etuvchi, shuningdek, 
tabiat va jam iy atn i tasvirlovchi haqiqiy ko'zgudir. Biz u nda 
o 'tm ish n i, bugunni va kelajakni ko'ram iz. Shu boisdan ham 
realistik tasviriy san'at ustalari o ‘tmish tarixini ham, materiya va 
taraqqiyotni ham, matematika, tabiiyot, geografiya va biologiyani 
ham yaxshi bilishlari lozim.
S an’at uzoq tarixga ega b o ‘lib, u jamiyatda mehnat faoli- 
yatining rivojlanishi, takom illashuvi va ijtimoiy faoliyatning 
taraqqiyoti asosida shakllandi. U moddiy ishlab chiqarish, ja m i­
yatning iqtisodiy tuzumi va mehnat munosabatlari hamda qurol- 
larining takomillashuvi tufayli jamiyat ongining evolutsion taraq­
qiyoti jarayonida vujudga keldi va rivojlandi.
Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi bilan san ’at ham sinfiy 
tus oldi. H ar bir jam iy atd a turli sinflar mavjud bo'lganidek, 
o ‘sha jamiyatning san ’atida ham turli sinflar manfaati, siyosati, 
dunyoqarashi va axloqi aks etadi.
S an’atning sinfiy xarakteri — uning qaysi sinf vakilini qanday 
m azm unda ifodalashga va qaysi sinfning iqtisodiy hamda siyosiy 
m a n f a a ti n i, h a y o t in i h im o y a q ilish ig a q a r a b b e lg ila n a d i. 
l.Repinning „Volga burlaklari“ asarini kuzatar ekanmiz, unda 
mehnatkashlar omm asining hayoti, ularning og'ir turmushi va 
mehnati ifodalanadi va ular manfaati himoya qilinadi.
Tasviriy s a n ’atning m uhim xususiyatlaridan biri — inson 
uchun faqat borliqni, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar va 
narsalarni bildiribgina qolmay, odamlarga yangi bilim, tasavvur 
va tushunchalar berib, ma'naviy boyituvchi, ijodiy yuksalishga 
boshlovchi qudratli omil bo'lib xizmat qiladi. Yoki bir so‘z bilan 
aytganda, V .G.Belinskiy ta'rificha, „ S a n ’at — obrazli tafak- 
kurdir11. 1 (1—2 - rasmlar).
1 V.G. 
Belinskiy. Tanlangan asarlar. 3- tom. М., 1948- у. 67- bet.
7



2- rasm. I.N .Kramskoy. „N om a’lum ayol“ , 1883- y.
A na shu o b ra z la r tasviriy s a n ’atd a o 'z in in g yaqqolligi, 
ish o n arlilig i, obyektivligi, realligi b ilan o d a m la r n in g aqliy 
faoliyatiga tez va aniq t a ’sir ko'rsatuvchi vosita bo'lib xizmat 
qiladi. A m m o tasviriy s a n ’at asarlarini h a m m a ham t o ‘g ‘ri 
tushunavermaydi, lining badiiy jihatlarini to'g'ri baholay olmaydi. 
Bunday kishilar ko'rgazm a zallariga, muzeylarga tashrif buyur- 
salar, tezda zerikib qoladilar. Chunki bunday tomoshabin asarni 
maroq bilan tushunib, ko'rolmaydi, his-hayajon va kuchli ehtiros 
bilan tahlil etolmaydi. Ular agar A. K. Savrasovning „Qora qarg'alar 
uchib kelishdi“ , Y.Levitanning „Oltin kuz“ , R. Tem urovning 
„Bibixonim hovlisida b a h o r“ kabi manzara janrida yaratilgan 
asarlarini tom osha qilsalar, bu rasmlarda „qurib qolgan daraxt- 
larni“ yoki ,,yoz issig‘ida kuyib, jizg'anak b o lg a n daraxtlarni 
tasvirlashibdi“ , degan fikrga kelishlari mumkin.
9


Biz, bir necha san ’at asarlari reproduksiyalari haqida turli 
yoshdagi kishilarning fikrini bilmoqchi bo'ldik. Ular manzara 
asarlarini kuzatib, „Daraxtlar va dalalarning rasmi chizilgan‘\ — 
dedilar.
Z. Inog'omovning ,,Choyga“ , V.Burmakinning , , 0 ‘rik gulla- 
g anda“ kabi maishiy janrdagi asarlari bilan tanishtirib, asar haqida 
o ‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
K u zatu vch i-to m oshab in larg a Belolining „ C h o 'm ilay o tg an
ayol“ , Jorjonening „Uxlayotgan V enera“ , R odinning ,,Yeva“ , 
R e n u a rn in g ,,Y alang‘o c h a y o l“ , R e m b ra n d tn in g ,,D a n iy a “ , 
Falkonening ,,Flora“ asarlari reproduksiyasini kuzatishga ber- 
ganimizda, ,,Yalang‘och ayollarni tasvirlashibdi“ , ayrimlari hazil 
aralash , „ R a s s o m la r c h izad ig a n narsa to p o lm a y qolishibdi, 
shekilli“ , degan fikrlarni t a ’kidlab o'tishdi. Faqat 1—2 kishigina, 
„ 0 , men shunchalik rasm chizganimda baxtli inson bo'lgan bo'lar- 
d im “ , — deyishdi. Flatto, ayrim ayollar ,,uyatsizlar“ , — deb 
ham q o ‘shib qo'yishdi.
Faqat bir kishigina, „ M e n bu haykalni Parijda k o ‘rgan- 
man. M ana bunisini D rezd en da ko'rganm an, am m o bunisini 
(„Cho'm ilayotgan ayol“ ) uchratm agan ekanm an. Bunday asar 
yaratgan 
rassomga ofarin, kim ekan rassom, bu rasm qaysi 
m u z e y d a s a q l a n a d i , bu ,,k la s s ik a m i? “ — d e d i. Y a n a b ir 
to m o s h a b in , rasm larni k u z a ta r e k a n , o 'y la n ib q old i, biroz 
turgach, „M en chet elda b o 'lm ag an m an , am m o s a n ’atni juda 
sevaman, rasmlarni to 'p lay m an , bularning ham niasidan m enda 
bor, m e n in g alb o m larim te m a tik a va ja n rla r b o ‘yicha tay- 
yorlangan. Rodinni yaxshi bilam an, u k o'proq psixologiya bilan 
shug‘ullan g an ,“ — dedi. Yana biri, rasmlarni q o lig a olib, bir- 
bir ko'rib chiqdi-da, „M en bunaqalarga qiziqmaym an, menga 
R .A h m edo v , Levitan, S h ish k in, Ayvazovskiy, T ansiqboyev, 
Karaxanlar yoqadi. U larta b iatn i kuldirib yuborishadi, ko‘pchilik 
buni tu sh u n m a y d i“ , — degan fikrni bildirdi.
Yana bir kishi biz bergan manzara, portret va turmush jan- 
ridan reproduksiyalarni q o ‘liga olar ekan, u rasmlar orasidan
O .Rodinning ,,Yeva“sini, Falkonening ,,Flora“sini ajratib olib, 
„M en haykallarni sevaman. Ular jonli insonlar, tasodifan bir


daqiqaga sizga o ‘z go'zalligini namoyish etish uchun to'xtab, 
sizga boqadi, mana buni ko‘ring-a, ana inson go'zalligi, o ‘zining 
go‘zalligini yashirayotgan Yeva. Men bir martagina Parijga borsam 
edim, Rodinning muzeyiga albatta tashrif buyurgan b o ‘lar edim. 
Lining faqat 3-4 tagina asarini bilaman, xolos. Albatta Parijga 
boraman, uning asarlari fotonusxasini olib kelam an“ — dedi.
Yuqoridagi fikrlardan, s a n ’at asarlarini tu sh u n ish uch u n
albatta badiiy m a ’lumot b o ‘lmog‘i kerak, degan xulosaga kelish 
mum kin.
Badiiy did kishilarni estetik jihatdan tarbiyalash va axloqiy 
jihatlarni mujassamlashtirish jarayonida vujudga keladi. Bu juda 
yoshlikdan, ya’ni oiladan boshlanib, keyinchalik turli tarbiyaviy 
jarayonlarda takomillashib boradi.
Kimki san’at asarlarini diqqat bilan kuzatib, u haqida m a ’lum 
tasavvur hosil qila olsagina, asar haq id a b iro n -b ir fikr ayta 
oladi. Buning uchun asar haqida qisqa boMsa-da, m a ’lumotga ega 
b o ‘lmog‘i zarur. Ota-onalar esa bolalami yoshlikdan san’at asarlari 
reproduksiyasini yig‘ishga, ulardan albom lar tayyorlashga o ‘r- 
gatishlari maqsadga muvofiq.
U m u m a n , asarni kuzatishda, uning muallifi, mavzusi 
va 
g ‘oyasiga e ’tibor berib, ular haqida fikr bildirish lozim. Chunki, 
har bir san’at asarida mavzu, m azm un va uning g ‘oyasi, rassom- 
ning maqsadi, asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisa, kishilar 
hayoti rassomning badiiy mahorati vositasida, rang va b o ‘yoqlar 
koloriti asosida ifodalab beriladi.
R .A hm edovning ,,O nalik“ asarini k u zatar ekan m iz, kim 
qanday tushunsa, shunday ataydi, kimdir ,,Onalik“ desa, kimdir 
,,Tong“ deydi, yana kimdir „Qishloqda tong o tm oqda“ va hokazo. 
Haqiqatda ham bu asarda baxtli onalik, so'lim tong, qishloq 
havosi, go‘zal manzara, yosh o ‘zbek oilasi tasvirlangan. T om o- 
shabin asarni tushunish va unga o ‘zi mavzu belgilashi uchun, 
uni u m u m iy k o m po zitsiy ad an kelib c h iq q a n holda, har bir 
elementni kompozitsiyaga nima maqsadda kiritilganini, u narsa 
q a n d a y h o lda va q a n d a y h a ra k a td a ek an lig ini, bu h arak a t 
rivojlantirilsa, qanday voqea sodir b o iish in i aniqlab olsa, asarning 
mavzusi, g'oyasi va sujeti to ‘g'ri aniqlangan bo'ladi (3- rasm).
11


3- 
rasm. 
R.Ahmedov. ,,Tong“ (,,Onalik“), 1962-y.
R asso m la r v o q eani turli uslub, x ara k te r va m a z m u n d a
ifodalaydilar. Ana shu tasvirlash uslubi, xarakteri va mazmuniga 
ko‘ra, san ’at asarlari 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish