B mengliyev, G. Tojiyeva


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriq: 
1.
Yozuvning afzalliklari nimada? 
2.
Yozuvning ilk ko`rinishi rasmli yozuv bo`lganligi qanday manbalarda o`z aksini topgan? 
3.
Piktografiya – ideografiya – fonografiya - yozuvning tadrijiy bosqichlari sifatidagi taraqqiyotini izohlab bering. 
4.
Xitoy va hind yozuvlari nima bilan farqlanadi? 
5.
Alifbo nima? Uning jahonda qanday turlari bor? 
6.
O`zbek yozuvlari tarixini so`zlab bering. 
 
Asosiy adabiyot: 
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996. 
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979. 
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981. 
Yordamchi adabiyot: 
1.Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. T., “Ўқитувчи”, 1982. 
2.Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., «Высшая школа», 1977. 
3.Кодухов В.Н. Введение в языкознание. М., «Просвешение», 1987. 
4.Реформатский А.А. Введение в языкознание. М., 1955. 
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси T., 2002. I-II жилдлар.
Mavzu: Til va tafakkur masalalari 
 
Reja: 
1.Til va tafakkurning o`zaro bog`liqligi. 
2.Mantiq va tilshunoslik. 
3.Umumiy xulosalar. 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
 
Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik kategoriyalar, aqliy bilish, hissiy bilish, mantiqiy va til
kategoriyalarining mos tushish va tushmaslik hodisasi. 
Til va tafakkur munosabati tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan biri sanaladi. Tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin 
bo`lmaganidek, tafakkursiz til o`z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular bilan bog`liq yana falsafiy, psixologik ong tushunchasi ham 
mavjud. Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo`lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong biologik hodisa bo`lib, mantiqiy fikriy 


31 
faoliyatni o`z ichiga oladi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish 
bu obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi:
1.
Sezgilar orqali bilish. 
2.
Aqliy bilish va tafakkur. 
Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a’zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan.
Aqliy 
bilish esa insonlarga xos bo`lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni 
qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo`ladi. Mana shu jarayon tafakkurdir. Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok 
kabi tushuncha bilan uzviy bog`liq bo`lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur – miyaning oily mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy 
ishlab chiqarish faoliyati jarayonida paydo bo`ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo`lgan mehnat va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq 
holdagina mavjuddir. Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo`lgan
qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya, 
kibernetika va sh.k.) tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik 
qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan. 
Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushuncha bilan bog`liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador 
ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining o`rganilish doirasiga ham kiradi. Har 
qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa 
haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud 
bo`lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma’noga ega bo`lmagan, faqat ma’lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan 
so`zlar muayyan tushunchani ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday 
so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Xullas, til va tafakkur munosabati o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lib, birgalikda rivojlanish va 
ta’sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. Ammo til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning o`rganish 
manbayi bo`lsa, tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. Shunga ko`ra mantiqiy kategoriyalar (tushuncha, subyekt, predikat, hukm 
va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so`z, ega, kesim, to`ldiruvchi….) farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til birliklari,
ayniqsa, nutqiy birliklar real, voqeiydir. Mantiqiy kategoriyalar umumiy, metodologik bo`lganligi bilan tillardagi grammatik kategoriyalar 
o`ziga xosdir.Chunonchi, rus tilida otlarning jonli va jonsizligini ifodalash kategoriyasi mavjudki, bu o`zbek tili uchun xos hodisa emas. 
Rus tilida rod kategoriyasi mavjud bo`lib, u mantiqiy jins kategoriyasi bilan muvofiq va nomuvofiq holatda turishi kuzatiladi. 
Masalan, мужчина, дедушка “женский род”ni ifodalaydi, ammo jins kategoriyasi jihatidan erkak (мужской пол)lik belgisiga ega. Demak, 
mantiqiy jins kategoriyasi grammatik rod kategoriyasi bilan nomutanosiblik hosil qilgan. Mantiqiy sifat va miqdor kategoriyasi o`zbek tili 
grammatikasida ham ifodalanadi. Сhunonchi, mantiqiy sifat kategoriyasi sifat so`z turkumi ichida turli usullar (morfologik, leksik-semantik, 
takror) bilan aks ettirilishi mumkin. Falsafiy miqdor ma’nosi esa son kategoriyasida o`z ifodasini topadi (birlik va ko`plikda). 
Grammatikada miqdor ma’nosini ifodalash son so`z turkumi (yigirmata talaba), ravish so`z turkumi (ancha, picha), takrorlar (qop-qop un) 
orqali ham ifodalanadi. 
Xullas, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni tashkil etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega 
bo`lgan hodisalardir. Til bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni bir-biridan ajratish ham shunchalik xatodir. 
F.de Sossyur ta’biri bilan aytganda: “Язык можно сравнить также с листом бумаги. Мысль – его лицевая сторона, a звук 
оборотная… ”, demak, tilni fikrdan ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy turmush, hayot namoyon bolishi lozim. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish