Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.
Yordamchi adabiyot:
1.Баскаков Н.А. Введение в изучение тюркских языков. М., «Высшая школа», 1962.
2.Рустамов А. ва б. Қадимги туркий тил. Т., «Ўқитувчи», 1992.
Mavzu: Yozuv. Yozuvning taraqqiyoti
R e j a :
1.
Yozuv. Yozuv va til.
2.
Yozuv tarixidan.
3.
Davr va yozuv taraqqiyoti.
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha:
Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo`lishi, piktografik yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli
xatlari, fonografik yozuv va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi.
Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o`ynagan.
Shubhasiz, yozuv insoniyatning ulug` kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og`zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi.
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o`rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi.
Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma’nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning
eng asosiylaridan biridir. Yozuv og`zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo`shimcha aloqa vositasi bo`lsa-da, unga qaraganda ko`p afzalliklarga
ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o`rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi
mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat
qo`lga kiritgan tajriba-bilimlarini saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Tovush tili uchun
noqulaylik tug`diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant – scripta
manent” – “So`zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.
Yozuv tildan ancha keyin paydo bo`lgan. Tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo
bo`lgan. Og`zaki nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo`lishiga
olib kelgan. Og`zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to`lqinlari yetib borishi mumkin bo`lgan) kishi
3
Баскаков Н.А. Введение в изучение тюркских языков. М., «Высшая школа», 1962, стр.95.
29
uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo`lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira
boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi sifatidagi yozuv paydo bo`lishidan oldin inson
ramziy vositalardan keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka-tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k.
belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv ko`rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi isbotlangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |