B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Reja: 
 
     1. Grammatik  ma’no ─ grammatik  munosabat   ifodalaydigan umumiy        ma’no. 
     2. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida. 
     3. Umumiy xulosalar. 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik ma’no ifodalovchi usullar, suppletivizm, ichki fleksiya, grammatik ma’noning turli 
usullar bilan ifodalanishi, bir grammatik shaklning polifunksionalligi. 
 
     Grammatik  ma’no,  grammatik  shakl  va  grammatik kategoriya  grammatikaning  eng    muhim    tushunchaidir  va  bular  o`zaro 
uzviy  bog`langan.    Grammatik  ma’no  tilda  rang-barang    usullar  bilan  ifodalanadi.  Dastlab,  grammatik  ma’no  to`g`risida  mufassal 
to`xtaylik. Grammatik ma’noning tashuvchisi va ifodalovchisi grammatik shakl sanaladi. Tabiatan agglyutinativ va sintetik bo`lgan o`zbek 
tilida qo`shimchalardan aloqa - munosabat qo`shimchalari  va  lug`aviy  shakl  hosil qiluvchi qo`shimchalar, asosan,  grammatik ma’no  
ifodalaydi.  Masalan, kitobi  so`zshakliga e’tibor  bersak.  Bu  shakldagi  [-i] qo`shimchasi kitobning   qandaydir   uchinchi   bir shaxsga 
tegishliligini  ifodalasa,    "O`tgan    kunlar"  kitobi”  birikmasida  tur  va  jins  nomini  o`zaro  bog`lab  birikma  hosil  qilyapti.  Shu  ma’nolar  [-i
qo`shimchasida mujassamlangan va shu ma’no ushbu  affiksal morfema orqali yuzaga chiqmoqda. Kelishik qo`shimchalari grammatik 
ma’no      ifodalaydi.  Masalan,  "Javondagi        kitoblardan        oldi"  gapida  [–dan]  qo`shimchasi  ma’lum    bir    manbadan  biror  narsa 
ajralayotganini ifodalasa, "Vijdondan  qo`rqing"  gapida [-danvijdon va "qo`rqmoq so`zlarini  bir-biriga bog`lashga xizmat qilyapti, "Anvar 
uydan chiqdi" gapida esa  Anvar degan shaxsning  chiqish joyini ko`rsatmoqda. Yuqorida keltirgan misollarimizdan shunday xulosaga 
kelish mumkinki, grammatik ma’no lisoniy  va nolisoniy munosabatlarning muayyan shakl(qolip) da mujassamlangan mavhum inikosidir. 
Chunki,  yuqoridagi  kitobi  so`zidagi  [–i]  qo`shimchasida,  "Javondagi    kitoblardan    oldi"  gapidagi  [-dan]  qo`shimchasida  nolisoniy 
munosabat  yotsa,  "O`tgan  kunlar”  kitobi”      birikmasidagi  [-i]    va    "Vijdondan  qo`rqing"  gapidagi  [-dan]  qo`shimchalarida  sof  lisoniy  
munosabat mujassamlangan. Shuning uchun grammatik   ma’no tarkiban murakkab bo`lib, lisoniy va nolisoniy munosabatlar inikosining 
birikishidan iboratdir. 
     Fe’l zamonlari  ham  grammatik   ma’no   ifodalaydi. Bu zamonlar faqat  nutqdagi,  matndagi  so`zlarning qaysi zamonga oid 
ekanligini  ko`rsatish  bilan  chegaralanmay,  balki   tashqi dunyoda sodir  bo`ladigan voqea va hodisalarning qachon bo`lib  o`tganini, 
ya’ni aynan gapirilayotgan vaqtda yoki gapirilayotgan vaqtdan  oldin yo keyin sodir  bo`layotganligini ifodalash uchun ham xizmat qiladi:  
Lola o`qidi; Lola  o`qiydi; Lola  o`qiyotir; Лола прочитала; Лола читаеть…  
     Sifat darajalari  ham  grammatik  ma’no anglatadi.  Ular narsa, predmet,  hodisalarning  borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi: 
tor/ torroq /eng tor; go`zal/ go`zalroq/ eng go`zal; красивый-красивее-самый красивый. 
     Mana shunday ma’lum bir shaklda mujassamlangan va tilda ifodalanishi zarur bo`lgan umumlashgan, lug`aviy ma’no ustidagi 
ustama ma’no ─ grammatik ma’no sanaladi. Grammatik ma’no aytib o`tganimizdek, rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Grammatik  
ma’nolar  quyidagi  usullar bilan ifodalanadi: 
1.
 
Affiksatsiya. 
2.
 
Yordamchi  so`zlar.  
3.
 
So`z tartibi. 
4.
 
Takror. 
5.
 
Ohang. 
6.
 
So`zlarni juftlash. 
7.
 
Ichki fleksiya. 
8.
 
Urg`u. 
9.
 
Suppletivizm. 
  1.Affiksatsiya  tilimizda  grammatik  ma’noni  ifodalashning  eng  keng  tarqalgan  usuli  bo`lib,    tilimizga  xos  bo`lgan  grammatik 
ma’nolarning deyarli barchasi son,  egalik,  kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat,  belgi  darajasi,  harakat,  nisbat,   tarz (harakatning 
sodir  usuli),  bo`lishli-bo`lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo`shimchalar  yordamida ifodalanadi. O`zbek tilida, 
asosan, suffikslar, ya’ni o`zak  yoki asosdan  keyin qo`shiladigan qo`shimchalar ishlatiladi. Tilimizda  eroniy tillardan kirgan  bir  qator  
[be-], [bo-],  [ser-][no-][ba-]   kabi prefikslar ─ o`zak va asosdan oldin keladigan qo`shimchalar ham o`zlashib qolgan.  Lug`aviy shakl 
va aloqa - munosabat qo`shimchalari  vositasida yasaladigan shakllar tilshunoslikda  s i n t e t i k   shakllar deb aytiladi. Chunonchi, 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish