B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

daraxtlari) umumiy bo`lgan tomon - tanasi, shoxi  bor o`simlik.  Bizning ongimizda daraxt xuddi shu ma’no  bilan  yashaydi.  "Umumiylik - 
bevosita  kuzatishda    berilgan        alohida      xususiyliklardagi  belgilarning    ongimizdagi  obrazi"  [1,8;].    Umumiyliklar  mayda  -  chuyda 
belgilarni  o`z  ichiga  olmaydi,  umumiylik  xususiyliklarda  takrorlanib  turadi.  Demak,  xulosa  shuki,  xususiylik  -  takrorlanmas, 
chegaralangan; umumiylik -  takroriy, chegaralanmagan. 
     Istalgan butunlik shakl va ma’no tomondan iborat bo`ladi. Yana  daraxt  misoliga qaytamiz.  Daraxtning shakl tomoni bizga 
ma`lum: qattiq tanali o`simlik. 
     Daraxt nima uchun kerak? 
     a) soya soladi; 
     b) meva beradi; 
     v) yog`och beradi... Mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, ya’ni vazifasi. 
     Nutqiy  hosilalarning    mazmuni    turli      nutqiy      sharoitda  qanchalik  xilma  -  xil    bo`lmasin,    ma’lum  bir  lisoniy  umumiylik 
ma’nosining tajallisidir. Masalan, bir oddiy piyola ham ichish quroli, ham o`lchov andazasi, ham aylana chizish mumkin... Lekin piyolaning 
umumiy  mazmuni-choy  yoki  boshqa  suyuqlik  ichish  uchun      mo`ljallangan  o`zbek    milliy    ro`zg`or  buyumi.  Ongimizda  piyola    mana 
shunday  yashaydi.    Chunki  "nutqdagi  xususiy  ma’nolar  lisondagi  umumiy  ma'nolarning  tajallisi"  [1,11;].  Umumiy  ma’no    ma’lum    bir  
fonema,  morfema,  leksemaning paradigmadagi o`rni,mavqeidan ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy ma’no shu leksemaning 
o`zi munosabatdosh bo`lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. "Ota" leksemasi  ongimizda  quyidagi paradigmada yashaydi va UGMsi 
o`shandan ochiladi: 
       /bobo/:  /buvi/ 
     /ona/ :  /ota/ 
           : 
    /bola/ 
         : 
   /nevara/ : 
     Ushbu  paradigmadan  "ota"  so`zining    UGMsi    kelib    chiqadi:  birinchi  avlod,      bevosita    qon-qarindosh,      katta,  erkak. 
Leksemalardagi  UGM    s  e  m  e  m  a  deyiladi.  Demak,  umumiylikning    mohiyati    ma’lum    bir  umumiylikni  o`ziga  o`xshash  va  farqli 
umumiyliklar bilan  munosabatidagina ochilishi mumkin. 
     Sh.  Shahobiddinova  ishida  XGM  va UGMlar atroflicha  talqin  qilingan.  Jumladan,  son  kategoriyasi shakllarining    XGM   va 
UGMlari. 
     [-lar] ning XGMlari: 
     a) ko`plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); 
     b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; 
     d) bog`liqlik va o`xshashlik - Avvalgi sarvigullar o`qishni tugatishdi (Sh. Yul.); 
     e) taxmin - Soat beshlarda keldi; 
     f) kuchaytirilgan ma’no - Tillarimga    ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim... (U. Azimov). 
      
 
[o] shakl XGM lari: 
     a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo`ladi (A.O.); 
     b) ko`plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko`plik); U qishloqda uch - to`rt kun qoldi (noaniq ko`plik); 
   d) birlik  ifodalash - bunda  ko`rsatish  olmoshlari, "bir" so`zi ko`proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, 
mening maqsadim bitta... (O.Matjon). 
     Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko`rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo`linuvchan/ bo`linmas sifat va 
noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─  bo`linmas  va  aniq/ noaniq miqdor ifodalash. 
     Bo`linuvchanlik/  bo`linmaslik  deganda,  quyidagini  tushunish  kerak:  har  bir  xususiylik  alohidalik  ekanligini    ko`rib  o`tdik. 
"Qovunlar"  degan  so`zshakli  bir  necha  qovunlarni  atab  keladi."Qovunlar"  so`zshakli  bir    to`plamni    ifodalaydi    va    u    bir  necha 
alohidaliklarga  bo`linadi.  "Ahmadlar" deganda Ahmad va unuing o`rtoqlari, oilasi...  tushuniladi.  Ya’ni Ahmadlar  bir to`plamni ifodalaydi  
va    bu    to`plam    bo`linuvchan.    "Suvlarni  stolga  qo`ydi"    deganda    kola,    mineral    suvlar...  tishuniladi.  "Toshkentlarni  kezib  chiqdi" 
so`zshakl Toshkentni bo`lib beryapti, tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga  ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim" misrasida til, gap, so`z, 
og`iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va  "ishchilar  sinfi"; "o`qituvchi odati" va "o`qituvchilar odati" kabi so`z birikmalarida 
birlik va ko`plik son  ma’nolari  yaqinlashsa  ham, orasida nozik farq bor.  "Ishchilar"da sifatiy bo`linuvchanlik sezilib turadi.  Birlik sonda  
yaxlitlik  ma’nosi  ko`proqdir. Demak, bir jihatdan  birlik  va  ko`plik son ko`plik sonning bo`linuvchanlikni ta’kidlashi,   birlik sonning esa 
yaxlitlikni  ko’rsatishi  bilan  qarama-qarshi  turadi.    Miqdoriy  jihatdan    esa  birlik  son  birlik,    aniq/noaniq  miqdorni  ifodalay  olishi  bilan 
hamisha noaniq  miqdoriy  ko`plikni  ifodalovchi  ko`plik  son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol",  "Stol ustida 


 
68 
to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma’no voqelangan:  Kitoblar  so`zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi.  
Quyidagi gaplarni qiyoslang: 
     Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; 
     O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi. 
     Shuning  uchun    birlik    sonning    umumiy    grammatik  ma’nosi  quyidagicha  ko`rsatilishi  mumkin:      birlik  ─  aniq  yo  noaniq 
miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas  
ma’noda    berish.  Ko'plik  sonning  ma'nosi  ─  noaniq  miqdoriy  ko`plikni    bo`linuvchan    sifatda  berish.  Mana  shu    umumiy  
grammatik  ma’nolar  bilan  birlik   va ko`plik morfologik  son  shakllari  til  tizimida, ongimizda yashaydi. Bu  umumiy  ma’nolar  nutqda  
muayyan  moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. 
     Ko`rib o`tdikki,  daraxt  umumiyligi  o`ta  sodda  va   u "o`simlik + tana + shox"dan iborat,  xolos. Lekin borliqdagi milliard 
daraxt  behad  rang  -  barang.    Xuddi    shunday    ko`plik  sonning  ma’nosi    "miqdoriy  noaniq          ko`plik  +  sifatiy  bo`linuvchanlik"  kabi 
soddadir.    Nutqda  esa  u  milliard    xususiy  ko`rinishlarda  voqelanadi.    Birlik  sonining  ma’nosi  "miqdoriy  aniq/noaniq  ko`plik  +  sifatiy 
bo`linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko`rsatilgan UGM   nutqda   XGM   sifatida  voqelanar  ekan,  u umumiylik bilan xususiylik  orasida  
oraliq  ma’nolar  yotadi. Oraliq ma’nolar   xususiy   ma’nolar  uchun  ma’no tiplari, ya’ni "o`xshash ma’nolar  majmuasi", UGM  uchun esa 
"umumiylikning ko`rinishlari", turlari  mavqeida  bo`ladi.  Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va  birlik"  kabi   ma’nolarni  o`z 
ichiga oladi.   Va  UGM  XGM  sifatida  voqelanguncha  yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma’noning biridan 
o`tadi. Chunonchi,                    
          
    XGM                                OGM              UGM 
     Bu kitobda                       birlik         aniq/noaniq 
     Uch kitobda                     aniq           sifatiy bo'linmas 
     Kitobda                            ko`plik        miqdor 
 shunday yozilgan.               noaniq        
 
    OGM hamisha  so`zning  lug`aviy  ma’nosi,  matn,  qurshov bilan aloqador bo`ladi. Chunonchi, [-lar] ko`plik sonning umumiy 
ma’nosi -"sifatiy  bo`linuvchan,  miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiylari: 
     1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko’rsatkichi)ni ifodalash (kitoblar, odamlar...); 
     2. O`lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko`plikni ko`rsatish (Toshkent suvlari...)
     3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko`rsatish   (yog`lar-sariq yog`, paxta yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola)
     4. Narsani   yondoshlari   bilan  birgalikda NMK sifatida ifodalash (Ahmadlar keldi; Toshkentlarni aylandik.)
     5. Taxmin ifodalash: 70- yillar; 
     6.  Bo`linmasni  bo`linuvchan    etib    ko`rsatib,    ekspressiv  ma’no  berish  (Yuraklarimga      to`kildi).    Mana  shunday    har    bir  
morfologik shaklda XGM,  OGM  va UGMlar mavjud  bo`ladi.  Siz  1940-80-yillarda  nashr  etilgan darsliklarda tanishgan grammatik 
shakllarning ma’nolari asosan XGM va   OGMlardir. UGMlarni   ochish   bosqichiga o`zbek tilshunosligi endi ko`tarilmoqda.  Jumladan,  
ushbu mavzular  mana  shu  UGMlarni  ochishga  bo`lgan  ilk  qadamlardan biridir. 
     Shunday  xulosaga kelish    mumkinki,    UGM    til    birligining  minglab  turli   xil    matnlarda    yuzaga   chiqadigan    va  bevosita 
kuzatishda berilgan  xususiy  grammatik  ma’nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi   emas,  XGMlar  negizida  yotgan,  XGMlarga nisbatan 
umumiylik vazifasini o`taydigan ma’nodir. 
     XGMlar  bilan  UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo`g`inni bog`lovchi ma’no tipi ─ bu OGMdir. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish