B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


SUG‘ORISH BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN DALA



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

 
 SUG‘ORISH BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN DALA 
TAJRIBALARINI O‘TKAZISH 
Qishloq xo‗jalik ekinlari xujayrasi tarkibini 90 % gacha miqdorini 
suv tashkil qiladi. Bundan tashqari, yashil o‗simliklarning fotosintez 
(protsessii) jarayonini o‗tishida suv asosiy xom ashyo bo‗lib hisoblanadi. 
Shuning uchun qishloq xo‗jalik ekinlaridan yuqori va sifatli mahsulot olish 
uchun ularni suvga bo‗lgan talabini va sug‗orish tizimini, rejimining 
hamda sug‗orish me‘yorini to‗g‗ri belgilash asosiy ko‗rsatkich bo‗lib 
hisoblanadi. 
O‗simliklar uchun sug‗orish to‗gri belgilansa, u holda ularning o‗suv 
qismlari bilan hosil qisimlari teng rivojlanadi. Agar sug‗orish me‘yori 
oshib yuborilsa, u holda o‗simliklar o‗sib, g‗ovlab ketadi va hosil 
elementlari kam yoki kichik bo‗lib qoladi. Shuning uchun sug‗orish bilan 
bog‗liq bo‗lgan dala tajribalarini olib borishda tajriba maydonini to‗g‗ri 
tanlash zarur. Tajriba maydonning qiyalik darajasi 0,05 dan 0,008 
qiyalikdan o‗tkazish ma‘qul ko‗riladi. Chunki bu kabi qiyalik yerni 
namlash uchun eng yaxshi sharoit yaratib beradi. Biroq qo‗yilgan 
maqsadning qanday ekanligiga qarab boshqacha qiyalikda bo‗lgan 
uchastkalarni tanlash bo‗yicha bir xildagi qiyalikka ega bo‗lishi kerak. Aks 
holda tuproqni bir tekisda va baravar qilib namlab bo‗lmaydi. Buning 
natijasida ish unumsiz bo‗ladi yoki ortiqcha suv talab qiladi. 
Variantlarning maydonini yoki qator sonini belgilashda g‗o‗za qator 
oralig‗iga e‘tibor berish zarur. Agar qator oralig‗i 90 sm bo‗lganda 
variantdagi qatorlar soni kamida 8 qator oralig‗i 60 sm bo‗lganda, 
variantlardagi qatorlar soni yanada ortadi, ya‘ni kamida 12 qator bo‗lsa 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Agarda sug‗orish rejimi bilan bir qatorda 
boshqa masalalar (ko‗chat qalinligi, o‗g‗itlash) ham o‗rganiladigan bo‗lsa, 
bunday holda sug‗orish rejimi bir xilda bo‗lgan variantlarni birlashtirish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi, bu esa ekinni sug‗orishda va undan keyin 
ekinga ishlov berish vaqtida katta qulaylik tug‗diradi. 


66 
Yer osti suvlari (sizot) yuza joylashgan dalalardagi variantlarning eni 
kattaroq bo‗lishi zarur. Lekin u qo‗shni variantlarni bir vaqtda 
sug‗organda yer suvining yuqoriga ko‗tarilib ketishiga ta‘sir ko‗rsatmasligi 
kerak.
Sug‗orish egatlarining uzunligini joyning qiyaligi va suvni o‗tkazish 
qobiliyatiga qarab 100 metrdan 250 metrgacha olish mumkin. Suvni tez 
singdiradigan joylarda egatning hajmini kichikroq, suvni ozroq 
singdiradigan joylarda esa kattaroq olinadi. Bir necha ilmiy ishlar 
natijalarining ko‗rsatishicha, variantning maydonidagi eni bo‗yigacha 
bo‗lgan nisbati 1: 10 – 1 : 15 bo‗lganda yaxshi natija berishligi 
tasdiqlangan. Maydonni juda katta olinsa, suvni bir vaqtda va bir xilda 
qo‗yish imkoniyati cheklangan bo‗ladi. Ishlab chiqarish sharoitida 
qaytariqlar kamligi sababli variantlarning maydoni 10 gektardan 
oshmasligi kerak. 
Ushbu maqsadda olib boriladigan dala tajribalarida variantlar soni 
qanday vazifa ko‗yilganligiga moslab va uning murakkabligi hisobga 
olingan holda belgilanadi. Bir faktorli tajribalarda 5-6 ta, ko‗p faktorli 
tajribalarda variantlar soni 10-12 tadan oshmasligi kerak. Qaytariqlar soni 
va boshqa dala tajribalari singari 4 tadan kam bo‗lmasligi kerak. 
Mexanizatsiya usulida ishlov berish va sug‗orish qonuniyatlariga 
to‗g‗ri amal qilish uchun tajribada qaytariqlarni bir yarusli qilib 
joylashtirilishi ma‘qul, sug‗oriladigan maydonning bo‗yi uzun bo‗lgan 
taqdirda variantlarni ham bir yarusda joylashtirish yaxshi natija beradi, 
ammo sug‗orish uchun o‗qariq qazish zarur, toki bu o‗qariq maydonni bir 
tekisda namlashni ta‘min qiladigan bo‗lsin. Shu bilan birga suvning tejab-
tergab sarflanishi tuproqning fizik hossalariga hamda yerning qiyaliliga 
bog‗liq bo‗ladi. 
Sug‗orish bilan o‗tkaziladigan tajribalarda shu kabi variantlar 
bo‗ladiki, bu variantlar sug‗orish soni, sug‗orish muddati, sug‗orish 
normasining hajmi va boshqalar bilan farq qiladi. Mana shunday 
fursatlarda g‗o‗zani parvarish qilish sohasidagi hamma agrotexnika 
tadbirlariga qattiq e‘tibor berish va bu ishlarni sug‗orish bilan to‗g‗ri 
bog‗lab olib borish kerak. 
Har qaysi variantda o‗simlikning normal o‗sib rivojanishi va shu 
sharoitda erta pishar hosilni ko‗proq to‗plashi uchun tegishli muhit yaratib 
berish zarur. Sug‗orishni qator oralariga ishlov berish va qo‗shimcha 
oziqlantirish bilan bog‗lab olib borishga alohida e‘tibor berish lozim.


67 
O‗g‗it va uning qaysi muddatda berilishi, hosilga va meva 
elementlarini shakllanish sur‘atiga katta ta‘sir ko‗rsatadi va sug‗orish 
vaqtida o‗g‗itni mumkin qadar hamma variantlarga bir muddatda solish 
kerkak. 
Har turdagi ob-havo, tuproq va gidrometrik sharoitlar, agrotexnika 
muddatlari uchun sug‗orish miqdori va sug‗orishning hajmini o‗rganish 
yuzasidan ko‗pgina mavjud ma‘lumotlar sug‗orish muddatlari uchun 
sxema tuzib chiqish va sug‗orish muddatini begilashga imkon beradi. 
Eskitdan o‗zlashtirilgan, yer osti suvlari chuqur joylashgan bo‗z tuproqli 
yerlarda eng yaxshi sug‗orish sxemasi 2-4-1 va 2-5 bo‗lib hisoblanadi. Yer 
osti suvlari yuza joylangan (gidromorf) o‗tloqi tuproqli yerlarni sug‗orish 
sxemasi 1-3-0 va 1-2-0 bo‗lganda o‗simliklar suv bilan to‗liq ta‘minlanadi. 
Sizot suvlar tuproq yuzasidan pastki tomonga joylashish chuqurligiga 
qarab 4 ta guruhga bo‗lib, sug‗orish me‘yorini belgilash mumkin. 
Respublikamizda asosiy ekin g‗o‗za bo‗lib, g‗o‗zaning ildiz sistemasi o‗q 
ildiz bo‗lganligi uchun sizot suvlarining joylanish chuqurligiga qarab suvni 
har xil o‗zlashtirar ekan. 
V.Ye.Yeremenkoning bergan tavsiyasiga asoslanib, sizot suvlari 
yaqin joylashgan gidramorf tuproqlar sharoitida sug‗orish me‘yorini 
tabaqalashtirib rejalashtirish mumkin. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish