B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


G‘o‘zada hisob ishlari (uchyotlar) olib borish



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

G‘o‘zada hisob ishlari (uchyotlar) olib borish
. Paxtachilikda ilmiy 
tadqiqotlar olib borishda o‗rganilayotgan omillarga to‗g‗ri baho berishda
uchyotlar, ya‘ni hisob ishlarini yuritish katta ahamiyatga ega. Uchyotlar 
ham kuzatuvlar singari har bir variantning hisobli maydonlarida ma‘lum 
bir tartibda orlib boriladi. Fenologik kuzatuvlarda kuzatish ishlari 50-100 
dona o‗simlikda olib borilsa, uchyotlarda esa hisob ishlari maydon 
birligila 11.1 yoki 16.6 p/m olib boriladi. 
Paxtachilikda quyidagi hisob ishlari (uchyotlar) olib boriladi : 

Ko‗chat qalinligining uchyoti, vegetatsiya boshida va oxirida olib 
boriladi. 

Rivojlanish fazalari bo‗yicha uchyotlar (unib chiqish, chin barg 
chiqarish , shonalash , gullash , pishish) har bir fazaning boshlanishidan 50 
% dan ortiq o‗simlikda namoyon bo‗lguncha har 2-3 kun oralatib davom 
ettiriladi. 


146 

Begona o‗tlar uchyoti – begona o‗tlar bilanizararlanish kuzatilganda 
va kerakli kurash choralari (agrotexnik, kimyovimy ) olib borilganidan 
keyin. 

Xashoratlar bilan zararlanishini hisobga olish 

Vilt bilan kasallanish bo‗yicha uchyot ishlari 

Hosildorlik uchyoti
O‘rtacha ko‘sak massalarini aniqlash
. Ko‗sakning o‗rtacha 
massasi deyilganda, o‗rtacha bir dona ochilgan ko‗sak paxtasining
og‗irligi tushuniladi. Ma‘lumki, har gektar maydondagi ko‗chatlar soni bir 
dona o‗simlikdagi mavjud ko‗saklar soni va o‗rtacha ko‗sak massalarining 
ko‗paytmalari bir gektar maydondan olinadigan hosildorlikni ko‗rsatadi. 
Hosildorlikni ta‘minlovchi qaysi element orqali amalga oshayotganligini 
aniqlash uchun ham hamma dala tajribalarida o‗rtacha ko‗sak massasi 
aniqlaniladi. Agarda o‗rganilayotgan omil azotli o‗g‗it bo‗lsa, shu azotli 
o‗g‗itning me‘yorini urganib, o‗rtacha ko‗sak massasiga kanchalik ta‘sir 
etishini bilish uchun, o‗rtacha ko‗sak massasi o‗rganiladi. O‗rganilayotgan 
ushbu omil balki, o‗rtacha ko‗sak massasiga ta‘sir qilmasdan hosildorlikni 
o‗zgartiruvchi o‗simlikning boshqa xususiyatlariga ta‘sir qilishi mumkin. 
O‗rtacha ko‗sak massasi har bir terimdan oldin ma‘lum tayyorgarlik 
ko‗rilib, keyingina amalga oshiriladi. Buning uchun har bir variantlarga 
yetadigan qilib, o‗rtacha ko‗sak massasini aniqlash uchun olinadigan 
ko‗saklarning paxtasi sig‗adigan darajada qopchalar hamda qalamlar 
tayyorlab qo‗yiladi. 
O‗rtacha ko‗sak massasini aniqlash uchun alohida o‗simlik 
namunalari ajratilishi ham mumkin, lekin bu ishni osonlashtirish 
maqsadida o‗simlikning o‗sish va rivojlanishini o‗rganish uchun ajratilgan 
25 dona o‗simlikdan ham foydalanish mumkin. 
O‗rtacha ko‗sak massasi dala tajribaning maqsadiga va 
urganilayotgan omilning ko‗sak massasiga qanchalik ta‘sir etishiga qarab 
asosan ikki usulda amalga oshiriladi. 
Birinchi usulda, o‗rtacha ko‗sak massasini aniqlash uchun ajratilgan 
o‗simliklar soni cheklangan bo‗lib, terib olinayotgan ko‗saklar soni 
cheklanmagan bo‗ladi. Bunda o‗simliklar soni, hisobga olish qatorlaridagi 
o‗simliklarni to‗liq xarakterlab beruvchi va fenologik kuzatish uchun 
ajratilgan 25 dona o‗simliklarda necha dona ko‗sak bo‗lishidan qat‘iy 
nazar, uslubiyat bo‗yicha terib olinadi. 
Ikkinchi usulda esa kuzatilayotgan o‗simliklar soni cheklanmagan 
bo‗lib terib olinayotgan ko‗saklar soni esa cheklangan bo‗ladi. Ushbu usul 


147 
O‗zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan 100 
kataklik yupqa yashikchadan iboratki, o‗rtacha ko‗sak massasini aniqlash 
uchun terib olinayotganda ko‗saklar sonini adashib ketishdan saqlaydi. 
O‗rtacha ko‗sak massasini aniqlashda o‗simliklar soni esa fenologik 
kuzatishni amalga oshirish uchun qanday ajratilgan bo‗lsa, bu holatda ham 
xuddi shunday, ya‘ni hisobga olish maydonidagi hamma o‗simliklarni 
xarakterlaydigan qilib ikki yoki uch yarusdan ma‘lum masofalar tashlab 
ajratiladi. 
Har ikkala usul bo‗yicha ham o‗rtacha ko‗sak massasini aniqlash 
uchun terimdan oldin alohida qilib ajratiladi. Birinchi terimdan oldin 
birinchi, ikkinchi va uchinchi hosil shoxlarining birinchi ochilgan 
nuqtalaridagi, ikkinchi terimdan oldin esa to‗rtinchi, beshinchi va oltinchi 
hosil shoxlarining uchinchi terimdan oldin esa yettinchi, sakkizinchi va 
to‗qqizinchi hosil shoxlarining birinchi hosil nuqtalaridaga ochilgan
ko‗saklarning yuqoridagi ko‗rsatilgan sonlari bo‗yicha terib olinib, 
oldindan tayyorlab qo‗yilgan haltachalarga solib qo‗yiladi. Xaltachaga shu 
namuna bilan birga, qog‗ozga qaytariq, variant nomerlar: terilgan kun, 
terim soni va hosil shoxlari hamda terib olingan ko‗saklar soni yozib 
qo‗yiladi. O‗rtacha ko‗sak massasini aniqlash uchun paxta har xil 
chiqindilardan tozalanib me‘yorigacha quritilib, aniq o‗lchaydigan 
torozida tortiladi va terib olingan ko‗saklar soniga bo‗linadi. Olingan 
ma‘lumotlar, ya‘ni o‗rtacha ko‗sak massasi tortiladi, hosil shoxlar bo‗yicha
alohida yoki uchala terimdan oldin aniqlangandagi natija qo‗shilib 
o‗rtachasi bo‗yicha ham solishtirilib xulosa qilinishi mumkin. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish