B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


G‘O‘ZA ZARARKUNANDALARI VA ULAR



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

 
5.4. G‘O‘ZA ZARARKUNANDALARI VA ULAR 
YETKAZGAN ZARARNI HISOBGA OLISH


88 
Qishloq xo‗jaligini jadallashtirishda hashoratlarga, kasalliklarga va 
begona o‗tlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish masalasi, asosiy 
elementlaridan biri bo‗lib, qishloq xo‗jalik ekinlaridan yuqori va sifatli 
mahsulot olishda bosh omil bo‗lib hisoblanadi. 
Yer shari bo‗yicha 1947 yilda hashorat va kasalliklardan jami 
hosidorlikga nisbatan 20 % yo‗qolgan bo‗lsa, keyingi yillarda bu 
ko‗rsatkich keskin ortib ketdi. Hozirgi kunga kelib hashorat va kasalliklar 
evaziga 35 % gacha hosil yo‗qolmoqda. Pul hisobiga aylantirilsa ushbu 
zarar 75 milliard dollarni tashkil etadi. 
Hashoratlarni qishloq xo‗jaligiga keltirayotgan zararini aniqlash 
maqsadida ko‗p ilmiy tekshirish institutlari va bo‗limlari ish olib 
bormoqda. Hashoratlarga qarshi muvaffaqiyatli ish olib borish uchun, 
avval ularni yaxshilab o‗rganish va bir-biridan aniq farqlay bilish kerak. 
Qishloq xo‗jalik ekinlariga tushadigan hashoratlar muntazam 
ravishda bir joyda turmaganligi uchun biror tur qishloq xo‗jalik ekiniga 
tushgan hashorat sonini va turini aniqlash uchun, shu ekinga ekilgan 
joydagi boshqa tur ekin va daraxtlardagi xashoratlarni ham hisobga olish 
zarur. 
Dala tajribasida g‗o‗za zararkunandalari hisobga olinadigan bo‗lsa u 
holda, g‗o‗za bilan birga o‗sayotgan begona o‗tlardagi va dalaning 
qirg‗og‗idagi tut daraxtiga tushgan hashoratlar sonini ham hisobga olish 
kerak. Begona o‗tlardagi zararkunandalarning sonini aniqlash uchun har 
qaysi dalada egatlar bo‗ylab 25 dona namuna va qarama-qarshi burchaklar 
bo‗ylab 20-25 m oraliqdan 25 dona namuna olinadi. Har qaysi namunadan 
5 ta keng bargli begona o‗t poyasini olib va ko‗zdan kechirib, ulardagi 
hashorat (o‗rgimchakkana, bit, trips va kuzgi tunlam) larning umumiy soni 
aniqlanadi. Bundan tashqari, har qaysi maydonda o‗rgimchakkana tushgan 
5 ta poyadagi kanalarning soni va bit tushgan 5 ta poyadagi bitlarning soni 
ham aniqlanadi. Shuningdek, bit va o‗rgimchakkana poyalardagi 
xashoratlar ham sanab chiqiladi. To‗rtta namunadan keyin beshinchi 
namuna olingan joyda 1 m/kv joydagi o‗simlik poyalarining umumiy soni 
aniqlanadi. 
Begona o‗tlarga tushgan zararkunandalarning soni esa quyidagi 
formulaga muvofiq aniqlanadi. 
bunda X – 1 m/kv joydagi hashoratlarning soni:
Z – zararlangan poyalar soni,
K – bitta poyadagi hashoratlar soni


89 
P – 1m/kv joydagi o‗simlik poyalarining soni, 
V – kuzatilgan o‗simlik poyalari soni. 
Tut daraxtiga tushgan hashoratlarning sonini aniqlash uchun 
zararkunandalar hisobga olinadigan har qaysi dalada 10 tup tut daraxti 
ko‗zdan kechiriladi. Har qaysi daraxtning 10 ta shoxidagi butoqlardan
5 tasidagi hamma barglar va shu jumladan hashorat tushgan barglar sanab 
chiqiladi. Hisobga olingan va har qaysi daraxtdan uchta hashorat tushgan 
bargni olib, ulardagi hashoratlarning turlari bo‗yicha umumiy sonlari 
aniqlanadi. Yuqoridagi formulaga muvofiq hashoratlarni soni belgilanadi. 
Dala tajribada asosiy ekin sifatida g‗o‗za o‗rganilayotgan bo‗lsa, 
ya‘ni g‗o‗zaga tushgan hashoratlarni belgilash uchun tajribaning hamma 
qaytariqlaridagi variantlar ko‗zdan kechiriladi. Buning uchun har bir 
variantning hisoblash maydonidagi g‗o‗zalardan bitta namuna olish uchun
5 dona o‗simlik ajratilib, shu o‗simliklardagi hamma so‗ruvchi hashoratlar 
hisoblab chiqiladi. Bitta variantdan jami 5 ta namuna, jami 25 dona 
o‗simlik kuzatiladi. Namunalar hisobga olish maydondan diognal yoki 
shaxmat usulida ajratiladi va hisobga olinadi. Kuzatuvchi namuna 
ajratilayotgan joyda dalaning boshidan, hisobga olish maydonning 
uzunligiga qarab 5-10 metr joy tashlab ajratiladi. Har bir namunadan 
keyin ma‘lum masofada joy tashlanib hisobga olish qatorlari to‗lig‗icha 
enlanish kerak. 
So‗ruvchi hashoratlarni (shira, trips, bit) ni hisobga olish 
rejalashtirilsa namuna uchun ajratilgan o‗simliklarning hamma barglari har 
ikkala tomoni yaxshilab kuzatilib, dastlab bitta bargdagi so‗ruvchi 
hashoratlar, keyin esa shu bir dona o‗simlikdagi jami hashoratlar, keyin 
esa shu bir dona o‗simlikdagi jami hashoratlar kuzatilib hisoblab 
chiqariladi. Shu usul bilan bitta namunadagi beshala o‗simlik, keyin esa 
beshta namunadagi 25 dona o‗simlikdagi hashoratlar turlari bo‗yicha 
hisoblab chiqariladi. Hamma o‗simlikdagi jami hashoratlar soni kuzatilgan 
o‗simliklar soniga bo‗linib, bitta o‗simlikga to‗g‗ri kelgan hashoratlar 
aniqlanib, dastlab hisobga olish maydonidagi o‗simliklar soniga 
ko‗paytirilib hisobga olish maydonidagi, kerak bo‗lsa bir gektaridagi 
hashoratlar soniga aylantiriladi. 
Kemiruvchi hashorat (ko‗sak qurti, g‗o‗za tunlam) larini hisobga 
olish uchun esa shu hashoratlar bo‗lishi ehtimoli mavjud joylar g‗o‗za 
bilan birga tuproqni 5-10 sm qatlamidagi qurtlar hisoblab chiqiladi. 
Buning uchun g‗o‗za qator orasiga mos holda 1 m/kv lik ramkalardan 
foylaniladi. Dastlab 1 m/kv dagi kemiruvchi xashoratlar soni 


90 
hisoblab chiqiladi, keyin esa hisobga olish maydonining katta-kichikligiga 
qarab, hisobga olish maydonidagi hashoratlar soni hisoblab chiqiladi. 
Bundan keyin esa hisobga olish maydonining katta-kichikligiga karab, 
hisobga olish maydonidagi hashoratlar soni hisoblab chiqiladi. 
Hisobga olingan namunalardagi hashoratlar soni quyidagi formulaga 
muvofiq aniqlanadi:
bunda: X – 1 tup g‗o‗zadagi hashoratlar soni;
L – hashorat tushga bir tup g‗o‗zadagi zararlangan o‗rtacha barglar 
soni; 
Z – kuzatilgan o‗simliklardagi hashoratlarning soni; 
R – kuzatilgan o‗simliklar soni (25 dona); 
K – hashorat tushgan bitta bargdagi hashoratlar soni. 
Hashoratlarning o‗simliklarga zarar yetkazib, ularning hosilini 
kamaytirish 
qobiliyati 
zarar 
yetkazuvchanlik 
deyiladi. 
Zarar 
yetkazuvchanlik va zararlanmagan o‗simliklarning o‗rtacha hosilini 
taqqoslash yo‗li bilan hisoblab chiqarilgan natija mutloq yoki nisbiy 
miqdorlar bilan ko‗rsatiladi. Zararkunandalarning o‗simlikka yetkazgan 
zarari miqdori, ya‘ni uning zarar yetkazuvchanligi, zararlangan 
o‗simliklarning hosili zararlanmagan o‗simliklarga nisbatan qancha 
kamayganligi protsent xisobida ko‗rsatiladi va zarar yetkazuvchanlik 
koeffitsenti deb ataladi. 
Hashoratlarning paxta hosiliga zarar yetkazganlik koeffitsenti, 
kasalliklarning zarar yetkazuvchanlik koeffitsientidagi formula bilan 
aniqlanadi. Bunda ham 100 dona zararlangan va 100 dona sog‗lom 
o‗simlik hosilidagi farq 100 ga ko‗paytirilib foiz bilan ifodalaniladi. 
Zarar yetkazuvchanlik o‗simliklarga zararkunanda tushish vakti va 
o‗simliklarning zararlanishi darajasiga bog‗liq. 
G‗alla donli o‗simliklarda asosan zararli xasva (Eurugaster 
integreseps Put.) oddiy don tuplami (Apamea sordens Hin) poya parvonasi 
(ostrinia, nubitalis Hb) va Leunani tunlamlari (Lensania vibellina Hb) kabi 
zararkunandalar ko‗proq zarar yetkazadi. 
Kuzgi bug‗doy ayniqsa zararli xasvaning ta‘sirida ko‗p xosil 
yo‗qotiladi. Kuzgi bug‗doylarda kichik maydondagi dala tajribalari
50 – 100 m
2
, yirik ishlab chiqarish tajribalarida esa 5000 m
2
gacha 
maydonlarda amalga oshiriladi. Xasvani aniqlashda kichik maydonli dala 
tajribalarida har bir variantning xisobga olish maydonlaridan kamida 8 ta, 
yirik maydonli dala tajribalaridan esa, 18 ta dan tomonlari 0,5 m dan 


91 
yuzasi 0,25 m
2
bo‗lgan ramka ichidagi xasvalar aniqlab chiqariladi. 
Xashoratlar umumlashtiriladi va 0,25 m
2
ga va 1 m
2
ga to‗g‗ri kelgan 
mavjud xasvalar sonini o‗rtachasi chiqariladi. Tajriba ma‘lumotlarini 
yanada aniq chiqishi uchun xasvaning tuxumi, lichinkasi hamda yetuk 
zotlari aloxida xisoblanilib bir biriga bog‗liq tomonlari taxlil qilinib 
xulosalaniladi. Biologik samaradorlik Abbob (1925) formulasi yordamida 
aniqlaniladi.
А
В
А
С
100
*
*

Bunda, S – biologik samaradorlik, % 
A – nazorat variantida uchratilgan zararkunandalar soni 
V – tajribada uchratilgan zararkunanda soni
Xasvalar xisobga olishda ajratib olingan na‘munalardagi 50 ta 
poyaga to‗g‗ri keladigan xasvalar soni xisoblab chiqiladi. Bu son kimyoviy 
modda sepishdan oldingi va keyingi mavjud sonlar solishtirilib 
samaradorlik foizda va kunda aniqlaniladi. Kimyoviy moddalar eritilib 
ma‘lum konsentratsiyadagi ishchi eritma tayyorlanib bir gektarga 300 l 
hisobida sarf qilinadi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish