B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


G‘O‘ZA KASALLIKLARI BILAN



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

G‘O‘ZA KASALLIKLARI BILAN
 DALA TAJRIBALARINI O‘TKAZISH
Respublikamizning asosiy qishloq xo‗jalik ekinlaridan biri g‗o‗za 
bo‗lib, bizning sharoitimizda tuproq iqlim sharoitiga, navning 
xususiyatlariga hamda bajariladigan agrotexnik tadbirlarning turiga qarab 
har xil kasalliklardan o‗rtacha 20% gacha paxta hosildorligini salmog‗ini 
kamayishiga va tola sifatining keskin pasayishiga olib kelmoqda. G‗o‗za 
kasalliklari ichida eng ko‗p ziyon yetkazayotganlari vilt (vertetsilioz 
so‗lish) va gammoz kasalliklari hisoblanadi 
G‗o‗za va boshqa ekinlarda vertetsilioz so‗lish kasali rivojlanishiga 
har xil faktorlar qanday ta‘sir qilishini o‗rganishga bag‗ishlangan 
tajribalarni taxlil qilish oldidan izlanish o‗tkazish lozim bo‗lgan. Shu 
tajribaning o‗ziga xos tekshirishlar bu dalada kasallik yuqumining 
tarqalishi darajasini va yuqum dalaning hamma joyiga bir xildaroq 
tarqalganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‗ladi. 
Bunday tajriba dalaning hamma joyiga kasallik yuqumli bir xilda 
tarqalgan dalalardagina o‗tkazilishi mumkin. Vilt kasalligining yuqumli 
ayrim joylardagina tarqalgan dalada tajriba paykallari yuqum tarqalmagan 
joylarga to‗g‗ri kelishi mumkin. Bu holda o‗tkazilgan tajriba xaqiqiy 
ahvolni to‗g‗ri ko‗rsata olmaydi. 
Tajribada variantning maydoni 200-300 m/kv dan katta bo‗lmaganda 
(variantning maydoni) kasallik tarqalganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning 


83 
aniqlik darajasi yuqoriroq bo‗ladi. Bu holda kasallik yuqumi 
tarqalganligini tekshirish shaxmat tartibida joylashgan maydonchalar 
yordamida o‗tkaziladi. Buning uchun har gektarda 100 ta maydoncha 
hisobidan tanlanadi. Birinchi maydoncha yigirmanchi qatorning dala 
chetidagi burchagida, dala chetidan 10 m nariroqdan olinadi, bu qatorda 10 
ta uya hisobga olinib, g‗o‗zalari so‗lish (vilt) kasali bilan zararlangan 
o‗simliklar sanab chiqiladi. So‗ngra shu qatorda maydonchalar olish 
davom ettirilib, qatorning pastki qismigacha 10 m oraliqda maydonchalar 
olinadi. Shu tariqa dalani yoki uning bir qismini yurib chiqib, tajriba uchun 
zarur miqdorda hisobot maydonlari belgilanadi. 
Tajriba o‗tkazib tekshirilayotgan faktorning ta‘sirchanligi ikki 
ko‗rsatkichga qarab begilanadi. 
1.
Kasal o‗simliklarni hisobga olish natijasiga; 
2.
Tajriba variantlarning hammasi so‗lish kasalligining zarur 
yetkazuvchanligini aniqlash natijalariga qarab. 
Ilmiy agronomiyaning hamma kuzatishi usullarida ham vilt kasalligi 
g‗o‗zada asosan uch marotaba iyul oxirida, avgust-sentabr oylarida 
hisobga olinadi. 
Kuzatish natijalari hisobga olinadigan qatorlardagi kasal va sog‗lom 
o‗simliklarni sanab chiqib,hamma variantlardagi o‗simliklarning so‗lish 
kasalidan zararlanish darajasi aniqlanadi, buning uchun o‗simliklarni 
necha foiz kasallanganligi hisoblab chiqiladi. 
O‗rganilayotgan omillarning (o‗g‗it, kimyoviy modda, sug‗orish va 
boshqa) samaradorligi kasal o‗simliklar foizining kamayishi, sifatidagina 
emas, balki kasallikning zarar yetkazuvchanligini pasayishi sifatida ham 
foydalanish mumkin. 
Hamma variantlarda so‗lish kasalligi keltirgan zararni aniqlash uchun 
birinchi, ikkinchi va uchinchi marta hisobga olinganiga qadar kasallangan 
20 dona o‗simlik ajratiladi. Paxta terimiga tushish oldidan har bir 
variantdan 20 donadan solishtirilmaydigan sog‗lom o‗simlik ham 
ajratiladi. Kasal va sog‗lom o‗simliklarning hosili har tup o‗simlikdagi 
ko‗saklarni sanab chiqish yoki har qaysi o‗simlikning hosilini alohida 
ajratib terish yo‗li bilan belgilanadi. So‗ngra kasal va sog‗lom 
o‗simliklarning har tupidagi ko‗saklarning o‗rtacha miqdori yoki 
hosilining vazni hisoblab chiqariladi. Tajribaning xar qaysi variantlaridagi 
ko‗saklar soni yoki hosilning vaznini ko‗rsatadigan foizlarning tafovuti 
tajribaning o‗sha variantdagi so‗lish kasalligining qancha zarar 
yetkazganligini ifodalaydi. Tajriba variantlaridagi zarar yetkazuvchanlik 


84 
foizlari o‗rtasidagi farq u yoki bu omil so‗rish kasalligining rivojlanishiga 
qanday ta‘sir qilganligini ko‗rsatadi. 
Tekshirilayotgan faktor g‗o‗zaning gommoz yoki ildiz chirishi 
kasalligiga qanday ta‘sir etishini o‗rganishga bag‗ishlangan tajribalarda 
tekshirish ishlari bir necha davrga bo‗linishi mumkin. 
Kimyoviy moddalarning texnik samaradorligini baholash kichik 
maydonlarda dala tajribalari o‗tkazish yo‗li bilan bajariladi. Buning uchun 
tajriba variantlarining maydoni besh metr uzunlikdagi bitta qatordan iborat 
bo‗lib, uyalar oralig‗i 25 sm bo‗ladi, har qaysi variant to‗rt marta 
qaytariladi.har uyaga 10 donadan chigit ekilib, unib chiqgach, maysalar 
yaganalanmaydi. Maysalar to‗la unib bo‗lganidan keyin 10-12 kun o‗tgach 
urug‗ barglarining gommoz va ildiz chirish kasali bilan zararlanganligi 
hisobga olinadi. Oradan 10-12 kun o‗tgach kasallik yana hisobga olinadi. 
Bu safar urug‗ barg gommozi, chingbarg gommozi hisobga olinadi. 
Ikkinchi marta hisobga olish vaqtida o‗simliklarning hamma ortiqchasi 
yulib tashlanadi. Urug‗ barg gommozi va ildiz chirish kasalliklari bilan 
kasallanishiga doir ikkala hisobot natijalari yakunlanib, kasallanishi foizi 
hisoblab chiqariladi. 
Gommoz bilan kasallangan o‗simliklar o‗suv davrida uch marta 
hisobga olinadi. Bunda hisobga olish maydonlaridagi o‗simliklargina 
hisobga olinadi. Yaganalash oldidan urug‗ barg gommozi bilan 
kasallangan maysalar hisobga olinadi. 
- gullash oldidan esa barg gommozi va poya gommozi bilan og‗rigan 
maysalar hisobga olinadi; 
- ko‗saklar ochilishi oldidan, ko‗sak gommozi bilan og‗rigan 
o‗simliklar hisobga olinadi. Bu vaqtda ikkita uyani tashlab, uchinchi 
uyadagi o‗simliklar hisobga olinadi. 
Agrotexnik tajriba bilan bir qatorda, xo‗jaliklarda ishlab chiqarish 
tajribalari ham qo‗yiladi. Bu turdagi dala tajribalari variantida maydoni 0,5 
dan 1 gektargacha kattalikda bo‗lishi mumkin. Tajriba 2 – 3 qaytariqda 
amalga oshiriladi. Har ikkala turdagi dala tajribalarida ham kuzatish ishlari 
bir xil muddatda amalga oshiriladi. Har gektarda 200 tadan hisobga olish 
maydonchasi ajratiladi. G‗o‗za qator oralari 60 sm bo‗lganida har 43 
qatordagi o‗simliklar hisobga olinadi. Har bir maydonchada 5 tadan uya 
bo‗lib, bu uyalardagi sog‗ va kasal o‗simliklarning hammasi hisobga 
olinadi. 
Ekinning bu kabi tekshirish ishlarini zarur bo‗lishiga qarab, 
yoppasiga yoki ma‘lum joylar tanlab o‗tkaziladi. 


85 
Yoppasiga tekshirish ishini ayrim xo‗jaliklarda o‗tkazish mumkin. 
Bunday tekshirishdan asosiy maqsad g‗o‗zada kasallik tarqalganligini 
aniqlash, o‗simlikning zararlanish protsentini bilish va bu materiallar 
asosida shu xo‗jalikda kasallik oqibatida nobud bo‗lgan hosilni belgilash 
hamda g‗o‗za kasalligiga qarshi olib borish uchun tegishli tadbirlar 
ko‗rishni rejalashtirishdan iboratdir. 
G‗o‗zaga (vartetsilloz) vilt tarqalganligini aniqlash uchun yoppasiga 
tekshirish ishi har 3 – 4 yilda bir marta o‗tkaziladi, chunki dalalarni bu 
kasallik bilan zararlanishi yildan-yilga o‗zgarib turadi. Birinchi marta 
o‗tkazilgan tekshirish bilan navbatdagi tekshirish o‗rtasidagi kasallikning 
dinamikasi to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lishi kasal o‗simlikni hisobga 
olish metodtkasining bir xilda bo‗lishiga rioya etmoq kerak. Kuzatish 
uchun tegishli reja tuzilgandan keyin amaliy ravishdagi tekshirish ishlari 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dalada kasallikga chalingan o‗simlikni 
hisobga olish paytida bir gektar yer shaxmat tartibida 10 bo‗lakga 
ajratiladi. Buning uchun yerning katta-kichikligidan kat‘iy nazar uvat 
tomonidan beshinchi qatorning boshida birinchi hisobot maydonchasi 
begilanadi. Mana shu qatorda bo‗ladigan navbatdagi maydon bir-biridan
50 m. masofada joylashadi. Navbatdagi qatorga o‗tgandan keyin eng 
so‗nggi hisobot maydonchasidan boshlab, navbatdagi qatorga qadar 50 
metr qoldiriladi. Har qaysi hisobot maydonchasidan 10 donadan o‗simlik 
belgilanadi, bular orasida kasal hamda sog‗lom o‗simlik bo‗lishi kerak. 
Dala tajribalarida vilt kasalligini hisobga olishni osonlashtirish 
maqsadida boshqa usuldan xam foydalanish mumkin. Buning uchun 
hamma variantning hisobga olish qatorlaridan bitta namuna uchun 10 dona 
o‗simlik birlashtirilib, jami 20 dona namuna ya‘ni 200 dona o‗simlik 
kuzatiladi. Kuzatilgan o‗simliklardagi kasallangan o‗simliklar zarari ish 
darajasiga qarab jami o‗simliklar soniga nisbatan foiz bilan aniqlanadi. 
Tajribaning 1 qaytariq va 1 variantida kuzatilganda jami 200 ta 
o‗simlikdan 20 dona o‗simlik kasallanib, shu kasallangan o‗simliklardan
4 tasi kuchli kasallangan bo‗lsa, shu variantning vilt bilan kasallanishi 
darajasi quyidagicha aniqlanadi. 
200 – 100% 
20 – X
%
10
200
100
*
20


Х
kasallangan bo‗lib, kasallangan o‗simliklarning jami o‗simliklarga 
nisbatan qancha miqdori esa kuchli kasallanganligini aniqlaymiz. 


86 
200 – 100% 
4 – X 
X=
0
.
2
200
100
*
4

Demak, 20% o‗simlik kuchlik kasallangan ekan. 
Olingan ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun quyidagi jadvaldan 
foydalaniladi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish