299
KORRELYASIYA, REGRESSIYA
VA KOVARATSIYA
Qishloq xo‗jalik ilmiy tadqiqotlarda aniq
va belgilangan funksional
bog‗liq bir kattalikning har bir ko‗rsatkichlari ikkinchi kattalikning
ma‘lum bir ko‗rsatkichlariga mos kelishi kamdan kam xollarda uchraydi.
Bu erda ko‗pincha o‗zgarishlar orasidagi munosibatlar uchraydi :
bunda
har bir X belgi ko‗rsatkichi Y belgilarning bir emas ko‗pgina belgilariga
mos keladi, ya‘ni taqsimlanadi. Bunday bog‗lanish belgilarni yoppa
o‗rganishda kuzatilib, funksional usuldan farqli ravishda stoxostik (bo‗lishi
mumkin bo‗lgan) yoki korrelyasion bog‗lanish deb ataladi.
Korrelyasion bog‗lanishni o‗rganishda ikkita asosiy savol vujudga
keladi – bog‗lanishlar yaqinligi va bog‗lanishlar shakli.Bog‗lanishlar
yaqinligi va shaklini o‗rganish uchun korrelyasiya
va regressiya deb
nomlanuvchi maxsus statistik uslubla
r
dan foydalaniladi.
Korrelyasiya shakliga ko‗ra
chiziqli
va
egri chiz
iqli , yo‗nalishiga
ko‗ra
to‘g‘ri
va
teskari
bo‗lishi mumkin. Korrelyasiya va regressiya
ikkita
belgi orasidagi bog‗lanishni o‗rgatsa
oddiy
,
uchta va undan ortiq
bog‗lanishlar o‗rgatilsa
ko‘p kirrali
(murakkab) deb ataladi.
Regression va korrelyasion tahlil zamonaviy biologiya va
agronomiya tadqiqotlarida keng ko‗llanilib,
katta ahamiyat kasb etib
bormoqda. Regressiya deganda bir yoki bir nechta omillar o‗zgarishi
aniqlanganda Y yakuniy belgilarni o‗zgarishiga aytiladi.
Funksiya va argument orasidagi bog‗lanish regressiyani boshqarish
yoki korrelyasion boshqarish bilan ifodalanadi. Oddiy regressiyada tenglik
qisqacha quyidagicha ifodalanadi Y=f(x) va murakkab regressiyada Y=f
(x,z,v…).Agar belgilar orasidagi bog‗lanish darajasi katta bo‗lsa
regressiyani boshqarish yo‗li bilan omillar belgisi ko‗rsatkichini aniqlash
uchun yakuniy belgilar ko‗rsatkichini oldindan aytish mumkin bo‗ladi.
Bog‗lanish kuchini baholash uchun korrelyasiya
koeffitsienti va
korrelyasiya munosibatidan foydalaniladi.
Tadqiqot natijalariga aniqlik kiritish uchun korrelyasiya ,
regressiya va dispersion tahlil uslublarini birgalikda ko‗llanishi
300
kovariatsion
tahlil nomini oldi. Kovariatsiya so‗zi ikkita
ko
rrelyasiya
so‗zining boshlang‗ich harflaridan va variatsiya so‗zidan tashkil topgan.
Kovariatsion tahlilning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat
.Agar Y yakuniy belgilar va tadqiqotdan
ajralmaydigan tadqiqotda
o‗rganilmaydigan X belgi ko‗rsatkichi chiziqli bog‗lanishga ega bo‗lsa , u
holda kovariyasiya X belgilarga nisbatan tadqiqot olib borish sharoitini
nisbatan statistik bir xilligini ta‘minlaydi va shunga ko‗ra tadqiqot xatolik
darajasini kamayishiga va o‗rganilayotgan omillar to‗g‗risida ko‗proq
ma‘lumotlar to‗plashga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: