Б и р и н ч и булим



Download 3,06 Mb.
bet48/80
Sana24.06.2021
Hajmi3,06 Mb.
#100756
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
1-булим(лотин15,05,2010)

3.2 – rasm. Qalqovichli difmanometr sxemasi
h=h1+h2 (3.11)

Bosimlar farqiningg muvozanat sharti quyidagi tenglama orkali ifodalanadi:



P1-P2=∆P=h·g(ρ-ρ1) (3.12)

bu yerda, ∆R – bosimlar farqi, Pa; ρ – difmanometr ichidagi suyuqlikning zichligi, kg/m3.
Silindr shaklidagi idishlar uchun bu shart quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:

S1·h1=S2·h2 (3.13)

bu yerda, S1 – manfiy idish kesimining yuzasi, m2; S2musbat idish kesimining yuzasi, m2;
yoki

(3.14)

bu yerda, d va D – manfiy va musbat idishlarning diametri, m.
(3. 14) tenglamadan

(3.15)

(3. 15) tenglamni (3. 11) ga qo‘ysak, quyidagiga ega bo‘lamiz:



(3.16)

(3. 16) ni (3. 12) ga qo‘yamiz



(3.17)

Ma’lum asbob uchun (1 + ) va g(ρ -ρ1) kattaliklar doimiy bo‘lgani uchun ularni K va K1 orqali ifodalasak:



P1-P2=∆P=K·K1·h2 (3.18)

Shunday qilib, difmanometr idishlaridagi bosimlar farqi qalqovichning siljishi bilan ta’riflanadi. Agar musbat idishning hajmi o‘zgarmas bo‘lib, manfiy idishning diametri va uzunligi o‘zgartirilsa, bosimlar farqini o‘lchash chegaralarini o‘zgartirish mumkin. (3.11) va (3.15) tenglamalarni birgalikda yechib, manfiy idishning diametrini topamiz, ya’ni:



(3.19)

(3.19) tenglamadan D, h va h2 larning berilgan qiymatlarida manfiy idishning kerakli diametri aniqlanadi.

Qalqovichli difmanometrlarning turli maqsadlarga mo‘ljallangan xillari chiqariladi. Simob bilan to‘ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o‘lchash chegarasi 6,3 dan 25 MPa gacha, ortiqcha bosimni o‘lchash chegarasi esa 4 dan 40 MPa gacha. Moy bilan to‘ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o‘lchash chegarasi 40 Pa dan 4 kPa gacha, statik ortiqcha bosimni o‘lchash chegarasi esa 0,25 MPa gacha. Texnik difmanometrlar 1 va 1,5 aniqlik sinfida chiqariladi. Qalqovich siljishi bosimning maksimal farqida difmanometrning barcha turlari uchun 30,5 mm ga teng.

Ko‘rsatishlarni 50 m dan ortiq masofaga uzatish zarur bo‘lgan hollarda elektr va pnevmatik o‘zgartkichli masofaga uzatuvchi difmanometrlar qo‘llanadi.

Asbobsozlik sanoati DP turidagi ko‘rsatuvchi va o‘zi yozar qalqovichli difmanometrlar ishlab chiqaradi. Yetti tur – o‘lchamli almashtiriladigan manfiy idishlar chiqariladi. Ular 25 MPa gacha statik bosimda 6,3 kPa dan 0,1 MPa gacha bo‘lgan bosmlar farqini o‘lchaydi. Asboblarning xatoliklari o‘lchash chegarasining ±2 % idan oshmaydi.

Yuqorida ko‘rilgan suyuqlikli manometrlarning va difmanometrlarning afzalligi ularning soddaligi va katta aniqlikda o‘lchashda ishonchliligidadir.

Qalqovichli difmanometrlarda to‘ldiruvchi ishchi suyuqlik sifatida simob, vazelin moyi, shuningdek, transformator moyi ishlatilar edi, ammo simobning zararliligi tufayli uning ishlatilishi keskin cheklangan, shuning uchun qalqovichli asboblar o‘rniga ko‘proq deformatsion asboblar ishlatilmoqda.


Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish