Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi.
3. 2- rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P1>P2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. R1–P2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustuning h uzunligi orqali muvozanatlashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |