Termoelektr materiallar va termoelektr o‘zgartkichlar. Turli o‘tkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o‘zgartkichni tashkil etishi mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo‘llash uchun yarayvermaydi. Zamonaviy o‘lchash texnikasi termoelektr o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-ko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam, sonli materiallargina qondiradi. Asosiy talablar quyidagilardan iborat: yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik, TEYUK ning vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo‘lishi va haroratga bir qiymatli bog‘liqligi, qarshilik harorat koeffitsientining katta bo‘lmasligi va katta elektr o‘tkazuvchanlik.
Barcha materiallar va qotishmalar uchun TEYUK ning haroratga funksional bog‘liqligi murakkab bo‘lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin. Platinorodiy-platina jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYUK bilan harorat orasidagi bog‘lanish 300 dan 1300 °С gacha bo‘lgan oraliqda, sovuq ulanma harorati 0 °С bo‘lganda yetarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi:
E(t,t0)=a+bt+ct2 (2.28)
bu yerda, a, b va c – surma (630,5 °С), kumush (950, 8 °С) va oltin (1063 °С) larning qotish harorati bo‘yicha aniqlanadigan doimiylar.
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.
Xromel-kopelli (56 % Si – 44 %Ni) termoelektr termometrlar standart termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffitsientiga ega (70...90 mk V/°С). Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar uchun chegaraviy qo‘llanishi 600 °С dan kam, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun faqat 400 °С ni tashkil etadi. Yuqori o‘lchash chegarasi kopelli elektrod xarakteristikasining barqarorligiga bog‘liq.
Nikel-xrom-nikel-alyuminiyli (94%Ni+2%A1+2,5% Mn+1%Si+0,5% qo‘shilma) termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikel-alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan kamroq chidamli. Qo‘llashning yuqori chegarasi termoelektrod diametriga bog‘liq. Diametri 3...5 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llashning yuqori chegarasi nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000 °С ni tashkil etadi. 0,2...0,3 mm diametr uchun 600 °С dan ortiq emas.
Platina-rodiy (90% platina-10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 1300 °С harorat oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1600 °С gacha bo‘lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadi va neytral muhitlarda darajalash xarakteristikasining barqarorligini saqlaydi. Ulardan foydalanish maqsadiga qarab, etalon namunali va ish termometrlariga bo‘linadi. To‘g‘ri ishlatilganda darajalash uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydi. Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan TEYUK kamligi kiradi. Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm bo‘ladi.
Platinorodiy (30% rodiyli) - platinorodiyli (6% rodiyli) termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600 °С gacha oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1800 °С gacha qo‘llanadi. Musbat elektrod - 30% rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94% platina qotishmasidan tashkil topgan.
Mazkur termometrlar platinarodiy-platinali termometrlarga qaraganda darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Volframreniy-volframreniyli (TVR-5/20 va TVR-10/20) termoelektr termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200 °С gacha va qisqa vaqt davomida 2500 °С gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni o‘lchashga mo‘ljallangan
2.3 – jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |