Б и р и н ч и булим



Download 3,06 Mb.
bet17/80
Sana24.06.2021
Hajmi3,06 Mb.
#100756
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
1-булим(лотин15,05,2010)

Millivoltmetrlar. Termoelektr termometrlar (termojuftlar) dagi TEYUKni o‘lchash uchun elektr magnit millivoltmetrlar, potensiometrlar va me’yorlovchi o‘zgartkichlar keng qo‘llanilmoqda. Millivoltmetr – elektr magnit o‘lchash asbobi bo‘lib, uning ishlash prinsipi qo‘zg‘aluvchan ramkadan o‘tayotgan tokning o‘zgarmas magnit maydoni bilan o‘zaro ta’sirlashishiga asoslangan.

Millivoltmetrning tuzilishi 2.8 - rasmda ko‘rsatilgan.

D oimiy magnitning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostlari 8 da aylanadigan o‘qlarda joylashgan o‘zak 3 orasidagi (havo oralig‘ida) ramka 5 bor. Ramkaning uchlari o‘qlar 7 ga ulangan ramkaga kronshteyn 9, strelka 10 ulangan.

Strelkaning uchi shkala 11 bo‘ylab siljiydi. Ramka termojuft zajiriga ulanganda spiral-prujina 6 dan keladigan tok ramkadan o‘tadi. Ramkaning chulg‘ami orqali tok o‘tganda hosil bo‘lgan magnit maydoni bilan doimiy maydon o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta’sir qiladi. TEYUK iga strelkaning muayyan bir vaziyati to‘g‘ri keladi.Tok o‘tmagan paytda elastik prujinalar 6 ramkani boshlang‘ich vaziyatga qaytaradi, strelkaning shkala 11 bo‘yicha ko‘rsatishi esa nolga teng bo‘ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlashi uchun posangi 4 bilan ta’minlangan. Asbob shkalasi °С da darajalangan. Ramkadan o‘tayotgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o‘zaro ta’sir tufayli paydo bo‘lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.



M(ayl)=C1B1I (2.29)

bu yerda, Maylaylantiruvchi moment; C1 – ramkaning geometrik o‘lchami va chulg‘amlari soni bilan aniqlanadigan doimiy koeffitsient; B – oraliqdagi magnit induksiyasi; I – ramkadagi tok.

Aylanishga teskari ta’sir etuvchi moment:



Mtes=C2 (2.30)

bu yerda, C2 – elastik element (spiral – prujina yoki cho‘zilgan tolalar) o‘lchamidan aniqlanadigan doimiy koeffitsient; E – spiral prujinalarining elastik moduli yoki cho‘zilgan tolalarning siljish moduli; φ – elastik elementning burilish burchagi.
Agar Mayl = Mtes ya’ni muvozanat holati bo‘lsa,

C2Eφ=C1BI (2.31)

u holda


(2.32)

Asbobning tuzilish parametrlariga bog‘liq bo‘lgan C, B, E kattaliklar o‘lchash jarayonida o‘zgarmaydi, shuning uchun,



φ=K·I (2.33)

bu yerda,



(2.33) ifodadan pirometrik millivoltmetr shkalasi chiziqli ekanligini ko‘rish mumkin.

Asbobni qo‘zg‘aluvchan tizimining burilish burchagi ramkadan o‘tayotgan tok kuchidan tashqari yana termojuft, ulaydigan simlar va millivoltmetrlarning ichki qarshiligiga ham bog‘liq:

(2.34)

bu yerda, ET - TEYUK; RΤ – termjuft qarshiligi; RC - ulaydigan simlar qarshiligi; RM – millivoltmegrning ichki qarishligi.

(2.34) ifodadan asbob strelkasining chetga chiqishi TEYUK ning o‘zgarmas qiymatida zanjirning turli qarshiliklariga bog‘lik ekanligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun, asbobning darajalanishi zanjir tashqi qismining muayyan qarshiiligida (Rtash=Rt+Rs) bajariladi va qo‘shimcha xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun pirometrik millivoltmetrni o‘rnatish jarayonida shu qarshilik aniq saqlanishi shart. Odatda, tashqi qarshilikning darajali miqdori 0,6; 1,6; 5; 15; 25 Om ga teng bo‘lib, asbobning shkalasi va pasportida ko‘rsatiladi. Tashqi qarshilikni millivoltmetr shkalasida ko‘rsatilgan qarshilikka tenglashtirish uchun o‘zgaruvchi qarshilikdan foydalaniladi.

O‘lchash asbobi sifatida ishlatiladigan millivoltmetrli termoelektrlar komplektining kamchiligi o‘lchash asbobida tok mavjudligidir. Tok qiymatiga, ya’ni millivoltmetrning ko‘rsatishiga TEYUK dan tashqari zanjirning qarshiligi ham ta’sir qiladi:

Har bir qarshilikning o‘zgarishi o‘lchashda sodir bo‘ladigan xatolikka olib keladi. Noqulay sharoitda bu xatolik asosiy xatolik miqdoridan (aniqlik sinfidan) oshib ketishi mumkin.

Texnik millivoltmetrda ramka qarshiligining millivolmetr umumiy qarshiligiga nisbati 1:3 dan ortiq emas. Millivoltmetrning umumiy qarshiligi orttirib borilsa, uning harorat koeffitsienti kamayib boradi. Shu bilan atrof-muhit harorati o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatolik ham kamayadi. Agar termojuft erkin uchlarining harorati o‘lchash jarayonida keng chegaralarda o‘zgarsa, unda ko‘prik sxemasidan foydalangan holda sovuq ulanmalar haroratini kompensatsiya qilish usuli qo‘llaniladi.

Sanoatda va laboratoriyalarda qo‘llaniladigan millivoltmetrlar ko‘rsatuvchi, o‘zi yozuvchi va rostlovchi bo‘lishi mumkin. Tuzilishining bajarilishi nuqtai nazaridan asboblar shchitda o‘rnatiladigan va ko‘chma bo‘ladi. Ko‘chma asboblar uchun 0,2; 0,5 va 1,0, shchitda o‘rnatiladiganlari uchun 0,5; 1,0 va 1,5 aniqlik sinflari belgilangan.




Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish