B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda prognozlashtirish va



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

2.2. Jahonda, shu jumladan O’zbekistonda prognozlashtirish va 
rejalashtirishning holati 
 
Hozirgi vaqtda, birinchidan, korxona darajasida prognozlashtirish va 
ko’rsatkichli rejalashtirishni qo’llash mumkinligi va zarurligi hamda
ikkinchidan 
davlat darajasida
prognozlashtirish, indikativ rejalashtirish va 
dasturlashni qo’llash mumkinligi haqidagi nuqtai nazar keng e’tirof 
etilmoqdi. 
Iqtisodiyotda prognozlashtirish va rejalashtirish g’oyasi umuman 
olganda oqilona hisoblanadi. Lekin tajriba shuni ko’rsatdiki, ko’rsatkichli 
rejalashtirish faqat firma darajasida amalga oshirilishi kerak. Bu firma 
ichki rejasining ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq, ya’ni u: 
1) muvaffaqiyatga erishish uchun to’liq javobgar hisoblangan 
xususiy mulkdorning topshirig’i sifatida tuziladi; 
2) qonun bilan kafolatlangan bitimlar bo’yicha sheriklarni tanlash va 
ular bilan sotuvlar narxini kelishish erkinligi sharoitida amalga oshiriladi; 


42 
3) doimiy xaridorlar talabi orqali tekshirilib turiladi; 
4) masala bo’yicha mavjud barcha ijtimoiy-iqtisodiy axborot qaror 
qabul qiluvchi va ularning oqilonaligi uchun to’liq javob beruvchi shaxs 
tomonidan to’planishi va anglab etilishi mumkin bo’lgan hollarda ishlab 
chiqiladi. 
Biroq ushbu xususiyatlar mamlakat miqyosida deyarli namoyon 
bo’lmaydi. Davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish faqat 
harbiy holat yoki bozor qonunlari, xususan raqobatning ta’siri normal amal 
qilmagan boshqa alohida davrda foydali bo’ladi. Iqtisodiy faoliyatni 
muvofiqlashtirishning ikkita usuli mavjud: majburlash bilan bog’liq 
markazlashgan tarzda rahbarlik qilish va shaxslarning ixtiyoriy hamkorligi. 
Bozor iqtisodiyotiga ikkinchi uchun xosdir. 
Prognozda va rejada eng asosiysi – bu ularda obyektiv hayotni, shu 
jumladan uning turli holatlarini aks ettirishning aniqligi. Biroq iqtisodiy 
muhit hamma vaqt ko’plab turli o’zaro ta’sir etuvchi va bir birini istisno 
etuvchi omillar ta’siriga duchor bo’ladi va barcha ushbu sa’y-harakatlar 
xo’jalik yuritish obyektini ishning o’zgarib turuvchi sharoitlariga uzluksiz 
ravishda moslashtirishga yo’naltirilishi lozim. Lekin, agar prognoz uchun 
bu, uning ehtimoliy xususiyatga egaligi tufayli, qo’rqinchli bo’lmasa, reja 
uchun esa bu barbod bo’lishni anglatadi. 
Prognozlar va rejalar voqealardan ilgarilab tuziladi, lekin ularning 
asosliligi ushbu voqealarga mos kelish darajasiga bog’liq. Bozor 
iqtisodiyotida voqealarning prognoz qilinish darajasi ushbu holat stoxastik 
xususiyatga ega bo’lganligi bois, past. Shuning uchun eski axborotni 
hisobga olgan holda tuzilgan prognozlar va rejalarga real hayotda 
o’zgarishlar yuz berganida, aniqliklar kiritilishi kerak. 
Davlat darajasida ishlab chiqilgan ko’rsatkichli reja bilan qanday 
holat yuz beradi? Davlat tomonidan rejalashtirish sharoitida albatta 
markazning ko’rsatmasi paydo bo’ladi. Nuqtai nazarlarning xilma-xilligi 
o’z o’rnini birxillikka bo’shatib beradi. Lekin jamiyatda birxillik – bu 
bo’lajak inqiroz garovi, iqtisodiy rejalarning birxilligi esa raqobatning 
nihoyasini anglatadi. Davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish 
yo’liga g’ov bo’luvchi ikkita katta muammo mavjud: birinchisi – birxillik, 
ikkinchichi esa – raqobat. 
Har qanday tizim, shu jumladan iqtisodiy tizim faqat xilma-xillik 
sharoitida barqaror bo’ladi. Bugungi kunda ularni tushunmaslik yoki 
kelajakni bilmaslik tufayli insonlarga tasodifiy, xato va hatto zararli 
tuyulayotgan holat keyinchalik g’oyat istiqbolli va ilg’or bo’lib chiqishi 
mumkin. Shuning uchun jamiyatga xilma-xillik zarur. Lekin davlatning 


43 
markazlashgan rejasi buni ta’minlay olmaydi. Mashhur iqtisodiyot 
bo’yicha Nobel mukofotining laureati Fridrix fon Xayekning 
ta’kidlashicha, rejalashtirish uchun rejalashtiruvchi organ xalqqa puxta 
ishlab chiqilgan, ilgari mavjud bo’lmagan ahloq qadriyatlari kodeksini 
taqdim etishi lozim.
Boshqacha aytganda, davlat rejasining maqsadlari umumbashariy 
ahloq tushunchalariga zid bo’lgan vazifalarga erishishiga 
ham 
yo’naltirilishi mumkin. Ushbu vazifalar, albatta, umumiy foyda haqidagi 
to’g’ri shiorlar bilan ifodalanadi, lekin amalda ular faqat insonlarning 
kichik guruhi vakillari uchun asosiy ne’matlarga erishishni nazarda tutadi. 
Zarur natijaga tezroq erishish istagi bilan izohlanuvchi markazlashgan 
tarzda rejalashtirishga intilish o’zining ortiqcha vazifalarini tezroq hal 
qilishni istovchi insonlarni shakllantiradi. Ularni qanday qilib oqilona hal 
etish mumkin? Albatta, insonlarning alohida guruhi nuqtai nazaridan 
kamroq ahamiyatga ega bo’lgan boshqa vazifalarni hal etish uchun 
mablag’larni kamaytirish hisobidan. U holda kosmosni o’zlashtirish “er” 
manfaatlarini cheklash hisobidan yuz berishi, harbiy vazifalar – fuqarolik 
vazifalari hisobidan, qishloq xo’jaligi vazifalari – sanoat vazifalari 
hisobidan, kichik biznes vazifalari - o’rta va yirik biznes vazifalari 
hisobidan hal etilishi lozim. Bu taqqoslash, albatta, mubolag’a, lekin u 
aslida to’g’ri: ayrim vazifalarni faqat sa’y-harakatlarni birlashtirish 
hisobidan oqilona hal etish mumkin, bu resurslarning etishmasligi tufayli 
boshqa sohalar rivojining cheklanishiga olib keladi. Bunday yondashuv 
o’z o’zidan ijtimoiy hayot qonunlarini cheklangan tarzda tushunishdan 
dalolat beradi. 
Bozor sharoitida davlat tomonidan rejalashtirishning yana bir 
muammosi – bu bozor o’zgarishlarining harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblangan raqobatning mavjudligi. Davlatning markazlashgan rejasida 
o’zaro raqobatchi hisoblangan turli firmalar manfaatlarini hisobga olish 
mumkinmi ? Albatta, raqobatchi firmalarning maqsadlari bir biriga zid va 
bozorni raqobatdan mahrum etib ham bo’lmaydi, chunki raqobat tovarlar 
muvazanati narxini shakllantirgan holda, bozor muhitining dinamikligini 
belgilab beradi va bozor jarayonlariga turg’unlikni kasb etadi. 
Indikativ (tavsiya beruvchi) reja yoki ehtimoliy xususiyatga ega 
bo’lgan prognoz alohida shaxslar harakatlariga qaraganda ko’proq 
hayotdagi holatlarga bog’liq. Shuning uchun indikativ rejalashtirish 
imkoniyatidan firma darajasida ham, davlat darajasida ham foydalaniladi. 
Mamlakat miqyosida indikativ reja prognoz rolining ortishi iqtisodiy 
munosabatlarning murakkablashuvi, markazning muvofiqlashtiruvchi 


44 
harakatlari zarur bo’lgan iqtisodiyot ko’lamlarining obyektiv ehtiyojlari 
bilan belgilanadi. Jahonda erishilgan fan-texnika taraqqiyotining darajasi 
korxonalar, tarmoqlar va mamlakatlar iqtisodiy choralarining yuqori 
darajada muvofiqlashtirilishini talab qiladi. Raqobat sharoitida sarmoyani 
jamlashning kuchayishi bu bilan vaqt, maqsadlar va resurslar bo’yicha 
bog’langan qo’shma harakatlarni asoslashning yanada sifatli usullarini 
qo’llash uchun shart-sharoitlar yaratgan holda texnologik yangiliklarning 
ommaviy tarzda joriy etilishini rag’batlantiradi. Davlatning indikativ rejasi 
va 
prognozi 
ko’rsatmali 
rejadan 
farqli 
o’laroq 
bozorning 
harakatlantiruvchi kuchlari – harakatlar erkinligi, mulk va raqobatga ta’sir 
ko’rsatmaydi. Shuning uchun ular iqtisodiy hayotning dinamikligiga 
erishish vositasi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Shuning uchun mana 
bir necha o’nlab yillar mobaynida davlat darajasida indikativ rejalashtirish 
aksariyat mamlakatlar tomonidan muvaffaiyatli foydalanilmoqda. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda prognozlashtirish ikki xil 
shaklda bo’ladi: 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish