2.2. Оlefinlarning sulfat kislota yordamida gidratatsiyasi 1873-yili А. M. Butlerov va V. Goryainovlar etilenning sulfat
kislota yordamida gidratatsiyasini batafsil o‘rgandilar. Faqatgina
1939-yili neft gazlaridan etil spirtini olish bo‘yicha birinchi sanoat
qurilmasi ishga tushdi.
Hozirgi vaqtda sulfat kislota usuli va quyi molekular (etilen, pro-
pilen, butilenlar) olefinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyasi sanoatda
quyi spirtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Jarayonning oddiyligi uni yuqori spirtlar ishlab chiqarishda
ishlatish imkonini ochib bergan, biroq hozirgi vaqtgacha sanoat-
da qo‘llanilmayapti. Sababi – olefinlarni yuqori tozalik darajasida
olishning qiyinligi, talaygina miqdorda yonaki mahsulotlarda ko‘p
bo‘lmagan miqdorda spirtlarning salmog‘i, cheklangan ehtiyojli ik-
kilamchi spirtlarni hosil bo‘lishidir.
Faqat so‘nggi yillarda neftkimyo sanoati tomonidan olefinlarni
yuqori tozalik darajasida olish usullari (parafinlarni krekingi va de-
93
gidrogenlash, olefinlarni polimerizatsiyasi) ishlab chiqildi. Boshqa
tomondan esa ikkilamchi yuqori yog‘ spirtlariga ehtiyoj vujudga kel-
di.