79
Ushbu usul boshqa eski usul – naftalinni oksidlab ftal angidridi
olishni muvaffaqiyatli siqib chiqarayapti:
1.3.3. Tereftal kislotani turli usullar bilan olish
Sintetik poliefir tolalari olishda zarur monomer bo‘lgan teref-
tal kislotasini olish maqsadida p–ksilolni oksidlash
jarayoni sanoat
o‘sishining keng yo‘li bo‘lib, aromatik uglevodorodlarni oksidlash-
ning yana bir jarayonidir. n–ksilol 95–98% tozalik bilan ksilol frak-
siyasidan quyi temperaturali kristallizatsiya jarayoni orqali ajratib
olinadi.
p–ksilolni
oksidlash nitrat kislota, havo yoki toza kislorod bilan
amalga oshiriladi.
Suyultirilgan nitrat kislota (30–40% li) bilan oksidlash bir bos-
qichda 150–200ºC da 30–50 atmosfera bosimi ostida katalizator sifa-
tida simob nitrat ishtirokida olib boriladi:
4C
6
n(Ch
3
)
2
+14HNО
3
→ 4C
6
n
4
(CООH)
2
+15h
2
О+7N
2
O
3
Reaksiyaga kirishgan p–ksilolga nisbatan
olganda tereftal kislota-
ning salmog‘i 90% ga yetadi.
Ushbu jarayon qator kamchiliklarga ega: reaksiya mahsulotlari
nitrolash mahsulotlari bilan ifloslangan, muhit o‘ta agressiv hamda
portlash xavfi bor.
Havo yoki kislorod bilan oksidlash iqtisodiy
jihatdan foydali
bo‘ladi. U ikki bosqichda amalga oshiriladi. 120–200ºC haroratda,
atmosfera yoki oshirilgan 20–30 atmosfera bosimi ostida kobalt yoki
3O
2
500-600°C, V
2
O
5
4,5 O
2
350°C, V
2
O
5
80
marganets naftenati yoki rezinati–katalizatori ishtirokida p–toluil
kislota hosil bo‘ladi:
Оksidlash ushbu bosqichda to‘xtatiladi, chunki karboksil guru-
hi qolgan metil guruhini oksidlashni susaytiradi. p–toluil
kislotasini
oksidlashni keyingi qattiqroq sharoitlarda (260–80ºC, 70 atmosfera)
olib borilishi tereftal kislotasi hosil bo‘lishiga olib keladi:
Tereftal kislota salmog‘i 40–60%ni tashkil qiladi. Biroq p-toluil
kislotaning metil efirini oksidlash manfaatliroqdir, chunki tereftal
kislotaning salmog‘i 80–90% gacha yetadi.
Buning uchun toluil kislota metil efiri holiga o‘tkaziladi:
Shunday qilib, karbonil guruhining oldi to‘siladi
va keyingi ok-
sidlashga to‘sqinlik qilmaydi.
Ushbu efirni keyingi oksidlanishi tereftal kislotaning dimetil efi-
rini hosil bo‘lishiga olib keladi:
1,5O
2
, 260°C, 70 atm
Pb (ooCCH
3
)
Fe
2
O
5
/Al
2
O
3
81
Monometiltereftalat Dimetiltereftalat
Аromatik uglevodorodlarni oksidlash bo‘yicha eng zarur jarayon-
laridan biri bo‘lgan izopropilbenzolni oksidlab
fenol va atsetonlarni
olish jarayonidir.
Ushbu jarayonning kimyosi va texnologiyasi rus olimlari Serge-
yev, Krujalov, Nemsov va Udrislar tomonidan 1942–1944-yillarda
ishlab chiqilgan. Hamdo‘stlik davlatlarida dunyoda birinchi bo‘lib
kumol usuli bilan fenol va atseton olishning ko‘p tonnali ishlab chi-
qarish korxonasi ishga tushirildi. Ushbu kumol
usuli bilan xorijda
birinchi zavodlar 1953–1954-yillarda ishlay boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: