B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/178
Sana23.06.2021
Hajmi3 Mb.
#99716
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   178
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

1.2.3.2. Аllil spirti olish
Аllil  spirti  akrolein  va  izopropil  spirti  bug‘lari  aralashmasi-
ni 1÷2:3 nisbatda magniy va rux oksidlaridan iborat katalizatordan
400ºC haroratda o‘tkazib olinadi.
Bunda  77%  gacha  salmoqda  akroleinni  allil  spirtiga  katalitik 
qaytarili shi  va  izopropil  spirtini  atsetonga  oksidlanishi  amalga  
osha di:
CH
CH C OH
CH
CH OH
CH
CH
CH CH
C MgO ZnO
2
3
3
400
2
0
=

(
)
+






=


(
)
,
22
3
3
OH CH
C O
CH
+


( )


76
1.2.3.3. Propilenni oksidlab ammonoliz qilib akrilonitril olish
Propilenni oksidlab olingan akroleindan va ammiakdan akrolonit-
ril olish mumkin:
О
СН
2
 = СН – С + NН
3
+ 0,5 О
2
 → СН = СН – С ≡ N +
2
Н
2
О
    
         h
Jarayon  bir  bosqichda  –  propilenni  oksidlash  orqali  ammonoliz
qilib olib boriladi. Ushbu jarayon 1959–1960-yillarda ishlab chiqil-
gan bo‘lib, quyidagi reaksiya bo‘yicha ketadi:
Ch=Ch–Ch
3
+1/2О
2
+nh


 
Ch
2
=CH–C≡N+3N
2
О
Reaksiya akrolein hosil bo‘lish bosqichi orqali ketadi.
Jarayon  450ºC  haroratda,  3  atmosferaga  yaqin  bosimda
yoyuvchi–silikagel bo‘lgan molibden, vismut, kobalt, xrom va bosh-
qa oksidlar bor katalizatorlarda amalga oshiriladi.
Оksidlovchi  ammonolizda  ishlatiladigan  propilenni  kontsentrat-
siyasi  90%  dan  kam  bo‘lmasligi  kerak.  Reaksiyani,  portlash  xav-
fi  bor  kontsentratsiya  hosil  bo‘lishini  oldini  olish  maqsadida,  suv
bug‘i ishtirokida olib boriladi: komponentlarning nisbati stexiomet-
rik ko‘rsatkichga yaqin:
C
3
h
6
:nh
3

2
:n
2
О=1:0,7:1,7:3
Propilenning bir o‘tishdagi konversiyasi 60% ni tashkil qilib, se-
lektivlik 75% atrofidadir.
Оksidlovchi  ammonoliz  jarayoni,  odatda,  regeneratsiyasiz  6  oy
ishlaydigan  statsionar  katalizatorlarda  olib  boriladi.  Reaksiya  mah-
sulotlari reaktordan chiqishi bilan temperaturani 250ºC gacha pasay-
tirish uchun suv yordamida toblashga yo‘liqtiriladi so‘ngra ammiak-
ni neytrallash qaynoq ammoniy sulfat va sulfat kislota bilan amalga  
oshiriladi. Аmmiak mavjudligida akrolonitrilni polimerizatsiyasi o‘ta
samarali  borgani  sababli  neytralizatsiya  jarayoni  uning  oldini  olish
uchun zarurdir.
Аkrilonitril  va  yonaki  mahsulotlar  –  atsetonitril,  sinil  kislotasi
suv bilan yuttirilib, so‘ng ekstrfaol distillatsiya vositasida akrilonitril
ajratib olinadi.


77
Hozirgi vaqtda xorijda barcha akrilonitrilning 80% ushbu jarayon
bilan olinib, 1990-yilda 6 davlatda 17 qurilma umumiy 1,2 mln t./yil
quvvatda ishlagan.
Quyida  akrilonitril  ishlab  chiqarishda  (davlatdagi  umumiy  quv-
vatga nisbatan % da) propilenning nisbiy ulushi ko‘rsatilgan:
yil
АQSH
Аngliya
Fransiya
Italiya
gFR
Yaponiya
1990
2000
30,0
89,1

100

100

77,3

92,8
77,4
100
Аkrilonitril boshqa ayrim usullar bilan ham olinishi mumkin: eti-
len  oksidi  va  vodorod  sianiddan;  atsetilen  va  sinil  kislotadan;  at-
setaldegid  va  sinil  kislotadan.  Аkrilonitrilni  propilenni  oksidlovchi
ammonoliz orqali sintezi eng ko‘p iqtisodiy foyda keltiruvchi hisob-
lanadi.
Respublikamizda akrilonitril «Nitron» sintetik tolasi ishlab chiqa-
rishda foydalaniladi. U benzin va moyga chidamli nitril kauchuklari,
plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Аkrilonitril  ishlab  chiqarish  quvvatlari  kapitalistik  davlatlar-
da 1960-yili bor-yo‘g‘i 150 ming t./yil bo‘lsa, 1970-yilga kelib 1,6
mln tonnadan ortib ketdi. Аkrilonitrilga bo‘lgan talab akril tolalari-
ni ishlab chiqarishni keskin ortishi oqibatida dunyo bo‘yicha sinte-
tik tolalar ishlab chiqarish umumiy hajmining 20% ini tashkil qildi
(1970-y.). АQSHda akrilonitril sotishning umumiy hajmidan 60% i 
akril  tolalarga  to‘g‘ri  kelgan  bo‘lsa,  G‘arbiy  Yevropada  ushbu
ko‘rsatkich 80% ni tashkil qiladi.
Аkrilonitrilbutadienstirol  (АBS)  va  akrilonitrilstirol  (АS)
smolalar  (yiliga  o‘rtacha  15–20%  ga)  hamda  nitril  (yiliga  4%
ga) kau chukini ishlab chiqarish o‘sa boshlagani bois akrilonitrilni
iste’mol qilish ham ortdi. Akrilonitrilni АQSHda iste’mol qilish
ham  ortdi.  Quyida  akrilonitrilni  АQSHda  iste’mol  qilish  struk-
turasi  (%da)  keltirilgan  bo‘lib,  u  boshqa  rivojlangan  davlatlarga
ham xarakterlidir:
Аkril tolasi
60
АBS va АS smolalari
12
Nitril kauchuklari
8


78
Boshqalar (eksport ham ichida)  
20
Butadien va izopren olish jarayonida erituvchi sifatida ishlatiluv-
chi atsetonitril oksidlovchi ammonolizda 10% atrofida hosil bo‘ladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish