39
Reaksiyani issiqlik yutilishi va hajmni ortishi bilan borishi sabab-
li, degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550–580ºC) va quyi
bosim (atmosfera) juda ma’qul keladi.
Katalizator sifatida quyidagi tarkibli
yoyuvchi aluminiy oksidida-
gi xrom oksidi ishlatiladi: 40% CrO
3
, 10% BeO va 50% Al
2
O
3
.
Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori
haroratda katalizator ishtirokida borib, katalizator yuzasida uglerodli
moddalar koks yig‘ilishiga olib keladi. Bu
esa faollikni pasayishiga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regenerat-
siya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi.
n–butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan
o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n–butilenlarni
salmog‘i xomashyoni ko‘p marta retsirkulatsiya qilingandan keyin
parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir.
Degidrirlash nati-
jasida gazlar tarkibida 25–30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan–
butilen fraksiyasidan suvli atseton yordamida ekstrfaol haydash bilan
ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi.
Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvur-
cha, Ø50 mm, l = 3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan)da stat-
sionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrir-
lashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi.
Usulning kamchiliklari sifatida
jarayonni davriyligi, metall sar-
fining ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatorni yetarli
bo‘lmagan bir tekis isishini (ayrim yerlarda
katalizatorni isib ketishi-
ga olib keladi) sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash
jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshi-
rildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib
boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (3-chizma).
Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktorning seksiyalashtiriluvchi –
kata lizator qattiq zarrachalarini intensiv
aralashishini kamayishiga,
bu esa n–butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi.
40
Reaktorning texnik xarakteristikasi.
1. Аpparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim – 0,3 kgs/sm
2
.
2. Аpparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim – 1,35 kgs/sm
2
.
3. Muhit – kuchli eroziyali, kuchsiz korroziyali.
4. Korpus materiali – uglerodli po‘lat.
5. Ichki futerovka materiali – o‘tga chidamli g‘isht.
6. Ichki sirt materiali – yuqori legirlangan po‘lat.
7. Аpparatning maksimal balandligi – 28400 mm.
8. Tashqi korpus bo‘yicha diametr – 6400 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: