D
Daftar
(yun. “diftera” – qog’oz o’rami)
–
toza qog’oz varaqlarining xat yozish
(daftar) yoki rasm chizish (rasm daftari) uchun mo’ljallangan holda maxsus tikilib,
muqovalangan shakli; o’quv quroli. Qadimda o’quvchilar daftar o’rnida mumlangan
yupqa taxtachalarda foydalanishgan. Bu taxtachalar bir-biriga chilvir ip bilan bog’lab
qo’yilgan bo’lib, bu holat keyinchalik dasturlarning maxsus tikilishiga olib kelgan.
Zamonaviy daftarlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra bir necha xil bo’ladi.
Ya’ni: to’g’ri chiziqli (harflar yordamida matnlarni ifodalash uchun), katakli (tabiiy
fanlar bo’yicha raqam, formula va jadvallarni ifodalash uchun), nota (notalar
yordamida qo’shiq matnlarini yozish uchun) va qattiq muqovali qalin (turli fanlar
bo’yicha qoralamalarni bayon qilish uchun) mo’ljallangan daftar.
Do'stlaringiz bilan baham: |