B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


Ushinskiy,  Konstantin  Dmitrievich



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Ushinskiy,  Konstantin  Dmitrievich 
(1824-1870  y.y.)  –  buyuk  rus  pedagogi, 
alloma. U 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug’ilgan. 9 yoshga to’lguncha o’z 
oilasida savod chiqargan. So’ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o’qishga kirgan. 
1840  yili  Moskva  universitetining  yuridik  fakultetiga  o’qishga  kirib,  u  yerda  taniqli 
pedagoglar  qo’lida  tahsil  olgan.  22  yoshida  Yaroslav  litseyiga  kameral  (yuridik) 
fanlar  professori  vazifasini  bajaruvchi  sifatida  xizmatiga    yuborilgan.  Pedagoglik 
faoliyatining  dastlabki  yillaridayoq  iste’dodli,  mahoratli  o’qituvchi  ekanligini 
isbotlagan. Litseyda ishlab yurgan chog’larida pedagoglik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish 
bilan  birga  qo’shib  olib  borganligi  sababli  1848  yilda  uning  birinchi  ilmiy  ishi 
bo’lgan “Kameral fanlarni o’qitish haqida” nomli asarini yaratgan. U bu asarida eski 
ta’lim  tizimini  tanqid  qilganligi  hukumatga  yoqmaydi.  Shu  sababli  1849  yilning 
sentyabrida  K.D.Ushinskiy,  uning  do’stlari,  demokratik  ruhdagi  o’qituvchilar 
“ishonchsiz  kishilar”  sifatida  litseydan  chetlatiladi.  Pedagog  ish  topish  maqsadida 
1949 yilda Peterburgga ko’chib boradi. Katta qiyinchiliklardan so’ng 1850 yilda ichki 
ishlar vazirligiga ishga kirib, u yerda  to’rt yil kichik bir amaldor vazifasida ishlaydi. 
1854  yilda  Yaroslavl  litseyi  sobiq  direktorining  tavsiyasi  bilan  Gatchino  institutiga 
til-adabiyot va qonunshunoslik o’qituvchisi bo’lib ishga kiradi. Tez orada institutning 
sinflar  inspektori  vazifasiga  ko’tariladi.  Bu  yillar  K.D.Ushinskiy  uchun  sermahsul 
davr bo’lgan. 1859 yilda Smolniy institutining sinflar inspektori vazifasiga tayinlanib, 
institutning  ilmiy  bo’lim  ishlarini  qayta  rivojlantirish  topshirig’ini  a’lo  darajada 
bajaradi.  Mohir  pedagog  faoliyatida  ilmiy-ijodiy  ish  ham  asosiy  o’rinni  egallagan. 
1857  yildan  boshlab  “Tarbiya  jurnali”  (“Jurnal  dlya  vospitaniya”),  so’ngra  “Xalq 
maorifi  jurnali”da  o’z  maqolalari  bilan  ishtirok  etadi.  1860  yilda  “Xalq  maorifi 
jurnali”ning muharriri qilib tayinlanadi. 
1861 yilda “Bolalar dunyosi” (“Detskiy mir”) asarini,  1861 yilda I va II o’quv 
yillari uchun “Ona tili” darsligini,  “Muallimlar uchun qo’llanma”ni, 1870 yilda esa 
III o’quv yili uchun “Ona tili” darsligini,  1867-69 yillarda “Inson – tarbiya predmeti 
sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”) nomli asari ni nashr ettiradi. Qattiq 
shamollash, zo’r berib ishlashi va xizmati bilan bog’liq ko’ngilsizliklar natijasida o’ta 
toliqqan K.D.Ushinskiy 1870 yil 21 dekabrda Odessada vafot etadi. 


 
221 
K.D.Ushinskiy  o’qituvchining  mehnatini  va  uning  tarbiyalanuvchi  shaxsga 
ta’sirini  yuqori  baholab,  o’qituvchilar  tayyorlash  tizimini  birinchi  marta  ilmiy 
jihatdan  asoslab  beradi.  Ta’limda  ikki  yo’nalish  mavjud.  Birinchi  yo’nalishga  ko’ra 
bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani kuzatadi va shu buyum yoki 
hodisa  to’g’risida  umumiy  tushuncha  hosil  qiladi.  Ikkinchi  yo’nalishga  ko’ra  esa 
olingan  bilimlar  umumlashtiriladi  va  mustahkamlanadi.  Har  bir  dars  ma’lum 
maqsadga  qaratilgan,  tugallangan  bo’lishi  va  yetarli  darajada  tarbiyaviy  xarakterga 
ega  bo’lishi,  bu  jarayonda  bolalarda  mustaqil  ishlash  qobiliyatini  o’stirish  lozim. 
Bunda  o’qituvchi  maktabga  yangi  kirgan  bolalarga  darsda  mustaqil  ishlashning 
to’g’ri  usullarini  o’rgatishi  kerak.  Bolalar  to  mustaqil  ishlash  malakalarini 
mustahkam o’zlashtirib olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi.  
K.D.Ushinskiy darslarni bir necha turga ajratadi. Ular: 1. Yangi bilim beradigan 
darslar.  2.  O’quvchilar  tomonidan  mashqlar  bajarilishini  ta’minlaydigan  darslar.  3. 
O’tilganlarni takrorlashga imkoniyat yaratadigan darslar. 4. O’quvchilarning bilimini 
hisobga olish darslari. 5. Yozma ishlarning bajarilishini ta’minlovchi darslar.  
Pedagogning  fikricha,  axloqiy  tarbiyaning  vositalari  quyidagilardir:  1.  Ta’lim 
(axloqiy  tarbiyada  kitob  va  darsliklarni  o’rni).  2.  O’qituvchining  shaxsan  namuna 
bo’lishi. 3. E’tiqod. 4. O’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda  bo’lish (pedagogik 
odob). 5. Ogohlantirish choralari. 6. Rag’batlantirish va jazolash. 
Ta’lim  jarayonida  hal  etiladigan  asosiy  didaktik  vazifalar  sifatida  pedagog 
quyidagilarni  ko’rsatadi:  1.  Bolaning  nutqini  o’stirish.  2.  Bolalarni  rus  tilining 
boyligidan  ongli  foydalanishga  o’rgatish.  3.  Til  mantiqi  (grammatikasi)ni  o’rgatish. 
Xalq tili – uning qadim zamonlardan boshlanuvchi bugungi ma’naviy hayotining eng 
yaxshi, hech qachon so’lmaydigan, doimo yangidan ochilib,  yashnab turadigan guli. 
Butun  xalq  va  uning  vatani  til  bilan  tirikdir.  Bularning  barchasi  xalq  ijod  etgan  til 
orqali  ifodalanadi.  Xalq avlodlari  birin-ketin  yashab  o’taveradi,  ammo  har  bir avlod 
hayotining  natijalari  keyingi  avlodlarga  til  orqali  meroc  bo’lib  o’tadi.  Har  bir  avlod 
o’z  his-tuyg’ularini,  tarixiy  voqealar,  diniy  e’tiqod,  maslak  natijalarini,  boshidan 
kechirgan  qayg’u  va  xursandchiliklarini  ona  tili  xazinasiga  qo’shadi.  Til  eng  jonli, 
eng boy va mustahkam aloqa vositasi bo’lib, xalqning yashab o’tgan, yashayotgan va 
kelajakda  yashaydigan  avlodlarini  bir-birlari  bilan  chambarchas  bog’laydi,  ularning 
ulug’,  tarixiy,  jonli  bir  butunga  aylantiradi.    Til  bor  ekan,  xalq  ham  bor,  xalqning 
hayot  ekanligini  til  orqali  bilish  mumkin.  Til  xalqning  hayotidir.  Xalq  tili 
yo’qolganida xalqning o’zi ham yo’q bo’ladi.  
K.D.Ushinskiyning eng muhim pedagogik g’oyalarini quyidagilar tashkil etadi: 
1. Tarbiya xalqchillik tamoyiliga asoslanishi zarur. 2. Tarbiyada ifodalanadigan xalq 
ruhining eng yorqin ifodasi ona tilidir.  Rus bolalarini o’qitishda rus tili asos bo’lishi, 
boshlang’ich  maktablarda  ta’lim  rus  tilida  bo’lishi,  bolalar  Rossiya  tarixi, 
geografiyasi,  tabiati  bilan  tanishtirilib  borishi  kerak.  3.  Tarbiyaning  asosiy  vazifasi 
axloqiy  ta’sir  etishdan  iborat  bo’lib,  aqlni  o’stirish,  miyani  bilimlar  bilan 
to’ldirishdan  ko’ra  muhimroq.  4.  Axloqiy  tarbiya  bolalarda  odamlarga  hurmat  va 
muhabbat bilan qarashni, ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda 
bo’lishni tarbiyalashi kerak. 5. Eski maktabda intizom nihoyatda g’ayritabiiy asosga, 
mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi o’qituvchidan qo’rqish asosiga qurilgan 
edi. Bu qo’rquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga 


 
222 
va  ikkiyuzlamachilikka  olib  kelgan.  6.  Agar  tarbiya  kishini  baxtli  qilmoqchi  bo’lsa, 
uni baxt uchun tarbiyalamaslik kerak, balki mehnat uchun tayyorlashi lozim. 7. O’qish 
mehnat,  mehnat bo’lib  qolishi, to’la  ma’noli mehnat bo’lishi lozim.  8.  Tez-tez  takrorlash 
yo’li bilan o’quvchilarda unutishning oldi olinadi, ularning xotirasi mustahkamlanadi. 
9.  Ko’rsatmali  ta’lim  o’quvchilarning  rivojlanishini  ta’min  etadigan  shartlardan 
biridir.  10.  O’quvchilar  o’quv  materialini  anglab,  puxta    va  mustahkam 
o’zlashtirishlari  zarur.  11.  O’qituvchining  o’quvchilarga  namuna  bo’lishi  yosh  qalb 
uchun  quyoshning  barakali  nuriki,  uni  hech  bir  narsa  bilan  almashtirib  bo’lmaydi.  12. 
Pedagogning  o’quvchilarga  ta’siri  shunday  tarbiyaviy  kuchga  egaki,  buni  hech 
qanday  ustav  va  dastur  bilan,  o’quv  yurtini  har  qancha  qulay  tashkil  etish  bilan 
almashtirib bo’lmaydi. 13.  Tarbiya  ishida murabbiyning shaxsi  eng  asosiy  omil. 14. 
Bizda  meditsina  fakultetlari  bor-u,  pedagogika  fakultetlari    yo’q,  bu  shuni 
ko’rsatadiki,  biz  axloqiy  va  tarbiyaviy  sog’lig’imizga  qaraganda  tanamiz  sog’lig’ini 
ko’proq qadrlar ekanmiz. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish