Uzluksiz ta’lim tizimi – O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy
tamoyillari asosida yosh avlodni tarbiyalashga mas’ul barcha turdagi ta’lim
muassasalari majmui. Har bir rivojlangan mamlakat o’z ta’lim tizimiga ega. Ta’lim
tizimining shakllanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
bilan chambarchas bog’liq. O’zbekiston Respublika uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi
ta’lim turlaridan tarkib topgan: 1. Maktabgacha ta’lim. 2. Umumiy o’rta ta’lim. 3.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim. 4. Oliy ta’lim. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi
ta’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 7. Maktabdan
tashqari ta’lim.