Uzluksiz pedagogik amaliyot (III va IV-bosqichlar)
–
uzoq muddatli
pedagogik amaliyot. Unda talabalar o’zlariga yuklatilgan aniq vazifalarni bajaradi;
ixtisoslik bo’yicha fan o’qituvchisi va guruh rahbari sifatida individual rejaga
muvofiq kasbiy faoliyatni tashkil etadi; pedagogik jarayonlarni loyihalashtiradi;
o’quv mashg’ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtiradi; fan o’qituvchilari,
guruh rahbarining ish faoliyati bilan bevosita tanishadi; o’quvchilarning BKMni
tashxislash, o’quv faoliyati hamda tarbiyaviy tadbirlardagi ishtiroklarini nazorat
qiladi; bilim olganlik, tarbiyalanganlik darajasini baholaydi; amaliyot bo’yicha zarur
hujjatlarni yuritadi, mazkur jarayon bo’yicha hisobot tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |