Umumlashtiruvchi darslar (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirish) –
avval
o’rganilgan materialning eng muhim savollari qayta takrorlanib,
tizimlashtiriladigan,
o’quvchilarning
bilimlaridagi
mavjud
kamchiliklar
to’ldiriladigan, o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar.
Universitet (nem. “universitat” < lot. “universitas”, “universitatus” – jami,
barchasi, yig’indi, majmua) – tarkibida bir qancha tabiiy-matematik va ijtimoiy-
gumanitar yo’nalishdagi fakultetlari bo’lgan, muayyan yo’nalishlarda yuksak
malakali mutaxassislar tayyorlaydigan ko’p tarmoqli oliy o’quv yurti yoki ilmiy
muassasa. Ta’lim muassasasi sifatida cherkov maktablari tizimida paydo bo’lgan. XI
asrning oxiri XII asrning boshlarida alohida kafedra va monastr maktablari yirik
o’quv markazlariga aylanib, keyinchalik universitet maqomini olgan. Yevropada
tashkil etilgan ilk universitetlar quyidagilardir: Parij universiteti (1200 y.); Oksford
universiteti (1206 y.); Neapol universiteti (1224 y.); Kembrij universiteti (1231 y.);
Lissabon universiteti (1290 y.).
O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy o’quv yurtlari orasida
universitetlar ham salmoqli o’rin tutadi. Ayni vaqtda ularning soni 20 ta bo’lib, xalq
xo’jaligining turli sohalari bo’yicha oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlash
yo’lida faoliyat olib bormoqda.
Ular: 1. Andijon davlat universiteti. 2. Buxoro davlat universiteti. 3. Farg’ona
davlat universiteti. 4. Guliston davlat universiteti. 5. Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universiteti. 6. Namangan Davlat universiteti. 7. Qarshi davlat
universiteti. 8. Qoraqalpoq davlat universiteti. 9. Samarqand davlat universiteti. 10.
Termiz davlat universiteti. 11. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 12.
Toshkent davlat agrar universiteti. 13. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 14.
Toshkent davlat pedagogika universiteti. 15. Toshkent davlat texnika universiteti. 16.
Toshkent davlat yuridik universiteti. 17. Toshkent islom universiteti. 18. Urganch
davlat universiteti. 19. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 20. O’zbekiston
milliy universiteti.
Uyaltirish – o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning
tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari
va b.) oldida baho berish usuli. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni
ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish, qizartiraverish
yaramaydi.