B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Umumiy  ta’lim
  –  uzluksiz  ta’lim  tizimining  o’quvchilarga  fanlar  asoslari 
bo’yicha  muntazam  bilim  berish,  ularda  o’quv-ilmiy,  umummadaniy  bilimlarni,  
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat 
ko’nikmalari,  ijodiy  fikrlash  qobiliyati  va  atrof-muhitga  bo’lgan  ongli  munosabatni 
shakllantirishdan  iborat  ta’limiy  faoliyat  amalga  oshiriladigan  muhim  bosqichi. 
Mazkur  bosqich  ta’limining  maqsadi  DTSga  muvofiq  o’quvchilarni  o’qitish  va 
tarbiyalash  hamda  shaxsning  ta’lim  olish  huquqini  ro’yobga  chiqarish  bo’lib,  unga 
erishish  yo’lida  quyidagi  vazifalar  hal  qilinadi:  o’quvchilar  tomonidan  bilimlarning 
muntazam  olinishini  ta’minlash;  ularda  bilim  olish  ehtiyojini  rivojlantirish;  bazaviy 
o’quv,  ilmiy  va  umummadaniy  bilimlarni  shakllantirish;  o’quvchilarda  mehnat 
ko’nikmalari,  ijodiy  mustaqil  fikrlash,  kasb  tanlash  va  atrof-olamga  ongli 
munosabatni  hosil  qilish;  milliy  hamda  umumbashariy  qadriyatlarni  uzviy 
birlashtirish  asosida  o’quvchilarda  yuksak  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni  tarbiyalash; 
o’z Vatani va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ta’limning uzluksizligi, izchilligi, 


 
217 
maktab  o’quv  dasturlarining  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlaridagi  o’quv 
dasturlari bilan uzviy o’zaro bog’lanishini ta’minlash. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  to’qqiz  yillik  (I-IX  sinflar)  o’qishdan  iborat  bo’lib, 
majburiy xarakter kasb etadi. Ta’limning bu turi ikki bosqichda tashkil etiladi. Ya’ni: 
1)  boshlang’ich  ta’lim  (I-IV  sinflar)  hamda  umumiy    ta’lim  (V-IX  sinflar).  Bu 
bosqichda  o’quvchilar  fanlar  asoslari  bo’yicha  muntazam  bilim  oladi,  ularda  o’quv-
ilmiy  va  umummadaniy  bilimlar  milliy  hamda  umuminsoniy  qadriyatlarga 
asoslangan  ma’naviy-axloqiy  fazilatlar,  mehnat  ko’nikmalari,  ijodiy  fikrlash 
qobiliyati,  atrof-muhitga  bo’lgan  ongli  munosabat  shakllantiriladi.  Umumiy  o’rta 
ta’limning yakunida o’quvchilar davlat tomonidan tasdiqlanib, ta’lim fanlari va ular 
bo’yicha olingan baholar ko’rsatiladigan attestatga ega bo’ladi. 
Maktablarda  umumiy  o’rta  ta’lim  kunduzgi  o’qish  shaklida  amalga  oshiriladi. 
Darsning,  o’quv  choragi  va  o’quv  yilining  davom  etish  muddati,  kunlar  va  haftalar 
bo’yicha  darslar  jadvali,  o’quvchilarning  sinflarda  o’quv  yuklamasi,  sinflarning 
to’ldirilishi,  o’quv-tarbiya  jarayonini  maqbullashtirish  masalalari  umumiy  o’rta 
DTSga  muvofiq  belgilanadi.  Umumiy  ta’lim  maktablarida  iqtidorli  bolalarni  izlash, 
tanlab  olish  va  o’qitish  bo’yicha  aniq  maqsadli  ishlar  amalga  oshiriladi.  Ular  uchun 
maxsus (shu jumladan, mualliflik) o’quv dasturlari ishlab chiqilib, qo’shimcha ilmiy-
uslubiy  adabiyotlar  bilan  ta’minlanadi.  Iqtidorli  va  iste’dodli  bolalar  ta’lim 
dasturlarini  o’zlashtirishning  yakka  tartibdagi  jadvaliga  ega  bo’lishlari  mumkin. 
O’quvchilarning  qobiliyat,  iste’dodlarini  rivojlantirish  uchun  fanlarni  chuqur 
o’rganish  yo’nalishlari  bo’yicha  ixtisoslashtirilgan  sinflar,  maktablarning  tashkil 
etilishi yo’lga qo’yiladi. 
Bugungi  kunda  respublikada  faoliyat  olib  borayotgan  umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablarining soni 9779 tani tashkil etadi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish