Tushuntirish
(faoliyat sifatida) – muayyan xatti-harakat, xulq-atvor, shaxslararo
munosabatlar mazmunini ochib berish, yoritishdan iborat harakat.
Tushuntirish
(usul sifatida) – muayyan xatti-harakat, xulq-atvor, shaxslararo
munosabatlar mazmunini og’zaki bayon orqali ochib berish, yoritish usuli.
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda ko’p ishlatiladigan usul bo’lib, u orqali
ta’lim oluvchilarni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar,
shaxslararo munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlar, ularga
amal qilish, shaxs tomonidan o’zligini anglash hamda jamiyatda, jamoada muayyan
o’rinni egallashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |