B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat


 
Umumiy  ta’lim  maktabi
  –  mustaqil  yuridik  shaxs,  uzluksiz  ta’lim  tizimining 
asosiy  bo’g’ini.  Yuridik  shaxs  sifatida  umumiy  ta’lim  maktabi  o’z  nomi  yozilgan 
muhr,  to’rtburchakli  shtamp  va  belgilangan  namunadagi  peshlavhaga  ega.  U 
O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonuni,  unga  muvofiq  qabul 
qilingan,  qilinadigan  qonunchilik  hujjatlari  hamda  “O’zbekiston  umumiy  ta’lim 
maktabi faoliyati to’g’risida”gi Nizom talablariga muvofiq faoliyat yuritadi. Uzluksiz 
ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lgan umumiy ta’lim maktabi o’quvchilarni o’rta 
maxsus  va  oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  olishga  tayyorlaydi.  Uning  asosiy 
maqsadi – o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish, madaniyatli, jamiyat, davlat va 
oila oldida o’z mas’uliyatini his qila oladigan shaxs bo’lib yetishishlarini ta’minlash, 
shuningdek,    ularning  jamiyatda  o’z  o’rnini  topish,  ongli  ravishda  ta’lim  va  kasblar 
bo’yicha  dasturlarni  tanlash,  ularning  asoslarini  o’zlashtirishlari  uchun  zarur  sharoit 
yaratishdan iborat. Umumiy ta’lim maktabida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya ishlari 
har  bir  shaxs,  jamiyat  va  davlat  manfaatlari  birligiga  asoslanib,  o’quvchilarning  o’z 


 
216 
ustida  mustaqil  ishlashlari,  qo’shimcha  bilim  olishlari  uchun  imkoniyatlar 
yaratilishini ta’minlaydi. Ushbu maktabning faoliyati demokratiya va insonparvarlik, 
hammaboplik,  umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvorligi,  xalqning  ilmiy  va  madaniy 
an’analari,  o’qitishning  dunyoviy  xarakteri,  siyosiy  partiyalar  va  ijtimoiy-siyosiy 
harakatlar  ta’siridan  xolilik,  iqtidor  va  ilmni  rag’batlantirish,  o’quvchi  va  pedagog 
shaxsini hurmat qilish tamoyillariga asoslanadi. 
Davlat  maktab  faoliyati  va  uni  rivojlantirishning  ijtimoiy-iqtisodiy,  huquqiy 
asosini  kafolatlaydi,  uning  moddiy-texnik,  moliyaviy  va  b.  ehtiyojlarining 
qondirilishini  ta’minlaydi.  Maktabda  ta’lim  berish  tili  tegishli  organlar  bilan 
kelishgan holda, o’quvchilar va ota-onalar (yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar)ning 
istaklarini  hisobga  olish  asosida  belgilanadi.  Shuningdek,  maktabda  o’quvchilar 
o’zlari  ta’lim  oladigan  tildan  tashqari  davlat  (o’zbek,  Qoraqalpog’istonda  – 
qoraqalpoq) tilini va xorijiy tillarni o’rganishga majburdirlar. 
Umumiy  ta’lim  maktablarida  barcha  o’quvchilarning  tengligi  ta’minlanadi, 
ularning qiziqish, qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratiladi. Iqtidorli 
o’quvchilarni  tanlab  olish  asosida  maktab  kompleks,  litsey,  gimnaziya,  iqtidorli 
bolalar uchun maktab, katta yoshlilar ta’lim markazi va b. ta’lim muassasalari tashkil 
qilinadi.  Maktab  turini  tanlash  maktab  Pedagogik  kengashi  tomonidan  mahalliy 
hokimiyat va ta’limni boshqarish organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. 
Zarur  shart-sharoitlarga  maktablar  qoshida  mavjud  ehtiyojni  inobatga  olgan 
holda  va  ixtiyoriylik  asosida  o’quvchilar  uchun  internat  (yotoqxonalar)lar, 
butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi.  
Maktablarni  tashkil  qilish,  qayta  tashkil  etish  (turini  o’zgartirish),  faoliyatini 
tugatish  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Davlat  ta’lim 
muassasalarini  tashkil  qilish,  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  tartibi  to’g’risida”gi 
(1993  yil  12  avgust)  Nizomga  muvofiq  amalga  oshiriladi.    Har  bir  maktab  o’z 
Ustaviga  ega  bo’ladi.  Maktab  faoliyati  Vazirlar  Mahkamasining  “Ta’lim 
muassasalarini  attestatsiyadan  o’tkazish  va  ro’yxatdan  o’tkazish,  litsenziyalash 
to’g’risida”gi  (1993  yil  12  avgust)  Nizomga  muvofiq  attestatsiyadan  o’tkazilib 
boriladi.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish