137
edi. Hozirda esa u jahonning ko’plab mamlakatlari universitet (institut,
akademiya)lari faoliyatining o’qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida
tashkil etilishida muhim hujjat bo’lib xizmat qilmoqda.
Mazkur Konventsiya g’oyalari Yevropa hududida shaxs tafakkurini
shakllantirishda ko’p tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan
iborat edi. Konventsiyani imzolovchi tomonlar o’z hududlarida fuqarolar tomonidan
Yevropa hududida mavjud bo’lgan tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish
taraqqiyotini o’rganish hamda o’z hududida boshqaga o’z tili yoki boshqa tillarni
o’rgatish imkoniyatini yaratib berishlari zarur edi.
Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy ta’lim makonini yaratilishi uchun ilk
qadamlar 1949 yilda qo’yildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi Yevropada ijtimoiy,
iqtisodiy jarayonlar kechishi va birligini ta’minlashdan iborat bo’lgan birinchi
xalqaro tashkilot – Yevropa Kengashi tashkil etildi.
Bolonya jarayoni yagona Yevropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida
Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga yaqinlashishi va o’zaro
uyg’unlashuvi jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman boshlanish muddati 1999
yilning 19 iyuni deb e’tirof etilgan. Binobarin, xuddi mana shu sanada 29 mamlakat
vakillari ishtirokida Bolonya deklaratsiyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda mazkur
tizim o’ziga 1954 yilda Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Yevropa
madaniyati Konventsiyasini ratifikatsiya qilgan (oliy davlat hokimiyati organi
tasdiqlagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.
Bolonya tizimining asosiy maqsadi ijtimoiy subektlar tomonidan oliy ma’lumot
olish imkonini kengaytirish, Yevropa oliy ta’limining sifati va samaradorligini
istiqbolli oshirish, talabalar hamda o’qituvchilarning harakatchanligi, faolligini
rivojlantirish, shuningdek, akademik daraja va boshqa kasbiy malakalarning mehnat
bozoriga yo’naltirgan holda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan
muvaffaqiyatli ta’minlashdan iborat. Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy
kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish, oliy o’quv yurtlarining Yevropa komissiyasi
tomonidan moliyalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqlilik, hamkorlik asosida
qatnashish, talabalar va o’qituvchilarni o’zaro akademik almashtirish uchun yangi
imkoniyatlarga ega bo’lmoqda.
Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos
holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: